mavjudligini ko‗rsatnshinn tasdiqladi. Boshqacha so‗z bilan aytganda, gaga
ko‗nish kabi individual-psixologik fazilat jamoa a‘zosi sifatida individning
shaxsida tubdan o‗zgarib qolishi mumkin.
Boshqa tadqiqotlarda kishi individualligining ekstraunitivligi (o‗zining xususiy
muvaffaqiyatsizliklari uchun aybni boshqa ‗damlarga ag‗darish mayli) kabi belgisi
yaxshi jamoa a‘zosining fe‘l-atvoriga xos bo‗lish-bo‗lmasligi, yaoni bu uning
shaxsida muqarrar namoyon bo‗lish-bo‗lmasligi aniqlandi. oldiniga maxsus shaxs
testi yordamida ekstraunitivligi yaqqol sszilib turgan sportchilar (sportning
o‗ynaladi ga turlariga oidkomandalarning a‘zolari orasida ular juda ham ko‗chilik
edi) guruhi aniqlandi. Individuallikning ushbu belgisi ular uchun etakchi
hisoblanmish sport faoliyatida ularning shaxsiga oidfazilatlarni aniq ko‗rsatib
beradigandek tuyuladi. Haqiqatda esa sportchilarning yaxshi uyushgai guruhlarida
(haqiqiy jamoalarda), shaxsiy test ma‘lumotlariga bin‘an ekstraunitiv shaxslar o‗z
komandasi a‘zolariga nksbatan jamoaning aynan bir xil bo‗lib qolishiga qaratilgan
munosabatda bo‗la boshlashibdi, yaoni shaxsnig ekstraunitiv belgisiga tamomila
qarama-qarshi fazilatni namoyon qilishibdi,
Shunday qilib, inson shaxsining tuzilishi individuallikning tuzilishiga qaraganda
keng ekanligi shubhasizdir. Shu boisdan bunga, birinchi navbatda, uning
individualligini ko‗rsatadigan va faqat ehtirosda, ichki qiyofada qobiliyatlarda va
hokazolarda ancha keng ifodalanadigan fazilatlari va umumiy tuzilishinigina emas,
balki shaxsning rivojlanish darajasi har xil bo‗lgan guruhlarda, ana shu guruh
uchun etakchi hisoblangan faoliyat orqali ifodalanadigan individlararo
munosabatlarda o‗zini namoyon etishini ham qo‗shish shart. Psixologiyasi nuqtai
nazaridan olganda, individuallik tarzidagi shaxsni tadqiq etish natijasida olingan
ma‘lumotlar individlararo munosabatlar subyekti sifatidagi shaxsning ta‘rifiga
bevosita kuchirilishi mumkin emas: individul-tipik xususiyat shaxs yashayotgan va
shakllanayotgan birlikning rivojlanishiga va individlararo munosabatlarning
bilvosita ifodasn hisoblangan faoliyatning xarakteri, qadriyatlari va maqsadlariga
bog‗liq tarzda jiddiy ravishda turli xil ko‗rinishda namoyon bo‗ladi.
Inson shaxsi tuzilishida biologik (tabiiy) va ijtimoiy omillarning o‗zaro nisbati
masalasi hozirgi zamon psixologiyasidagi eng murakkab va mun‘zarali
masalalardan biridir.
Dostları ilə paylaş: