O ' ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O lRTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
S. DADAYEV, Q. SAPAROV
UMURTQASIZLAR ZOOLOGIYASIDAN
LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARI
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan o‘quv qo'llantna sifatida tavsiya etilgan
“NAVRO‘Z” nashriyoti
TOSHKENT - 2018
К В К 45.11 (У)
S 28
UO‘K: 142.14.05
ISBN 978-9943-381-6-05
S.
Dadayev, Q. Saparov. U m u rtq asizlar zoologiyasidan
la b o ra to riy a m ash g ‘ulotlari. / Olquv qo'llanma / Т.: “NAVRO‘Z ”,
2 0 1 8 .-2 2 0 b.
0 ‘quv qoilanm a oliy o‘quv yurtlari bakalavriat bosqichining
biologiya yo‘nalishi talabalari uchun “Umurtqasizlar zoologiyasi” o‘quv
predmeti bo'yicha tuzilgan o‘quv dasturiga mos holda yozilgan. 0 ‘quv
qo‘llanmaning har bir laboratoriya mashg‘ulotida o‘rganiladigan
ob’ektning sistematik holati, mashg‘ulotni o‘tkazish uchun kerakli
materiallar va jihozlar,
dars maqsadi, darsning identiv o‘quv maqsadi,
ishning qisqacha mazmuni hamda mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi bayon
qilingan. Har bir mashg‘ulot yakunida talaba mavzuni mustaqil o‘qib,
o‘z bilimini nazorat qilib borishi uchun savollar to‘plami yoki test
topshiriqlari keltirilgan.
Taqrizchilar:
D.A.Azimov - Biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
A. Pazilov - Biologiya fanlari doktori, professor.
© “NAVRO‘Z” nashriyoti, 2018
© S. Dadayev, Q. Saparov
K I R I S H
Zoologiya sohasidagi ma’lumotlar organik olamning kelib chiqishi
va tarixiy rivojlanishini tushunib olishda hamda
tabiatga nisbatan ilmiy-
materialistik dunyoqarashning shakllanishida katta ahamiyatga ega.
Hayvonlar
ustida
olib
borilgan
kuzatishlar
va
tajribalar
organizmdagi biologik jarayonlarga ta’sir etish orqali uning faoliyatini
boshqarish yo‘llarini ishlab chiqishga katta imkon beradi. Hayvonlar
hayotini o‘rganish organik dunyodagi ekologik bog‘Ianishni tushunib
olish hamda zararkunanda hayvonlarga qarshi biologik kurash usullarini
ishlab chiqish; asalarichilik, ipakchilik,
baliqchilik, parraridachilik va
chorvachilikni yanada rivojlantirish, ovlanadigan, foydali va noyob
hayvonlar sonini saqlab qolish va ko‘paytirishda muhim ahamiyatga
ega.
Parazit va zararkunanda hayvonlami o'rganish, ular tarqalishining
oldini olish va qarshi kurash choralarini
ishlab chiqish uchun asos
bo‘ladi.
Tuproq hayvonlarini
o‘rganish tuproq
hosil
bo‘lishi
jarayonlarini tushunib olishga va tuproq unumdorligini oshirish
usullarini ishlab chiqishga yordam beradi.
Darhaqiqat, Respublikamizda oliy o ‘quv yurtlari bakalavriat
bosqichining biologiya yo‘nalishi talabalariga boshqa fanlar qatori
umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg'ulotlarni o‘tish uchun
o‘quv qo‘llanma yaratish shu kunning talabi hisoblanadi. Chunki hozirgi
kunda
Respublikamiz
oliy
o‘quv
yurtlarida
umurtqasizlar
zoologiyasidan laboratoriya mashg‘ulotlar asosan o‘tgan asming 80-90
yillarida o‘zbek va rus tillarida chop etilgan o‘quv qo‘llanmalar (K,.
Самадов, М. Саидмуродова “Умурткасиз дайвонлар зоологиясидан
практикум”, Т., 1984Й.; Е.Н. Фролова и др. “Практикум по зоологии
беспозвоночных”, М., 1985г.; З.Н. Норбоев “Умурщасиз хдйвонлар
зоологиясидан амалий машгулотлар” Т., 1991Й.; В.А. Mo'minov,
X.S. Eshova, M.Sh. Raximov “Umurtqasizlar
zoologiyasidan amaliy
mashg‘ulotlar” T. 2005 y)) asosida o‘tilmoqda. Bu o‘quv qoMlanmalar
ancha eskirgan va oliy o‘quv yurtlari kutubxonalarida juda kam sonda
qolgan bo‘lib, talabalarning foydalanishlari uchun yetarli emas. Shulami
hisobga olib va asosan mahalliy materiallardan keng foydalangan holda
ushbn o‘quv qo‘llanmani yozishni lozim topdik.
Mazkur
“Umurtqasizlar
zoologiyasi”
o‘quv
predmetidan
laboratoriya mashg'ulotlar o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari
bakalavriat bosqichining biologiya va biologiya o’qitish metodikasi
ta’lim yo'nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, umurtqasizlar
з
zoologiyasi bo'yicha tuzilgan davlat ta’lim standartiga va o‘quv
dasturiga mos holda yozilgan.
Ushbu o‘quv qoilanmada asosan
Respublikamiz sharoitida
uchraydigan umurtqasiz hayvonlar vakillarining sistematik holati,
ularning morfologik va anatomik tuzilishi hamda rivojlanish jarayonlari
to‘g‘risida
kerakli
ma’lumotlar
keltirilgan.
Shuningdek,
o‘quv
qoMlanmada laboratoriya mashg‘uIotlami
bajarish uchun kerak
bo‘ladigan materiallar va jihozlar, mashg‘ulotlami o‘tkazish tartibi
hamda har bir mashg‘ulot yakunida talaba mavzuni mustaqil o‘qib o‘z
bilimini nazorat qilib borishi uchun savollar to‘plami yoki test
topshiriqlari keltirilgan. 0 ‘quv qoMlanma
oxirida talabalar mustaqil
o‘qib umurtqasizlar zoologiyasi o'quv predmeti bo‘yicha o‘z bilimlarini
yanada oshirishlari uchun oxirgi yillarda chop etilgan ko‘plab o‘quv
adabiyotlari manbalari keltirilgan.
Laboratoriya mashg‘ulotlarda talabalarda hayvonlarning morfologik
va anatomik tuzilishi haqida tushuncha hosil qilishda faqat ho‘l va
mikropreparatlami ko‘rsatib, jadvallardan foydalangan holda dars o ‘tish
yetarli emasligini hisobga olib, mavzular bo‘yicha iloji boricha tirik
hayvonlar asosida, ulaming tashqi va ichki tuzilishini mukammalroq
tanishtirish maqsadga muvofiqdir.
Umurtqasizlar
zoologiyasidan
o‘tkaziladigan
laboratoriya
mashg‘ulotlaming eng zarur qismi o ‘rganiladigan ob’ektning rasmini
chizishdir. Rasm chizishdan oldin hay von tuzili shining hamma
qismlarini diqqat bilan sinchiklab o‘rganish lozim. Laboratoriya
mashg‘ulotida hayvonlarning rasmini chizish
uchun talabalar tomonidan
alohida albom tutiladi.
Rasm chizishda rangli qalamlar yoki flomasterlar ishlatib, hay von
organizmidagi turli organlami har xil rangga bo‘yash lozim.
Turli umurtqasiz havonlarning har xil organlari har xil rang bilan
(masalan, ovqat hazm qilish organlari-jigar rang bilan, ayiruv organlari-
yashil rang bilan, nerv
sistemasi-sariq rang bilan, qon aylanish
sistemasi-qizil rang bilan) bo‘yaladi.
Ushbu o'quv qo‘llanmani yozishda Z.N. Norboyev tomonidan chop
etilgan “Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasidan amaliy mashg'ulotlar” Т.,
1991y. o ‘quv qo‘llanmasi asos qilib olindi.
0 ‘quv qoMlanmada albatta, ayrim kamchiliklar bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun mutaxassislarimiz tomonidan bildirilgan barcha istak va
kamchiliklarni samimiyat bilan qabul qilamiz.