1. Ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlar osti gabaritlari. Ko‘prik qatnov qismining gabaritlari va trotuarlar o‘lchamlari



Yüklə 44,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix26.12.2023
ölçüsü44,44 Kb.
#197757
  1   2   3
Маьруза №5.docx



Ma`ruza №5. Ko‘prik inshootining kengligini belgilash. 
Reja: 
 1. Ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlar osti gabaritlari. 
 2. Ko‘prik qatnov qismining gabaritlari va trotuarlar o‘lchamlari. 
 3. Qatnov qismining sathi. 
a) Ko‘prik osti gabartlari. Kema qatnovi gabaritlari kema qatnovi 
oraliqlari o‘lchamlarini va ko‘prik konstruksiyasi ostining kema qatnovi 
gorizontidan qanchalik balandligini belgilab beradi. 
Kema qatnovi gabaritlarining o‘lchamlari suv yo‘lining sinfiga 
bog‘liq ravishda belgilanadi. Suv yo‘lining sinfi esa unda 
harakatlanadigan kemalar va boshqa suv transporti vositalarining jadalligi 
bilan o‘lchanadi.
Suv yo‘llarining sinflarga va tegishli gabaritlarga bo‘lingani 2-
jadvalda keltirilgan. 
Qoida sifatida kemalar qatnovi oraliqlarining soni 2 ta bo‘lishi kerak 
– biri kattaroq bo‘lib, u suv oqimi bo‘yicha qatnov uchun, ikkinchi 
kichikrog‘i suv oqimiga qarshi qatnov uchun mo‘ljallanadi. Agar 
daryoning kengligi ikki oraliqni joylashtirishga imkon bermasa, unda 
gabariti suv oqimi bo‘yicha qatnov uchun olingan bir oraliq olinishi ham 
mumkin bo‘ladi.
Agar daryoning o‘zani oson yuviladigan gruntlardan tashkil topgan 
bo‘lsa, unda kemalar qatnovi o‘lchamlariga ega bir nechta oraliqni ko‘zda 
tutish kerak bo‘ladi, chunki zarurat tug‘ilganda (suvning eng katta 
chuqurliklari joylari o‘zgarganda) kemalar ushbu oraliqlar orqali 
harakatlanadi. 
1.2- jadval 


Suv yo‘li-
ning sinfi 
Kemalar 
yo‘lining 
chuqurligi 
(kafolatlan
adigan), m 
Yog‘ochlar oqizilishi 
bo‘lganda gabarit B
 
kengligi, m 
Gabaritning
balandligi, m 
Harakat suv 
oqimi 
bo‘yicha 
bo‘lgan 
oraliqlar 
uchun 
Harakat suv 
oqimiga 
qarshi
bo‘lgan 
oraliqlar 
uchun 
Oraliqni
ng o‘rta 
qismida 
Tayanc
hlar 
yonida 

2,0 
metrdan 
ortiq 
140 dan 
kam emas 
120 dan 
kam emas 
13,5 dan
kam 
emas 
5,0 dan 
kam 
emas 
II 
1,6 - 2,6 
140 
100 
12,5 
(10,0) 
4,0 
III 
1,1 - 2,0 
120 
80 
10,0 
3,5 
IV 
0,8 – 1,4 
80 
60 
10 (7,0) 
2,5 

0,6 – 1,1 
60 
40 
7,0 
2,0 
VI 
0,45 – 0,80 40 
30 (20) 
3,5 
1,5 
VII 
0,6 dan 
kichik 
20 (10) 
10 (9) 
3,5 (1,5) 1,0 
Eslatmalar: 1. Agar suvning navigatsiya sathlarining o‘zgarish farqi 4 
metrdan ortmasa I, II va III sinfga oid suv yo‘llari uchun gabaritning 
ko‘tarilgan qismining uzunligi 
B
b
3
2

ga teng bo‘ladi. Suvning 
navigatsiya sathlarining o‘zgarish farqi 4 metrdan ortsa, shuningdek IV, 
V, VI va VII sinfga oid suv yo‘llari uchun
B
b
3
1

ga teng bo‘ladi. 
1. Qavs ichida ko‘rsatilgan qiymatlar tegishli tashkilotlar bilan 
kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin. 
2. Agar daryoda yog‘och oqizilmasa yoki uning o‘lchamlari 
chegaralangan bo‘lsa, kema qatnovi uchun mo‘ljallangan oraliqlarning 
kattaligi oqimga qarshi oraliq uchun kabi qabul qilinadi. 


Temir yo‘llar ustidan o‘tgan yo‘lo‘tkazgichlar ostidagi qatnov 
gabaritining kengligi, birinchi navbatda, temir yo‘llar soni va ularning 
o‘qlari orasidagi masofalarga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu masofalar, odatda, 
4,1 metrdan kam bo‘lmagan qiymatda qabul qilinadi. Bunda 
tayanchlarning ichki qirralaridan eng yaqin joylashgan temir yo‘lining 
o‘qlarigacha bo‘lgan gorizontal masofa 3,1 metrdan kam bo‘lmasligi 
kerak.
Avtomobil va shahar yo‘llari ustidan o‘tgan yo‘lo‘tkazgichlar va 
piyodalar ko‘priklarida gabaritning ochiq kengligini (gabarit v svetu), 
odatda, kesib o‘tilayotgan yo‘lning er ko‘tarmasi kengligiga yoki shahar 
ko‘chasi kengligiga teng qilib olinadi.
Mahalliy dala yo‘llari uchun ko‘prik osti gabaritining kengligi va 
balandligi, tegishlicha, 6,0 metr va 4,5 metr bo‘lishi kerak, chorva 
o‘tadigan oraliqlar uchun esa 4,0 metr va 2,5 metr qabul qilinadi. 

Yüklə 44,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin