«aralash
iqtisodiyot
»ning otasi deyish mumkin, bu iqtisodiyotda hukumat hal
qiluvchi o‘rin egallaydi. Sof iqtisodiyot deyarli hech qaysi davlatda yo‘q.
Keynsning iqtisodiy g'oyalari birinchi navbatda «buyuk inqiroz» ta’siri
ostida paydo bo‘ldi. 1929-1933-yillardagi bu buyuk inqiroz Amerikani
larzaga keltirdi, ishlab chiqarish yarmiga (50%)ga qisqardi. 17 mln
odam ishsiz edi (25%), 9 mln omonatchi kuyib qoldi. Ana shunday
sharoitda iqtisodiyotni qutqarishning muhim yo‘li - hukumat xara
jatlari ekanligi ko‘rsatib berildi.
18.2. Keynchilar va neokeynschilar
J.M.Keyns g‘oyalari uning izdoshlari tomonidan davom ettirildi va
uch oqimga ajraldi, biz oqimlami keynschilik deb ataymiz.
Keyns ta’limoti, ayniqsa, AQSHda katta shuhrat qozondi. Garvard
universiteti professorial! E.Xansen (1887-1975), S.Xarris, J.M. Klark-
laming asarlarida bu g‘oyalar rivojlantirildi va dastlab yangi keynschilik,
keyinroq esa ortodoksal keynschilik deb ataldi. Keyns qoidalari asosan
to‘liq qabul qilindi, ammo, masalan, Xansen tomonidan stagnatsiya
nazariyasi bilan to‘ldirildi.
Xansenning fikricha, kapitalizm qiyinchiliklari uning ichki qarama-
qarshiliklaridan emas, balki «tashqi impulslar»ning susayganligi tufayli-
dir. Davlat xarajatlarini o'stirish uchun soliqlami oshirish taklif etiladi,
ulaming fikricha ish haqining 25-30 foizi emas, balki 60 foizini soliq
sifatida olish, shuningdek, «me’yordagi inflyasiya» ham taklif etiladi.
E.Xansen, J.M.Klark va boshqalar multiplikator konsepsiya-
sini to‘ldirdilar. Multiplikatorlar ta’siri keyingi qator davrlarda ham
bo'ladi, ya’ni uni uzluksiz jarayon deb qaradilar.
Yangi keynschilar samarali talabdan ham yuqori keskin o'sishni
tushuntirishga harakat qiladilar. Ular multi plikator prinsipini
akseleratsiya
prinsipi bilan to‘ldirdilar. Akselerator investisiya o‘sishi-
ning daromad o'sishiga, ya’ni investisiyadan keyingi va undan oldingi
daromadlaming farqlari nisbati bilan aniqlanadi.
Multiplikator va akselerator g‘oyalariga asoslanib, iqtisodiyotning
uzluksiz o‘sish sxemasi ishlab chiqildi. Uning asosida davlat kapital
qo‘yilmalari yotadi. Davlat budjeti kapitalistik iqtisodiyotda tartibga
solinadigan bosh mexanizm hisoblanadi.
Soliqlar iqtisodiyot o'sganda oshadi va inqirozlar davrida kamayadi.
Davlat tolovlari esa, aksincha inqiroz davrida oshadi va o‘sish davrida
kamayadi. Shu yo‘l bilan Xansenning fikricha, samarah talab hajmi
me’yorlashadi. Bunda xususiy kapital qo'yilmalarini tartibga solish va
davlat xarajatlarini sharoitga qarab o'zgartirish chegaralari ham
belgilanadi.
Fransiyadagi keynschilik xususiyatlari. XX asming 40-yillari Keyns
g‘oyalari Fransiyada ham shuhrat qozondi. Keyns g'oyalarini to'laligicha
(G.Ardan, P.Mendes-Frans) qabul qilganlar ham bo‘ldi. Ba’zilari
(F.Perru) ssuda foizini tartibga solishni samarasiz deb hisobladilar,
bundan ko‘ra iqtisodiyotni rejalashtirish taklif etildi. Bunda davlat yo‘li
bilan tartibga solishni monopolistik kapitalning xususiy manfaatlariga
moslashtirish kerak deyiladi. Fransuz olimlari imperativ va indikativ
rejalashtirishni ajratishadi. Imperativ rejalar direktiv xarakterga ega
(sotsialistik rejalashtirish). Indikativ rejalashtirishda reja markazi asosiy
maqsadlami belgilaydi va turli uslublar bilan tadbirkorlami ma’lum
xatti-harakatlarga yo'naltiradi. Ular faqat davlat sektoridagi koixonalar
uchun zaruriy hisoblanadi (Hindiston, Malayziya va boshqa bir qancha
kapitalistik mamlakatlarda shu usul qo'llaniladi). Uzoq muddatli
prognozlar va rejalar tuzish keng qo'llanilmoqda (bu haqda to‘laroq
ma’lumot quyida beriladi).
Keyinchalik yangi keynschilik o‘miga postkeynschilik vujudga keldi.
Ingliz iqtisodchilari J.Robinson, N.Kaldor, P.Sraffa, amerikalik
olimlar A.Eyxner, S.Vayntraub mana shu postkeynschilar guruhiga
kiradilar. Ular kapitalistik tizimning ichki turg‘unligi konsepsiyasini
tanqid qiladilar, Keyns g‘oyalarini dinamik, ya’ni harakatchan nazariya
deb qaraydilar.
Postkeynschilar o‘z tadqiqotlariga ijtimoiy-iqtisodiy institutlar,
masalan, kasaba uyushmalari rolini ham kiritadilar. Bu ta’limotda o‘sish
va taqsimot muammolari markaziy o'rinni egallaydi. Ishlab chiqarishda
o'sish sur’atlari milliy daromadning taqsimotiga bog‘Uq, daromad va
uning o'sishi esa jamg'armaga, umumiy jamg'arma esa ish haqi va
foydadan jamg'arilgan jami summaga bog'liq.
Hozirgi davr keynschiligida ikkita tendensiya hukmron hisoblanadi:
1) AQSHning bir qator iqtisodchilari nomi bilan bog‘liq amerika
keynschilari; 2) fransuz tadqiqotchilari nomi bilan bog‘liq Yevropa
keynschilari.
18.3. Keynschilikning AQSHdagi xususiyatlari. Iqtisodiy o‘sish
nazariyalari
50-yillarda keynschilik g'oyalari rivojlantirilib, yangi g‘oyalar ilgari
surildi. Ulaming asosiy mohiyati iqtisodiy o‘sish sur’atlari doimligini
ta’minlovchi mexanizmlami aniqlash va isbotlashdan iboratdir. Oqibatda
«multi plikator-akselerator» sistemasini hisoblashga asoslangan va o‘zi-
ga xos keynschilikning o'sish nazariyalari, jamg‘arish va iste’mol
o‘rtasidagi o'zaro bog'lanish xarakteristikalaridan foydalanib, iqtisodiy
dinamikani modellashtirish yuzaga keldi.
Yuqorida tilga olingan iqtisodiy o‘sish nazariyalarining asosiy namo
yandalari Massachuset texnologiya instituti professor Evsey Domar
(1914) va Oksford universiteti professori Robert Xarrod (1890-1978)
hisoblanadi. Xarrod- Domar modelining boshqa bir qoidasi bo'yicha
ayrim parametrlar, chunonchi, daromadlardagi jamg‘arma hissasi va
kapital qo‘yilmalaming o‘rtacha samaradorligi uzoq davr mobaynida
doimiy deb tan olinishi hisoblanadi. Mualliflar dinamik barqarorlik va
doimiy o'sishga erishish avtomatik ravishda bo‘lmasligi, balki davlatning
shunga muvofiq siyosati natijasida, ya’ni davlatning iqtisodiyotga faol
ishtiroki tufayli ro‘y berish mumkinligini ta’kidlaydilar.
Domar va Xarrod modellaridagi farq — boshlang‘ich pozisiyalardagi
ayrim ko'rsatkichlardir. Masalan, Xarrod modelida investitsiya va
jamg‘armalar tengligi g'oyasi, Domarda esa pul daromadlari (talab)
va ishlab chiqarish quwatlari (taklif) teng deb qabul qilinadi. Ikkala
olim shunga ishonchlari komilki, daromad o'sishini ta’minlashda
investitsiyalar roli, ishlab chiqarish quwatlarining oshirilishi faoldir.
Bunda shu narsa ko‘zda tutiladiki, o'sish bandlikka yordam beradi, bu
esa korxonalaming yarim quwat bilan ishlashi va ishsizlikning ol
dini oladi.
18.4. Keyns g‘oyaIarining hozirgi davrdagi ahamiyati
Shuni aniq qilib aytish kerakki, Keyns ta’limoti inqirozlar,
urushlar va urushdan keyingi davrlar uchun samarali bo'ldi, chunki
favqulodda holatlar davrida davlatning roli kuchli bo'lishi kerak. Amalda
esa, ayniqsa, II Jahon urushidan so'ng G ‘arb mamlakatlarini sotsia
listik orientatsiyasi kuchaydi (davlat mulki oshib bordi), davlat budjeti
qarzlari ko'payib, ishsizlik ham o‘sgan, inflatsiya kuchli. Bu ijtimoiy
ishlami ko‘paytirishga qaratilgan tadbirlar oqibatidir deb tan olinmoqda.
Ishsizlikning ish haqini pasaytirish yo‘li bilan hal etish tarafdorlari
ham mavjud, ammo pul massasini ko‘paytirish (inflatsiyaga olib kela
di), ya’ni emissiya yo‘li ko'pchilikka oson ko‘rinadi. Bu konsepsiya
ma’lum davr mobaynida inflatsiya bo‘lmagan holda minemal ishsizlik
darajasini isbotlashga imkon beradi.
70-yillardan boshlab Keyns ta’limotiga nisbatan davlatning iqti
sodiyotga aralashuvi bo'yicha neoliberalizm g'oyalari asosiy bo'lib qoldi,
chunki bu davrda jahonning ko‘pgina mamlakatlarida inqiroz holatlari
doim voqeaga aylanib qoldi. Inflatsiya, davlat budjetining kamomadi,
ishsizlik tobora kuchaydi. Neoliberallar keynschilami tanqid qilar
ekanlar, iqtisodiyotda davlat sektorining oshuvi, erkin raqobatning
kamayishi, iqtisodiyotning muhim tarmoqlariga investitsiyalar kamay-
ganligi ular g‘oyalarining sayozligidan dalolat beradi deb hisoblaydilar.
70-80-yillar neoliberal g‘oyalar iqtisodiyotda tobora ustunligini
egallay boshladi. Ko‘p davlatlarda iqtisodiyotni denatsionalizatsiya
qilish kuchaydi (nodavlat shakllariga o'tildi). Buning oqibatida Buyuk
Britaniya (Tetcherizm), Fransiya, Yaponiya, Chili (Pinochet), Ispa-
niya va boshqa mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi
minimallashtirildi va iqtisodiy ahvol yaxshilandi.
Qisqacha xulosalar
1929- 1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi awalgi «sof ta’Iimot»
nazariyotchilarining fikriga qo‘shimcha kiritishni talab etdi. Iqtisodiy
ta’limotlar tarixida Keyns inqilobi deb nom olgan o‘zgarish ro‘y berdi.
Agar awaUari «bozor iqtisodiyoti barcha muammolami avtomatik
ravishda hal qiladi» degan g‘oya ustun bo'lsa, Keyns ularga boshqacha
qarab, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini zarur deb hisobladi. Band
lik, foiz, milliy daromad, investitsiyalar o'rtasidagi munosabatlar
o'rganilib, «aralash iqtisodiyot», multiplikator tushunchalari kiritildi.
Keynschi va Neokeynschilar davlatning iqtisodiyotga aralashuvini
qo‘llab, «akselerator koeffitsiyenti»ni qo‘lladilar, unga ko‘ra daromad-
laming investisiyalarga ta’sirini ko‘rish mumkin. Keynschilikning ayrim
shakllarida indikativ rejalashtirish ham qo‘llab- quwatlanadi. Ishsizlik
va inflatsiyani bandlik yo‘li bilan hal etish degan g‘oya ustundir.
Asosiy tushuncha va iboralar
Keyns, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, «Umumiy nazariya...»,
aralash iqtisodiyot, psixologik qonun, bandlik, milliy daromad, inves-
titsiya, foiz, likvidlik, multiplikator, keynschilik, AQSHdagi keyns
chilik, akselerator, Fransiya keynschilari, indikativ rejalashtirish.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Keyns ta’limotining mohiyati, «Bandlik, foiz va pulning umumiy
nazariyasi» asari to‘g‘risida nima bilasiz?
2. Davlat iqtisodiyotga nima uchun aralashuvi kerak?
3. Keyns ta’limotiga qanday shart- sharoitlar asos qilib olingan?
4. Keynsning «psixolok qonuni» nimani anglatadi?
5. Investitsiya, multiplikator koeffitsiyenti nima?
6. Foiz, likvidlikning mohiyati nimada?
7. Davlatning iqtisodiyotga arashuvi doiralari qanday?
8. Amerika va Yevropadagi keynschilik xususiyatlari nima?
9. Domar- Xarrodning iqtisodiy o‘sish nazariyalari nimani bildiradi?
10. Keyns ta’limotining hozirgi davrdagi ahamiyati nimadan iborat?
XIX b о b. NEOLIBERALIZM
19.1. Neoliberaliznming umumiy xususiyatlari
Neoliberalizm keynschilik bilan deyarli bir vaqtda paydo bo‘ldi va
XX asming 30- yillarida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga
solishning mustaqil qarashlar majmuasidan iborat. Ilmiy nazariya va
amaliy hayotda neoliberal iqtisodiy jarayonlarga davlatning ma’lum
darajada aralashuvi tufayli cheklanmagan erkin raqobat g‘oyasining
ustuvorligiga asoslanadi. Agar keynschilik iqtisodiyotda davlatning faol
aralashuvini boshidanoq zarur deb qarasa, neoliberalizm davlatning
nisbatan passiv tartibga solishini qo'llaydi. Keynschilik modellarida
iqtisodiyotning turli sohalarini investitsiyalash, hukumat buyurtma va
xaridlari hajmini kengaytirish, soliq siyosatini kuchaytirish bo‘yicha
davlat chora- tadbirlari majmuasiga ustuvorlik beriladi. Bu siyosatning
o‘ta keng qo‘llanilish oqibatlari iqtisodiy tarixdan ma’lum bo‘lgan
davlat budjeti kamomadi va inflatsiyaga olib kelishida ko‘rinadi.
Neoliberalistlar iqtisodiyotni liberallashtirishni, erkin baho
shakllanish prinsiplaridan foydalanishni, iqtisodiyotda xususiy mulk
va nodavlat tuzilmalarining yetakchi bo‘lishini qo'llaydilar.
Neoliberalizmning eng yirik markazlari Germaniya, AQSH va
Angliyada vujudga kelib, shunga muvofiq Frayburg maktabi (yetakchi
vakillari - V.Oyken, V.Ryobke, A.Ryustov, L.Erxard va b.), Chikago
maktabi, uni «monetar maktab» deb ham ataydilar (yetakchi vakillari
L.Mizes, M.Fridmen, A.Shvari va b.), London maktabi (yetakchi
vakillari - F.Xayek, L.Robbins va b.).
Fransiyada neoliberal g'oyalaming taniqli vakillari sifatida iqtisod
chilar J.Ryueff, M.Alle va boshqalami keltirish mumkin. Bu olimlar
o‘sha davrdayoq yagona ilmiy-amaliy platformani ishlab chiqish uchun
harakat boshladilar. 1938-yiU Parijdagi konferensiyada neoliberalizm
ning asosiy prinsiplari xalqaro ko‘lamda e’lon qilindi. Bu neoliberallar-
ning yig'ilishi (forumi) «Lippman kollokviumi» deb ham ataladi. Bu
ning sababi shuki, o'shayili amerikalik iqtisodchi A. Uolter Lippman
«Erkin shahar» kitobini e’lon qildi va undagi g'oyalar neoliberal prin-
siplar bilan hamohangdir. Parijdagi qo'llab-quwatlangan neoliberal
umumiy prinsiplaming mohiyati shundan iboratki, davlatlar erkin
raqobat qoidalarini qaytarishga g‘amxo‘rlik qilishlari va ulami barcha
xo'jalik subyektlari tomonidan bajarilishini ta’minlashlariga ko‘maklashuvi
so'raladi. Bu hujjatda xususiy mulk ustuvorligi sharti, bitimlar erkinligi va
bozorlar erkinligi davlat yo'li bilan faqat ekstremal (urush, stixiyali ofat,
falokat va b.) holatlardagina qayta ko‘rilishi mumkin deb hisoblanadi.
19.2. Ijtimoiy bozor xo‘jaligi konsepsiyasi
II Jahon urushidan so‘ng neoliberalizm prinsiplari dastlab G'arbiy
Germaniya (GFR) da amaliy jihatdan muvaffaqiyati tatbiq etildi. Bu
yerda 1948-yildan boshlab bu g‘oyalar Adenauer-Erxard davlat
doktrinasi statusiga aylantirildi. Neoliberalizmning taniqli nemis
nazariyotchilari V.Rebke, A.Ryustov va boshqalar ozodlik va
insonparvarlik bahonasida monopolizm vujudga kelishining barcha
ko'rinishlarini tanqidiga boshchilik qildilar. V.Oyken va uning safdoshlari
Frayburg universitetida 1948-yildan «Ordo» nomli yillik to‘plamni chiqara
boshladilar, bu jumal barcha davlatlar uchun neoliberalizning nazariy
minbari rolini o'ynaydi. V.Oyken tomonidan tanlangan «Ordo» so'zi
yig‘ma bo‘lib. erkin bozor xo‘jaligining «tabiiy tizimi» ma’nosini beruvchi
mazmunga ega edi. Neoliberalizm G‘aibiy Germaniya doktrinasi «Oyken
maktabi» ta’siri ostida hatto «Ordoliberalizm» deb atala boshlandi.
Dostları ilə paylaş: |