volvoksning
jinssiz
ko‘payishidir.
Yuqorida
bayon
qilingan
urug'lanmasdan b o iib o‘tadigan jinsiy ko‘payish partenogenez deb ham
atash mumkin (partenogonidiyalar degan nom ham shundan kelib
chiqqan).
Volvokslar orasida ikki jinsJi
(Volvox globator)
va
ayrim jinsli
(Volvox aureus)
turlari uchraydi. Jinsiy ko‘payishda (Volvox aureus)
urg‘ochi koloniyada makrogonidiyalar rivojlanib makrogametalar paydo
bo‘ladi, erkak koloniyadagi mikrogonidiyalarda esa mikrogametalar
hosil boMadi. Makrogametalar koloniyaning markaziy qismiga cho'kadi.
Mikrogametalar esa tashqi muhitga chiqib, suvda suzib yuradi va oxiri
boshqa koloniyaga kirib makrogameta bilan qo‘shiladi.
Natijada hosil
bo‘lgan zigota qaiin po'st bilan o‘ralib qishlab qoladi va bahorda
rivojlanib, yangi koloniyani hosil qiladi.
Ishni bajarish tartibL
1. Volvoks koloniyasi mavjud bo‘lgan suv
tomchisidan buyum oynasi ustiga tomizing. Keyin uning ustini mum
yoki plastilindan iborat oyoqchali qoplag‘ich oynacha bilan yoping.
Bunday
vaqtincha preparatlarda volvoks
koloniyasi
shaklining
harakatini va “ona” koloniya ichidagi “qiz” koloniyalami kuzatish
mumkin.
2. Volvoks koloniyasini tashkil qilgan individlami o‘rganish uchun
buyum oynasidagi volvoks bor bo'lgan suv tomchisi ustiga qoplag‘ich
oyna yopiladi, uning ostidagi ortiqcha suv filtr qog‘ozga shimdiriladi,
natijada volvoks koloniyasi yoriladi. Bunday
preparatlardagi koloniya
individlarini mikroskopning katta obyektivida kuzatish mumkin.
3.
Volvoks koloniyasining tuzilishini va koloniyani tashkil qiluvchi
individlarini o‘rganing.
Dostları ilə paylaş: