Nazorat va mulohaza uchun savoUar
1. Neoklassik sintezning mohiyati.
2. P.Samuelsonning «Ekonomiks» asaridagi asosiy g‘oyalar.
3. «Ekonomiks» asarida qaysi olimlaming fikrlari tanqid qilinadi?
4. Yangi yo‘nalishning o'ziga xos xususiyatlari.
5. Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotlari qachondan beri top-
shiriladi? Bir necha mashhur laureatlami tavsiflang.
6. Ekonometrikaning hozirgi davrdagi asosiy yo'nalishlari qanday
muammolami hal etadi?
7. Respublikamiz olimlarining ekonometrika sohasidagi ishlarini
izohlab bering.
XXI b о b. JAHON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI
IQTISODIY TA’LIMOTLAR
21.1. Xalqaro iqtisodiy integratsiya. Nisbiy afzallik konsepsiyasi.
Savdo-sotiqning maijinalistik nazariyalari
Xalqaro savdo rivojlanishi jarayonlari iqtisodiyoti allaqachon milKy
davlatlar doirasidan chiqqan va bu borada bir qancha iqtisodiy ta’limotlar
ham mavjud. Ular klassik, neoklassik va neokeynschilik nazariyalarida
o‘z aksini topgan. Ayniqsa, XIX-XX asrlardagi iqtisodchilar A.Smit,
D.Rikardo, R.Torrens, J.S-МШ, A.Marshall, J.Vayner, G.Xaberler,
G.Jonson, P.Samuelson va boshqalar bu sohada barakali ijod qildilar.
A.
Smit tomonidan mutlaq afzallik prinsi pi ishlab chiqilgan, unga
ko‘ra; eng kam xarajat talab etuvchi tovarlami ishlab chiqarish va
eksport qilish samarali va aksincha.
Klassik iqtisodiy maktab vakili D.Rikardo birinchilardan bo'lib
mehnat taqsimoti faqat ayrim ishlab chiqarish sohasidagina emas
(A. Smit fikri), balki xalqaro ko'lamda ham obyektiv zarurat ekanligini
isbotlab berdi. Olimning fikri shundan iboratki, prinsipial jihatdan
qaralsa, Jiar bir davlat o'ziga kerakli barcha narsani (tovarlami) ishlab
chiqarishi mumkin, ammo bu iqtisodiy jihatdan qanchalik to‘g‘ri,
degan savol tug'iladi. Ungajavoban, Rikardo aytadiki: «Har bir davlat
ma’lum bir mahsulotlami ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va nisbiy
afzallikka, ustunlikka ega bo'ladi». Masalan, Shotlandiyada suli, Portu-
galiyada faqat vino ishlab chiqarish samaraliroq, chunki sarf-xarajatlar
miqdotf eng Ц т bo'lgan sohani rivojlantirish afzal. Bunda, albatta,
tabiiy sharojt, an’analar, tarixiy tajriba, yer, suv, inson resurslari,
xalqning mentaliteti va boshqalar hisobga olinishi kerak. Masalan,
musulmon davlatlarida cho‘chqachilikni rivojlantirish haqida so‘z ham
bo'lishi mumkin emas vst'boshqalar.
Neoklassik, ya’ni «sof» iqtisodiyotni targ‘ib etuvchilar xalqaro
mehnat taqsimotining rivoji va savdo sharoitlarining o‘zgarishi
sabablaririi ahiqlashni bosh vazifa qilib qo'yganlar, ammo ular savdo
almashuvida pul mexanizmi yo‘lini inkor etadilar. R.Xarrot, F.Max-
lup, K.Kurixara kabi neokeynschilik tarafdorlari esa xalqaro savdoning
pul mexanizmiga alohida e’tibor beradilar, shu bilan bir vaqtda xalqaro
mehnat taqsimoti, baynalmilal qiymat, baholar nisbati deyarli
e’tiboiga olinmaydi.
«Sof» ta’Iimot tarafdorlari fikricha, jahon bozorida «mukammal
raqobat» mavjud; barcha kontragentlar xalqaro savdoda bir xil im-
koniyatlarga ega; taklif doimo talabni vujudga keltiradi; savdo balansi
o‘zini-o‘zi tartibga solish prinsipi bor. Eksport va import baholari
nisbatini tushuntirishda ular uzoq muddatli rejalarda «savdo sharoitlari»
industrial davlatlar ziyoniga va agrar mamlakatlar foydasiga o'zgar-
moqda, deb o'ylamoqdalar va buni «yer unumdorligining pasayib bo-
rishi» qonuni bilan bog‘lamoqdalar. Ular tovar eksporti va importining
fizik hajmlari o‘sishini hisobga olmagan holda, xalqaro savdo rivoji
tendensiyalari agrar xomashyo yo‘nalishidagi davlatlar iqtisodiyoti
tashqi savdo pozitsiyalari yaxshilashuviga olib kelmoqda, demoqdalar.
Xalqaro savdoning neokeynschilik ta’limoti vakillarining fikricha, har
bir mamlakat ichki bozorda ko‘proq tovar ishlab chiqarishga intilgani
sababli mehnat va kapital bilan bandlikning to‘la emasligi tufayli ko‘proq
eksport va kamroq import qilishga intiladi. Shu sababU ham, xalqaro
savdo o‘zini-o‘zi tartibga soluvchi jarayon bo‘la olmaydi, aksincha,
tovar eksporti kapital chiqarish bilan rag‘batlantirilishi kerak, import
esa proteksionistik choralar bilan cheklanishi zarur. Bu choralar
umummilliy manfaatlarga mos kelar emish.
Keyingi davrda vujudga kelgan iqtisodiy ta’limotlarda E.Xeksher,
B.Olin (Shvetsiya), P.Samuelson tomonidan yaratilgan «ishlab chi
qarish omillarining xalqaro taqsimoti» nazariyasi (modeli) tipik
hisoblanadi. Ulaming fikricha, har bir mamlakat iqtisodiyoti ishlab
chiqarish omillari bilan bir xil ta’minlanmaganligi bilan har bir
omilning turlicha bahoga egaligi (ish haqi, foiz, renta) bilan xarakter-
lanadi. Ayrim mamlakatlarda mehnat asosiy omil (boshqasidan son
jihatdan ko‘p) bo‘lsa, uning narxi kapital va yerga nisbatan past bahola-
nadi; kapital mo‘l bo'lgan mamlakatda u boshqa ikki ishlab chiqarish
omiliga nisbatan arzon bo‘ladi. Har bir mamlakat o‘zining ustunligini
realizatsiya qilishga intiladi, jahon bozoriga ishlab chiqarish omili nisba
tan arzon bo‘lgan yo‘l bilan tayyorlangan tovarlar ko‘proq chiqariladi.
|