shakllana bordi. Uy hunarmandchiligi o‘miga
manufaktura
ning kirib
kelishi katta ijobiy voqea bo‘ldi. Tarix, xalq xo'jaligi
tarixi va boshqa
ijtimoiy fanlami o‘qiganda hunarmandchilik, sex va manufaktura nima
ekanligi bayon etiladi, uy hunarmandchiligida hamma asosiy ishlar bir
odam yoki oila tomonidan bajarilgan (xomashyoni tayyorlash, qayta
ishlash, sotish...), unda aniq mehnat taqsimoti yo‘q,
manufakturada
esa (manu - qo‘l, facture - tayyorlash) mehnat taqsimoti, kooperatsiya,
yollanma ishchi kuchi, demak, kapitalistik ishlab chiqarishning kurtaklari
paydo bo‘ldi. XVI asrdan boshlab dastlab Angliyada dehqonlaming yerdan
mahrum qilinishi (yer yirik lendlordlar qo‘liga o‘ta boshladi) ro‘y berdi,
yomenlar - dehqon sinfi tugatildi, oqibatda kapitalistik fermerchilik
yuzaga keldi (ular yemi lendlordlardan uzoq muddatli ijaraga olgan),
ular yollanma mehnatdan (krepostnoylik emas)
keng foydalangan,
keyinchalik texnikani, ilmiy texnika yangUiklarini keng qo'llaganlar. Agrar
inqilob, islohot nomini olgan bu o‘zgarish manufaktura sanoatining
rivoji bilan bog‘liq. Dastlabki paytlarda bu sohada mato to'qish asosiy
ish edi. U nihoyatda foyda keltiruvchi sohaga aylandi. Matoga talab oshdi,
uni qondirish uchun, sanoat uchun kerakli xomashyo bazasini yaratish
talab qilindi. Xomashyo esa jun bo‘lib, qo'ylardan olinardi. Manufaktura
rivojiga jun kerak, buning uchun qo'ylar
sonini oshirish talab etildi,
ko‘p qo‘y boqish uchun esa yangi keng yaylovlar zarur, oqibatda cha-
kalakzor, botqoq, bo‘z yerlar chegaralanib («yerlami chegaralash»
degan ibora shundan kelib chiqqan) yaylovga aylantirildi,
Dehqon
(yomen)lar o‘z yerlaridan haydab chiqarildilar, yerlari esa tortib olinib,
yaylovlarga aylantirildi. Bu jarayonning muhim ahamiyati bor: 1.
manufaktura (sanoat) uchun xomashyo ko‘paydi; 2. sanoatga ko‘p va
arzon ishchi kuchi yetkazib berildi ( yerdan mahrum bo‘lgan, haydalgan
dehqonlar ish qidirib shaharlarga borganlar). Oqibatda sanoat tez o‘sa
boshladi, yangi sinflar paydo bo‘ldi. Demak, sanoatdagina emas (manu
faktura), qishloq xo‘jaligida ham kapitalistik munosabatlar g'alaba qo-
zondi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga yo‘l ochib berildi. Lekin
ko‘plab dehqonlaming ekspropriatsiya qilinishi (yersizlantirilishi), ulami
zo‘rlik yo‘li bilan yollanma mehnatga jalb etilishi (chunki boshqa iloj
yo‘q) qarama-qarshilikni kuchaytirdi, oqibatda 1641-1660-yillarda
Angliyada inqilob bo‘lib o‘tdi. XVII asrdagi Nideiiandiya keyingi ikkinchi
bu inqilob burjua inqilobi bo‘lib, u Angliyadagi feodal jamiyatga chek
qo‘ydi. Angliya respublika deb e’lon qilindi,
parlament vujudga keldi,
demokratik jarayon kuchaydi.
Xalq xo‘jaligining yuksak rivoji ilmiy kashfiyotlami taqozo etdi. Shu
davrda Angliyada tabiiy fanlar, ayniqsa, mexanika, astronomiya va fizika
tez rivoj topdi. Bu davming eng buyuk vakili
Dostları ilə paylaş: