135
49
. Kimyoviy usul
– kislotalar, ishqorlar,
xlorli ohak,
xloramin, fenol, krezollar (lezol, naftalizol), formalin, sulema
va boshqalardan foydalanishdir.
50.
Aralash, murakkab
yoki
kombinatsiyalshgan dezin-
feksiya
– tibbiy asbob - anjomlarni ikki yoki undan ko‘p
usullardan foydalanib zararsizlantirishdir.
51.
Sterilizatsiya
– mikrob va ularning sporalarini bata-
mom yo‘qotish yoki qatronlashdir.
52.
Termoregulatsiya (issiqlikni boshqarish
)
–
organizmda
tana haroratini doimiy darajada tutib turadigan fizioligik
jarayon.
53.
Diurez
– siydik hosil bo‘lish va ajralish jarayonidir.
54.
Parhez
– bemorga davolash usuli sifatida yoki kasallik
asoratlarining oldini olish maqsadida
tuziladigan ratsion va
ovqatlanish tartibidir.
55.
Qusish –
murakkab reflektor akt bo‘lib, qusish marka-
zining qo‘zg‘alishidan yuzaga keladi va me’dadagi ovqatning
qizilo‘ngach, halqum, og‘iz, ba’zan burun yo‘llari orqali
beixtiyor otilib chiqishi bilan o‘tadi.
56.
Ich ketar
– ichaklarning motor va sekretor funksi-
yalarining buzilishi natijasida paydo bo‘ladi.
57
. Qabziyat (ich qotishi)
– ichakda ovqatning sekin
so‘rilishi
oqibatda yuzaga kelib, ichakni ozgina qattiq axlat
kelishi bilan turib-turib bo‘shalishi (defekatsiya) ga olib boradi.
58.
Siydik tutilishi –
to‘lib ketgan qovuqni bo‘shata
olmaslik – siydik yo‘liga tosh tiqilib qolishi, yallig‘lanish, o‘sma
paydo bo‘lishi yoki chandiqlanib, tortishib qolishi tufayli siydik
chiqarish kanali o‘tkazuvchanligining buzilishidan vujudga
keladigan jarayon.
59.
Dostları ilə paylaş: