Volume ǀ issue ǀ



Yüklə 437,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix18.07.2023
ölçüsü437,98 Kb.
#136818
1   2   3   4
kichik-biznes-faoliyatini-davlat-tomonidan-qo-llab-quvvatlashning-nazariy-asoslari

ǀ
ISSUE 6 
ǀ
2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  
 
291 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
-
ishlab chiqarish va boshqaruvni tashkil etish sohasida koʻmaklashish, texnikaviy 
va boshqaruvda yordam berish chora-tadbirlari tizimi; 
-
davlat buyurtmalarini bajarishda kichik biznes ishtirokini taʼminlash; 
-
yirik firmalar bilan integratsiya aloqalariga koʻmaklashish. 
Iqtisodchi olim Nurislom Toʻxliyevning fikriga koʻra, Oʻzbekistonda XX 
asrning 90-yillar boshida kichik biznesni rivojlantirish asosan uchta yoʻnalish boʻyicha 
olib borilgan : 
-
xususiylashtirish, yaʼni davlat ixtiyoridagi davlat mulkini xususiy sektorga 
oʻtkazish yoʻli bilan kichik korxonalarni tashkil etish; 
-
kichik korxonalarni yangidan tashkil qilish;
-
kichik korxonalarni yirik tuzilmalardan ajratish orqali monopoliyadan chiqarish, 
turar joy va kommunal xoʻjaligini rivojlantirishda. 
KBXTni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash nazariyasida, obyekt 
komponentlari va jarayonlardagi aloqalar hamda munosabatlar jamlamasini tizim 
sifatida qarab, u statik holatda emas, balki tashqi muhit bilan doimiy aloqada boʻlishi 
talqin etiladi.Aytish mumkinki, KBXT ni qoʻllab-quvvatlash tizimini shakllantirish, 
ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatlar uchun juda murakkab va aniq 
choralarni koʻrishni talab qiladigan jarayondir. 
Jahon tajribasida kichik biznesni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash 
amaliyotiga eʼtibor qaratsak, sohani qoʻllab-quvvatlash prinsipida davlat paternalizmi 
(otalikka oluvchi) prinsipini alohida koʻrsatish mumkin. Buning mohiyati shundaki 
kichik biznesni qoʻllab - quvvatlash uch xil yondashuv modeli orqali amalga oshiriladi. 
Birinchi model proteksionistik (muhofazachilik) modeli boʻlib, unda 
rivojlangan davlatlarning iqtisodiy inqirozdan chiqishdagi tajribasi va amaliyotini, 
kichik biznesni qoʻllab - quvvatlashning maqsadli dasturlarini oʻzida aks ettiradi. Kichik 
biznesning eng rivojlangan vatani Amerika Qoʻshma Shtatlari iqtisodiyotida katta 
ahamiyatga ega samarali tadbirlar qatorida “Kichik biznesda innovatsion tadqiqotlar 
dasturi” (SBIR) va “Kichik biznes texnologiyalari transferti dasturi” (STTR) kabi 
dasturlar orqali soha qoʻllab-quvvatlanadi. 
Ikkinchi model mazkur modelning aksi boʻlib, unda proteksionistik 
(muhofazachilik) usullarini qoʻllamaydigan yondashuvdir. Jahon tajribasida bunga 
misol qilib Fransiyadagi kichik biznesni qoʻllab - quvvatlashga yoʻnaltirilgan yirik 
koʻlamli dasturlar qabul qilinmasligini koʻrsatib oʻtish mumkin.
Uchinchi modelda ikkala model birlashadi. Jumladan, Buyuk Britaniyada 
bunday yondashuvni kuzatish mumkin. Bu yondashuvda davlat darajasida eʼlon 
qilingan kichik biznesni qoʻllab - quvvatlash chora - tadbirlari proteksionistik 
boʻlmagan usullar yordamida amalga oshiriladi. 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 

Yüklə 437,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin