Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq
solish bazasi va soliq stavkalari
Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha soliq majburiyatlari Soliq
kodeksida belgilangan hollarda va tartibda soliq agentlari
tomonidan bajariladi.
Quyidagilar soliq to’lovchilar deb hisoblanmaydi
, bundan
yuqorida keltirilgan 6-bandda nazarda tutilgan hollar mustasno:
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari – o’z zimmasiga
yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida;
- aylanmadan olinadigan soliqni to’lovchi shaxslar.
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq
solish bazasi va soliq stavkalari
Soliq to’lovchilar O’zbekiston
Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi
tomonidan belgilangan tartibda soliq
organlarida qo’shilgan qiymat
solig’ini to’lovchi sifatida maxsus
ro’yxatdan o’tkazish hisobida turadi.
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq
solish bazasi va soliq stavkalari
Amaldagi Soliq kodeksining 238-moddasiga ko‘ra, quyidagilar
soliq solish
ob’ektidir:
- realizatsiya qilish joyi O’zbekiston Respublikasi bo’lgan tovarlarni
(xizmatlarni) realizatsiya qilish bo’yicha aylanma;
- O’zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish.
Faoliyatni O’zbekiston Respublikasida doimiy muassasa
orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari tovarlarni
(xizmatlarni) realizatsiya qilish bo’yicha aylanmani bunday
doimiy muassasaning faoliyatidan kelib chiqqan holda
belgilaydi.
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq
solish bazasi va soliq stavkalari
Quyidagilar soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi:
1
• yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan o’z tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirish bilan bog’liq bo’lmagan shaxsiy (oilaviy) mol-mulkni realizatsiya
qilish;
2
• yuridik shaxs qayta tashkil etilayotganda uning mol-mulkini huquqiy vorisga
(huquqiy vorislarga) o’tkazish;
3
• ishonchli boshqaruvning muassisi tomonidan mol-mulkni ishonchli
boshqaruvchiga berish va ishonchli boshqaruv shartnomasining amal qilish
muddati tugagan taqdirda, ishonchli boshqaruvchining o’zi ishonchli
boshqaruvga berilgan mol-mulkni qaytarishi;
4
• milliy valyuta yoki chet el valyutasi muomalasi bilan bog’liq operatsiyalarni
amalga oshirish (bundan numizmatika maqsadlari mustasno).
|