CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2
ǀ
ISSUE 6
ǀ
2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
289
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
KICHIK BIZNES FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-
QUVVATLASHNING NAZARIY ASOSLARI
S. B. Sattorova
– TDTU talabasi
Ilmiy rahbar: F. B. Shakirova
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada kichik biznes faoliyatining davlat tomonidan qo’llab –
quvvatlashning nazariy asoslari yaqqol ko’rsatilgan. Davlatning kichik biznes
faoliyatida kamroq aralashuvi bu faoliyatning tezroq rivojlanishiga asos bo’ladi. Yan
shuni ta’kidlab o’tish lozimki, bu yerda 3 ta model yoritilgan. Ularni o’rganish
mobaynida bu modellarni amalga oshirsak, davlat paternizmini yaratamiz.
Tayanch so’zlar:
integratsiya, iqtisodiy o’sish, YAIM, tadbirkorlik salohiyati,
xususiylashtirish, protekstionistik model, iqtisodiy inqiroz, Marginal Social benefit,
Marginal Social Cost.
Jahon iqtisodiy integratsiya sharoitda iqtisodiyotda chuqur tarkibiy oʻzgarishlar va
tizimli islohotlarni amalga oshirish, barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlashning omili
sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (KBXT)ning ahamiyati ortib bormoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, “Xitoyda ish bilan band aholining 81,4 foizi, yalpi ichki
mahsulotning (YAIM) 54,3 foizi, Yaponiyada mos ravishda 70,8; 67,0 foizi, AQSH da
50,6; 53,1 foizi kichik biznes ulushiga toʻgʻri kelmoqda”. Jahon banki maʼlumotlariga
koʻra, yoʻlovchi tashish umumiy temir yoʻl transportining 20,0 % ini, shu jumladan,
tezyurar poyezdlar hozirgi kunda faqat 1,0% ni tashkil etadi – (Hindiston va
Yaponiyada yoʻlovchi tashish miqdori boʻyicha yuk tashish hajmidan oshadi). Jahon
temir yoʻllarining 2 trln. yoʻlovchi-km yoʻlovchi aylanmasi mamlakatlar boʻyicha
quyidagicha taqsimlanadi: Yaponiya va Yevropa – 370-380 mlrd. yoʻlovchi-km;
Hindiston va Xitoy - deyarli 300 mlrd. yoʻlovchi-km; boshqa mamlakatlar – 200 mlrd.
yoʻlovchi-km.
Yuqorida qayd etilgan holatlar mamlakat aholisining hayot darajasini oshirish
uchun tadbirkorlik salohiyatini (TS) rivojlantirish, uning barqaror surʼatlarda oʻsishini
taʼminlash, mustaqil xoʻjalik yuritish tashabbuskorligidan samarali foydalanishga
imkon beruvchi institutsional asoslarini takomillashtirib borishni taqozo etadi. Bunda
KBXT subyektlari faoliyatini davlat tomonidan iqtisodiy dastak va vositalar orqali
qoʻllab-quvvatlashda selektivlik tamoyilini qoʻllash maqsadga muvofiqdir. Ushbu
yondashuv davlat tomonidan KBXTni qoʻllab-quvvatlashning nazariy asoslarini
takomillashtirishni, tadbirkorlik salohiyatini (TS) oshirish uslubiyoti va strategiyasini
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2
Dostları ilə paylaş: |