Umurtqasizlar zoologiyasidan


-ish. Qiysbiq bosh nematodaning tuzilishi va rivojlanish sikli



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

4-ish. Qiysbiq bosh nematodaning tuzilishi va rivojlanish sikli
Qiyshiqbosh nematodaning sistem atiko‘rni
Tip. To‘garak chuvalchanglar-Nemathelminthes
Sinf. Nematodalar-Nematoda
Turkum. Rabditidalar-Rhabditida
Vakil. Qiyshiqbosh nematod-Ancylostoma duodenale
Kerakli materiallar va jihozlar.
Erkak va urg‘ochi qiyshiqbosh 
nematodaning tayyor bo'yalgan mikropreparatlari va qiyshiqbosh 
nematodaning tuzilishi hamda rivojlanish sikli aks ettirilgan rangli 
jadvallar, mikroskoplar.
109


Mavzuning maqsadi.
Qiyshiqbosh nematodaning tuzilishi va 
rivojlanish siklini o‘rganish.
Identiv о ‘quv maqsadlari;
3.1. Qiyshiqbosh nematodalar odamlarning qaysi organlarida 
parazitlik qilishini izohlaydi.
3.2. Qiyshiqbosh nematodaning rivojlanish siklini bayon qi!a ojadi,
3.3. Odamlar egribosh nematoda lichinkalari bilan qanday 
zararlanishini gapirib beradi.
Mavzuning 
qisqacha 
mazmuni.
Qiyshiqbosh 
nematoda 
odamlarning 12-barmoqli ichagida parazitlik qiladi. Parazitning bosh 
qismi biroz egilgan bo‘lib, unda rivojlangan og‘iz kapsulasi bo‘ladi. 
Og‘iz bo‘shlig‘ida o ‘tkir plastinka yoki juda kichik ilmoqchalarga 
o‘xshash tishlari bo‘lib, ular yordamida parazit o ‘z xo‘jayini ichagi 
shilliq pardasiga yopishib qon so‘rib oziqlanadi. Qon so‘rgani uchun 
ham parazitning rangi qizg‘ish bo‘ladi. Ayrim jinsli, urg'ochisining 
uzunligi 10-18 mm, erkagining uzunligi esa 8-10 mm atrofida bo‘ladi.
Qiyshiqbosh 
nematoda 
ham 
oraliq 
xo‘jayinsiz 
rivojlanadi, 
urug‘lanishi ichki, urg‘ochisi bir kecha-kunduzda 10 mingga yaqin 
urug‘langan tuxum qo‘yadi (40-rasm).
Tashqariga chiqqan tuxumdan qulay sharoitda (25-30°C) bir-ikki 
kun ichida lichinka chiqadi. Bir haftada lichinka 2 marta tullab, yuqumli 
davriga aylanadi. Bunday lichinkalar qish faslida tuproq harorati 
pasayganda 1 m tuproq qatlamida pastga tushadi. Harorat ko‘tarilishi 
bilan yana tuproq yuzasiga ko'tariladi va tuproqda 18 oygacha o‘z 
hayotchanligini saqlaydi.
Odamlarning qiyshiqbosh nematoda bilan zararlanishi asosan, teri 
orqali ro‘y beradi. Bunda odam go‘ng va har xil axlatlar tashlangan 
joylarda, sholipoyalarda va polizlarda oyoqyalang yurganda parazit 
lichinkasi teri orqali tanaga kiradi. Lichinkalar kirgan joylarda har xil 
toshmalar paydo b o iib , teri usti qizarib shishadi va qichiydi. Odam 
organizimiga kirgan lichinkalar terining mayda qon tomirlari orqali vena 
qon tomiriga o ‘tadi va organizm bo‘ylab tarqaladi. Bunda lichinkalar 
qon orqali o ‘pkaga, so ‘ngra halqumga o‘tadi. Bu yerda odam 
lichinkalarni qayta yutib yuboradi, lichinkalar 12-barmoqli ichakka 
borib o‘mashadi va tekinxo‘rlik qilib, jinsiy voyaga yetadi. Qiyshiqbosh 
nematodalar ichak devorida yaralar hosil qiladi va xo‘jayini qonini 
so‘rib oziqlanadi. Bunday odamlar ichagidan qon oqadi, natijada bemor 
kamqon boMib qoladi. Shuningdek, kasallangan odamlarda qayd qilish, 
ishtahaning bo‘lmasligi va ozib ketishi kabi holatlar ham kuzatiladi.
no


Odamlar qiyshiqbosh nematodalar bilan og‘iz orqali ham zararlanishi 
mumkin.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin