kiritdi vauni «Fillips egri chizig‘i» deb atadi. Awalgi tadqiqotlarda
(masalan, Keyns) inflatsiyasiz to‘la bandlik iqtisodiy siyosatning
maqsadi sifatida qarab kelinar edi. Bu egri chiziqqa ko‘ra, baholar
mo'tadilligi va ishsizlik nomuvofiq hodisalar bo‘lib chiqdi. Ular
askincha, konfliktli maqsadlar ekan: ishsizlikni kamaytirishga inflat-
siyani kuchaytirish yo‘li bilan erishiladi, inflatsiyani pasaytirish esa,
odatda, ishsizlar ko‘payishini taqozo etadi. Shunday qilib, bir vaqti-
ning o‘zida tuig'un baholar va to‘la bandlikka bo‘lgan ishonch, barqa-
ror baho va to‘la bandlik o‘rtasida tanlash bilan o‘rin almashdi.
M.Fridmen va uning safdoshlari Fillips egri chizig‘ini har tomon
lama o‘rganib, (egri chiziq) har doim ham turg‘un emasligini aniqladi.
Ayniqsa, 60-yillar oxirida ko‘pgina mamlakatlarda inflatsiya o‘sishi
«mantiq»qa qarama-qarshi ishsizlikning pasayishi emas, balki uning
o‘sishi va 70-yillar boshida esa inflatsiya va ishsizlikning bir vaqtda
o‘sishi bilan ro‘y berdi.
Dostları ilə paylaş: