Mehnat taqsimoti va pul to‘g‘risidagi ta’Iimot A.Smitning iqtisodiy qarashlari asosida shunday g‘oya yotadiki, unga
ko‘ra jamiyat boyligi ishlab chiqarish jarayonida mehnat tufayli paydo
bo'ladi (merkantilistlardan keskin farqi bor). A.Smit mehnatni barcha
sohalarda (sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalari)
boylikning asosi deb bildi. U kapitalistik ishlab chiqarishning manu
faktura bosqichini tahlil qilish asosida iqtisodiy o‘sishning muhim omili
mehnat taqsimotidir, degan xulosalarga keldi va buni o‘z tadqiqotlari-
ning boshlang'ich punkti deb qabul qildi.
Uningcha, ishlab chiqarish hajmi va mahsulot iste’moli ikki omil:
aholining unumli mehnat bilan shug‘ ullanayotgan qismi va mehnat unumdorligining darajasi bilan belgilanadi. Farqli ravishda ikkinchi omil
muhimroq bo‘lib, u mehnat taqsimoti bilan bevosita bog‘liqdir.
Pul nazariyasi Ishchi ilojsiz kapitalning qo‘shimchasiga aylanib, ishlab chiqarish
vositalaridan, mehnat obyekti va sharoitidan mahrum bo‘la boradi.
Insonning almashuvga moyilligi uning psixologiyasi va hulq-atvoriga xos
bo‘Ub, mehnat taqsimotining rivojiga ham ta’sir etadi. Bundan keyin,
mehnat taqsimotining o‘sishi va almashuvning kengayishi parallel boradi
va ular bir-birining rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Bu jarayonda Smit tovar
dunyosining pulning stixiyali ravishda, uzoq rivojlanish jarayoni
natijasida ajralishini ko‘rsatib beradi. Pulning paydo bo‘lishini ayrim
iqtidorli odamlaming kashfiyoti yoki o‘zaro hamkorligiga bog*lash
mumkin emas. Smit pulning muomala vositasi funksiyasini boshqalarga
nisbatan (bu prinsiplar Smitda beshta, G ‘arb olimlarida esa uchta)
alohida ta’kidlaydi. Oqibatda Smitning fikricha, pul texnik qurol bo‘lib,
iqtisodiy jarayonlarni yengillashtiradi, uni
«muomalaning buyuk gildiragi» deb baholaydi. ASmit oltin va kumush pullami qog‘oz pul
bilan almashtirish maqsadga muvofiq, uni esa banklar cheklangan
miqdorda chiqarishi zarur deb hisoblagan.
A.Smitning qarashlarida ancha chalkashliklar bo‘lsa ham, lekin u
pul va kreditni ishlab chiqarishga nisbatan tobehgini ko‘rsatib berdi.
A.Smit pul-kredit omillarining mustaqilligini yetarli baholay olmadi,
ulaming ishlab chiqarishga teskari ta’sirini tushunmadi.