Sanoat inqilobi iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda keskin o'zgarishlarga
olib keldi. 1701 - 1802-yillar oralig'ida to‘qimachilik rivoji tufayli Angliya
da paxta tolasidan foydalanish 6000 foizga o‘sdi. 1788-1838
yillarda
cho‘yan eritish 68 ming tonnadan 1347 ming tonnagacha oshdi.
Fransiyada 1815-yildan keyingi 30 yil ichida temir olish 5 marta,
toshko‘mir qazish 7 marta, yuk tashish hajmi 10 marta ko‘paydi.
Vaholanki, A.Smit davrida Shotlandiyaning ayrim joylarida mix pul
o‘mida ishlatilgan. Bu o'zgarishlar, ya’ni texnikaning kirib kelishi buyum
-
tovarlar turini keskin oshirdi, ilgari ayrim odamlaigagina tegishli
bo‘lgan narsalar kundalik buyumlaiga aylanib qoldi. Asta-sekin kapitalizm
hayot darajasining o‘sishiga
olib keldi, moddiy ne’matlar turi tizimli
ravishda ko'paydi,
sifati yaxshilandi, eng muhimi, bu imkoniyatlardan
jamiyatning aksariyat qismi foydalandi.
Dostları ilə paylaş: