O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova


TIBBIY - IJTIMOIY XIZMAT TARIXI. O‘ZBEKISTONDA



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
 
TIBBIY - IJTIMOIY XIZMAT TARIXI. O‘ZBEKISTONDA 
IJTIMOIY YORDAMNING TASHKIL ETILISHI 
Insoniyat jamiyati rivojlanishning har bir bosqichida sog‘-
liqni saqlash oldiga zamon taqozosi bilan yuzaga kelgan vazi-
falarni ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Jamoa sog‘lig‘ini saqlash tarixi 
jamiyatimizning hozirgi zamondagi muammolarini birmuncha 
chuqur anglash manbai bo‘lib hisoblanadi va ularni hal qilishni 
rag‘batlantiradi. Faoliyatning ilmiy va amaliy sohasi sifatidagi 
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat tarixi – bu aslida, kasallik-
larga qarshi kurashish va ularni xarob etuvchi oqibatlarni 
kamaytirish yo‘lidagi urinishlar tarixidir. Aksari urushlar va 
ocharchilik bilan bog‘liq bo‘lgan epidemik va endemik yuqumli 
kasalliklar amaliy profilaktika yo‘llarini izlab topish ishlarini 
butun odamzot tarixi davomida rag‘batlantirib keldi. Ko‘pgina 
kasalliklarni etiologiyasini ilm-fan tushuntirib, texnologiyalar 
yordamida davolash vositalari yaratildi. Avvallari peshonaga 
yozilgan qismat yoki gunohlar uchun berilgan jazo deb talqin 
qilib kelingan kasalliklar asta-sekin bartaraf etsa bo‘ladigan 
tusga kirib qoldi. Chunonchi, rim va yunon hukmdorlari 
shifokorlarga qashshoqlar va qullarga bepul xizmat qilishni 
tayinlaganlar. O‘rta asrlarda dehqonlar va hunarmandlar uyush-
malari a’zolarini bepul tibbiy xizmat bilan ta’minlar edilar. XIX 
asr oxirlariga kelib tibbiy sug‘urta rasm bo‘la boshladi. Aholi-
ning salomatligi milliy taraqqiyotning hal etuvchi omillaridan 
biri hisoblanadi. Aholi salomatligining yaxshi bo‘lishi tibbiy va 
ijtimoiy yordamdan bahramand bo‘lishini nazarda tutadi.
 



JAMIYAT SOG‘LIG‘INI SAQLASHDA TIBBIY-IJTIMOIY 
XIZMATLARNING ASOSIY TURLARI 
Zamonaviy sog‘liqni saqlashni tashkil etishga XIX asr 
oxirlari va XX asr boshlarida asos solingan. Mahalliy, hududiy 
doiralarida sog‘liqni saqlash organlari tashkil qilina boshlagan. 
Rivojlangan mamlakatlarda umummilliy yoki ixtiyoriy tibbiy 
sug‘urta paydo bo‘lishi bilan shifokorlarning xizmatlari uchun 
avvallari sodir bo‘lmagan keng omma tibbiyot yordamidan 
bahramand bo‘la boshladi. Jahonning rivojlangan mamlakat-
larida yuqumli kasalliklar nazorat ostiga olingandan so‘ng ular 
o‘rnini sivilizatsiya kasalliklari: yurak - qon tomir kasalliklar, 
xavfli o‘smalar, travmatizm yetakchi o‘rinni egallay boshladi. 
Tibbiyot sohasidagi fundamental tadqiqotlar natijasida XX asr 
oxirida o‘lim bilan tugaydigan ko‘pgina kasalliklarini tugatishga 
muvaffaq bo‘lindi. Shaxsiy qadriyat bo‘lmish salomatlikni 
muhofaza qilish ideologiyasi aholi o‘rtasida tarqala boshladi. 
Zamonaviy jamoa sog‘lig‘ini saqlash g‘oyat katta tajribalarga 
asoslanadi. 
Jahon tibbiyot tarixida aholiga tibbiy-ijtimoiy yordam 
ko‘rsatishda asosiy o‘rinni Xalqaro Qizil Xoch (Krest) va Qizil 
Yarim Oy jamiyati egallagan. Bu tashkilot XIX asrda, aniqrog‘i 
1859-yili fransiyalik jamoat arbobi Anri Dyunan tomonidan 
tashkil etilgan. Franko - Avstriya urushi vaqtida Anri Dyunan 
Solferino va Lombardi hududlaridagi qonli to‘qnashuvlarda 
jabrlanganlarni dahshatli qiyinchiliklarini, jang maydonlarida 
birinchi yordam vaqtida ko‘rsatilmagani uchun halok bo‘lgan-
larni murdalarining qarovsizligini ko‘rib qattiq ta’sirlanadi.
U har bir mamlakatda urushdan jabrlanganlar va yaradorlariga 
yordam beradigan harbiy tibbiy xizmatini tashkil qilish taklifi 
bilan chiqadi. Bu dunyodagi birinchi ko‘ngilli xalqaro harakat-
ning tashkil etilishidagi birinchi qadam hisoblanadi. Mazkur 
harakat butun dunyo bo‘yicha tarqalgan rivojlangan ko‘ngilli 
mafkurasiga egadir. Dunyoning har bir mamlakatida bu tash-
kilotning ko‘ngilli (volontyor) lari ishini tashkil etish o‘ziga xos 
xususiyatlariga ega bo‘lib, har doim zamon talabiga ko‘ra 
yangilanib turadi. O‘zbekistonda Xalqaro Qizil Xoch (Krest) va 
Qizil Yarim Oy jamiyati 1925-yilda tashkil etilgan. Jamiyat 



o‘zining birinchi kunlaridanoq ko‘ngillilar harakati bilan faoliyat 
ko‘rsatib, aholi o‘rtasida shaxsiy gigiyena qoidalarini targ‘ib 
etganlar, yuqumli kasalliklarning tarqalishini oldini olish tadbir-
larini o‘tkazganlar. Ikkinchi jahon urushi davrida jamiyatning 4 
mingdan ortiq hamshiralari va sanitariya xodimlari jang may-
donlarida yaradorlarga birinchi yordam ko‘rsatganlar, harbiy 
gospitallarda faoliyat ko‘rsatganlar. Hozirgi kunda Xalqaro Qizil 
Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyati aholining sanitariya madani-
yatini oshirishga, uni vatan mudofaasiga tayyorlashga, mehnat-
kashlarni mehnat va turmush sharoitlarini sog‘lomlashtirishga 
xizmat qiladi. Bepul donorlikni targ‘ib qilish va bu ishga aholini 
jalb etish shular jumlasidandir. O‘zbekistonda tashkil etilgan 
tashkilot faoliyati xalqimiz madaniyati, an’analari va unda 
yashovchi odamlarning yashash sharoitiga bevosita bog‘liqdir. 
Bunga ommaviy tashkil etiladigan hasharlar, navro‘z va hayit 
ayyomlaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilardan xabar olish, 
kam ta’minlangan va ko‘p bolali oila farzandlariga sovg‘a - 
salom ulashish misol bo‘la oladi. 
O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgandan so‘ng davlati-
mizning mustaqil Qizil Yarim Oy jamiyatini tuzish uchun shart-
sharoitlar yaratildi. 1992-yil 28-may kuni O‘zbekiston Respub-
likasi Prezidenti I.Karimovning 
«
Qizil Yarim Oy jamiyati 
to‘g‘risida
»
gi Farmoni qabul qilindi. 1995-yilda jamiyatni 
Xalqaro Qizil Xoch jamiyati tan olib, Xalqaro Qizil Xoch va 
Qizil Yarim Oy Xalqaro tashkiloti tarkibiga qabul qildi. 
XIX asrda Yevropa mamlakatlarida tibbiy-ijtimoiy harakat-
ni, shuningdek, hamshiralik ishini rivojlanishida angliyalik 
buyuk inson Florens Naytingel (1820–1910) muhim o‘rin egal-
laydi. Florens Naytingel Florensiyada aristokratlar oilasida 
dunyoga kelib, o‘z davri ayollari orasida yuqori bilim va savi-
yaga ega bo‘lgan. U 1851-yilda Germaniyada pastor Flender-
ning hamshiralar uyushmasiga kirib o‘qib, tibbiy xodim ma’lu-
motiga ega bo‘ldi. Londondagi vabo epidemiyasida qahramonlik 
ko‘rsatdi, nomi el og‘ziga tushdi. Qrim urushi vaqtida Harbiy 
Vazirlik tomonidan unga volontyorlar (ko‘ngillilar) guruhini 
tuzish ishonib topshiriladi va Florens Naytingel yuragida o‘ti 
bor 38 ko‘ngilli ayollar bilan Skutariyaga (Turkiya) boradi. Bu 
vaqtda Angliya armiyasi harbiy tibbiy xizmatning yomon tashkil 



etilganligi sababli katta talofatlar ko‘rar edi. Buning asosiy 
sababi sanitariya ishlarining yomonligi, tibbiy yordamni tashkil 
etishdagi kamchiliklar edi. Florens Naytingel va uning safdosh-
lari bunga qarshi ish boshlab, birinchi galda sanitariya sharoit-
larini yaxshiladilar. Yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemor-
larni alohida joylashtirib, bu kasalliklarni boshqa yaradorlarga 
tarqalishini oldini olish choralarini ko‘rdilar. Florens Naytingel 
va uning ko‘ngillilari sa’y-harakati tufayli o‘lim ko‘rsatkichini 
42% dan 2%ga tushdi. Urushdan so‘ng Florens o‘z faoliyatini 
davom ettirib, tibbiy xodimlarini tayyorlash va hamshiralik ishi-
ning ahamiyati to‘g‘risida kitoblar, maqolalar yozdi. U 1880-
yilda Londonda avliyo Foma kasalxonasi qoshida hamshiralar 
maktabini ochdi. Buyuk Britaniya ayollari orasida Florens 
Naytingelning obro‘si baland edi. Florens Naytingel 1910-yilda 
90 yoshida vafot etdi. Har yili 12-may Florens Naytingel 
tug‘ilgan kuni uning xotirasi uchun 
«
Hamshiralar kuni
»
sifatida 
nishonlanadi. Hamshiralik ishida qahramonlik ko‘rsatgan tibbiy 
xodimlar uchun Florens Naytingel nomidagi mukofot ta’sis 
etilgan. Bu mukofot asosan Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy 
faollariga beriladi. Hozirgi kungacha 1000 ga yaqin tibbiy 
xodimlar ushbu mukofot bilan taqdirlanganlar. O‘zbekistonlik 
Salima Kublonova, Rixsixon Mo‘minova, Antonina Pixteyeva
Matluba Eshonxo‘jayevalar ushbu yuksak mukofotga sazovor 
bo‘lganlar. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin