deganda tovar va pul kapitalini xato tushungan (bu muomala sohasiga
xos kapital). Bu kapitalni hosil qiluvchi moddiy elementlarga sotuvchilar
qo‘lidagi oziq-ovqat, materiallar va tayyor buyumlar hamda ko‘rsatil-
gan taqsimlash va muomalaga kiritish uchun kerak bo‘lgan pullar
ham kiigan. Uning fikricha, aylanma kapital doimo muomalada bo'lishi
kerak.
Savdo-sanoat maqsadlari uchun mo'ljallangan mashina va mehnat
qurollari, yemi yaxshilash uchun ajratilgan narsalar jamiyatning
barcha a’zolarining o‘zlashtirgan va foydali qobiliyatlari asosiy kapitalga
tegishh deb hisoblangan. Pettidan keyin Smit ham asosiy kapitalga
xodimlaming mehnat malakasi va qobiliyatini qo‘shdi.
Bu masalani
ancha chigallashtirdi, chunki malaka va qobiliyat kapital deb e’lon
qilindi. Uning egasi esa foyda oluvchi bo‘lib qoladi (ishchi har doim
ham foyda egasi bo‘la olmaydi, uni kapitaUst yoki yer egasi oladi).
Asosiy S va aylanma Y kapitalni solishtirib, ular o‘rtasidagi farq shun-
daki, deydi Smit, birinchi S bir egadan ikkinchisiga o‘tmay va yana
aylanmay foyda keltiradi, ikkinchi Y esa egasi qo‘lidan bir shaklda
ketib, boshqa shaklda qaytib keladi va foyda keltiradi.
Shunday qilib,
asosiy kapital umuman aylanmaydi, aylanma kapital esa doimo muo
malada bo'ladi.
Smitning butun ijtimoiy kapitalni takror ishlab chiqarish nazariyasi
uning qiymat nazariyasiga asoslangan. U ijtimoiy mahsulot qiymatining
tarkibiy qismlari to‘g‘risida xato ta’Iimot yaratdi. Olimlar buni «Smit
dogmasi» deb ataydilar. Smitning fikricha, yalpi ijtimoiy mahsulotning
qiymati ish haqi, foyda va renta yig‘indisiga teng, ya’ni daromadlar
summasidir. Ishlab chiqarish jarayonida jonli mehnat bilan birga ishlab
chiqarish vositalari ham qo‘llanilishini
tushungan holda, Smit shunga
qaramay ishlab chiqarish vositalari qiymatini oxir-oqibatda ish haqi,
foyda va renta kabi daromadlarga bo‘lish mumkin, deb o'yladi. Shun
day qilib, u yalpi ijtimoiy mahsulot «qiymati»dan doimiy kapital S ni
chiqarib tashlagan. Qiymatdan uning tarkibiy qismi bo'lgan doimiy
kapitalni inkor etish takror ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilish
imkonini yo‘qqa chiqaradi. Har yili ishlab chiqarilgan mahsulot go‘yo
har yili to‘la iste’mol qilingan bo'lib chiqadi.
Lekin bunday sharoitda
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish emas, hatto oddiy ishlab chiqarish
mumkin bo'lmay qoladi (doimiy kapital S ko‘p yillar ish beradi).
Smit takror ishlab chiqarish muammosini yechish uchun o‘z
nazariyasiga yalpi va sof daromad o‘rtasidagi farqni kiritadi. Muayyan
mamlakatning yillik barcha mahsuloti yalpi daromad bo'lsa, sof daromad
yalpi daromadning shunday bir qismiki, uni shu mamlakat ahohsi
o‘z kapitalini sarflamay, iste’mol zaxirasiga qo‘yishi mumkin.
Smitning xatosi shuki, u yillik mahsulot qiymatini shu yili yangidan
hosil qilingan qiymat bilan aynan bir deb o‘ylagan (milliy daromad).
Lekin yangidan hosil qilingan
qiymat daromadlarga ajraladi, yillik
mahsulot qiymati ishlatUgan ishlab chiqarish vositalari qiymati, ya’ni
doimiy kapitalni ham o‘z ichiga oladi. Bu xatolik Smitning qiymat
to‘g‘risidagi ta’limotining kamchiligi va cheklanganligidan kelib chiqqan.
Bu yerda oddiy tarkor ishlab chiqarish to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Smit mehnatning ikkiyoqlama xarakterini tushunmasdan, abstrakt
mehnat yangi qiymat hosil qilish ini,
konkret mehnat esa ishlab
chiqarish vositalari qiymatini yangi yaratilgan mahsulotga o‘tkazishini
ko'rsata olmadi. Ijtimoiy mahsulot qiymatidan doimiy kapital qiymatini
yo'qotib qo'ygan Smit kapital jamg‘arilishini butun qo'shimcha
qiymatning qo'shimcha ish haqiga aylanishi bilan teng degan xato
xulosalar chiqardi. U o‘ylardiki, kapitalistik ishlab chiqarish rivoji
bilan ishchilar va ulaming iste’moliga talab ham bir xil sur’atda oshadi,
chunki daromad va shaxsiy iste’mol ishlab chiqarish bilan parallel
o'sadi (bir qancha mamlakatlarda shunday bo'lmoqda).
A. Smit erkin raqobat davridagi Buyuk Britaniyadagi iqtisodiy
siyosatni asoslashga katta e’tibor berdi. U ishlab chiqaruvchilaiga iqtisodiy
erkinlik ta’minlaslini, davlatning iqtisodiy hayotga aralashmasligini talab
qilardi. Ammo mamlakatning mudofaa manfaatlari iqtisodiyotdan us-
tun ham bo'lishi mumkin degan fikri ham bor, ya’ni bu ba’zi paytlarda
davlatning iqtisodga aralashuvi zarur deganidir. Smit iqtisodiyotda davlat
sektorining samarasizligini ko‘rsatib: «Hukumat
har doim va istisnosiz
buyuk isrofgarchidir», - deydi. Shu sababli davlatning faqat uch funk-
siyasi tan olinadi: 1) huquq-tartibot; 2)mamlakat xavfsizhgini ta’min-
lash; 3)jamiyatga zarur bo'lgan (ammo xususiy sektor tomonidan
tuzilmagan) ijtimoiy korxona va muassasalami ta’minlash.
Umuman to‘g‘ri bo‘lgan bu fikrlar, ya’ni davlatning iqtisodiyotga
aralashuvi chegaralari keyingi paytda qayta ко‘rib chiqilmoqda.
Smit merkantilizmga,
shu bilan birga, savdodagi proteksionizmga
(davlat tomonidan cheklovlar, soliq, bojxona va boshqalar), tashqi
savdodagi har qanday cheklovlarga qarshi edi. Olimning siyosati
feodalizm qoldiqlariga katta zaiba bo‘ldi.
Olimlar Smitga baho berib: «Ilg‘or buijuaziyaning
buyuk mafku-
rachisi», - degan edilar. Lekin u aslida bozor iqtisodiyotining mafku-
rachisi sifatida nom chiqardi.
Smit nochor ahvolga tushib qolgan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun
quyidagi uch omilni ko‘rsatib bergan: 1) mamlakatda tinchlik,
osoyishtalik bo'lishi va saqlanishi; 2) me’yordagi yengil soliqlar tizimi;
3) davlat iqtisodiyot ishlariga hadeb aralashavermasligi zarur,
iqtisodiyot tabiiy ravishda amalga oshaveradi.
Bu qoidalar bizning mamlakat xo'jaligiga ham bevosita oid fikrlar
hisoblanadi.
'
Dostları ilə paylaş: