hisobga olinadi. Bulaming hammasi o'nlab o'zgaruvchi parametrlami
o‘z ichiga oluvchi iqtisodiy matematik modellar asosida hal qilinadi.
Masalan, amerikalik iqtisodchilar J.Borts va K.Kopekilar tuzgan ana
shunday modelda 20 dan ortiq o‘zgaruvchi va shuncha tenglama mavjud;
unda matematik apparat ustun bo‘lib, u nazariy asosning bo‘shligini
kompensatsiyalaydi.
Ular kapital ortiqchaligi masalasini tushuntirishda neokeynschilarga
asoslanadilar va uni jamg'armalar va investitsiyalar orasidagi farq sifatida
e’lon qiladilar. Bu farq ishchi kuchi yetishmasligi va tez o‘suvchi kapital
miqdori o'rtasidagi texnik-iqtisodiy disproporsiyadan kelib chiqadi
deb tushuntiriladi.
Kapital o'sishi to‘lov balansi saldosi musbat bo‘lganda, investitsion
daromadlar investitsion to'lovlardan ortiq hollarda ro‘y beradi. Daro
madi to‘lovlardan yuqori bo'lgan mamlakatlar
kapitalni sof eksport
qiladigan, aksincha, to‘lovlari daromaddan ustun bo'lganlar esa
kapitalni sof import qiladigan mamlakatlardir. Chunki ulardagi kapital
miqdori mavjud mehnat resurslaridan ancha kam bo‘ladi. Bunda chet
el investitsiyalari bilan sof kreditor yoki debitor mamlakatlar ahvoli
o'rtasidagi o‘zaro bog‘lanish ta’kidlanadi.
Keyingi davrda xalqaro monopoliyalaming yangi tipi — transmilliy
va transkorporativ konsemlar tashkil topmoqda.
Bu monopoliyalar
faoliyatini aks ettiruvchi bir qancha ta’limotlar mavjud. Ularda xalqaro
monopoliyalar bir qancha millatlar nomidan chiqayotgan mustaqil
korporatsiya sifatida izohlanadi va butun dunyoda ilmiy-texnika
taraqqiyoti mevalarini targ'ib qiluvchi tashkilot deb qaraladi. Bu
monopoliyalar misolida iqtisodiy aloqalar har qanday siyosat va maf-
kuradan holi degan fikr ilgari suriladi, ya’ni
u yoki bu korporatsiya
ko‘p mamlakatlarda ishlab chiqarish va kommersiya operatsiyalarini
olib borayotgan bo‘lsa, «sof xalqaro» korxonaga aylanadi va hech bir
mamlakat manfaatlarini himoya qilmaydi. G.Jonson, Ch.Kindleberger
va boshqalar xalqaro monopoliyalaming ilmiy-texnika yangiliklarini
targ‘ib etish, tinchlikni saqlashga oid faoliyatlariga keng o‘rin beiganlar.
Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda transmilliy korxonalaming
mavqeyi
yuqori baholanadi, ularning ilmiy-texnika sohasida,
investitsiyalar qo'yish bo'yicha faoliyati ijobiy deb qaraladi.
Odatda, iqtisodiy integratsiya to‘g‘risidagi nazariyalarda integratsiya-
ga a’zo mamlakatlar o'rtasidagi barcha to‘siqlar, ayniqsa savdo, boshqa
iqtisodiy munosabatlarda to‘la erkinlik berilishi zarurligi qayd etiladi. Shu
bilan biiga, bozoming ko'lami va iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari o'rtasi-
da funksional (ya’ni bevosita) bog'lanish bor degan g‘oya ham ilgari
suriladi. Shunday qilib, iqtisodiy integratsiya zarurati tashqi bozoming
qayta ishlab chiqarishga hal qiluvchi ta’siri tufayli yuzaga keladi.
Iqtisodiy integratsiya bo'yicha ta’limotlarda asosiy e’tibor «bojxona
ittifoqi»ga berilib, unda o‘zaro savdo bo‘yicha har qanday cheklovlar
bekor qilinishi va «uchinchi mamlakatlar» uchun yagona bojxona tarifi
joriy qilinishi kerak bo‘ladi.
Olimlaming
fikricha, iqtisodiy integratsiyaning asosiy ijtimoiy-
siyosiy oqibatlari quyidagilardan iborat bo'ladi: ishlab chiqarishning
doimo o'sishi va iqtisodiy inqirozlaming bo‘lmasUgi ta’minlanadi;
iqtisodiyotning doimo o'sishi tufayli aholining turmush darajasi
ko‘tariladi; ishchi va kapitalistlar o'rtasidagi
sotsial sheriklikni rivoj-
lantiradi; turli mamlakatlar o'rtasidagi qarama-qarshiliklar va siyosiy
nifoqlar tugatiladi. Demak, iqtisodiy integratsiyaga kapitalistik jamiyatga
xos bo'lgan illatlami kamaytirish vositasi sifatida qaraladi.
Dostları ilə paylaş: