O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   102
Shifokorlik siri
. Shifokorlik siri qadim zamonlardan saqlanib 
kelgan. Buqrot ham o‘z qasamiyodida tibbiy xodimlarga 
shifokorlik sirini saqlash majburiyatini qo‘ygan. Kasbiy faoliyat 
davrida aniqlangan bemor kasalligiga, shaxsiy hayotiga va 
oilasiga tegishli ma’lumotlarni hech bir tibbiy xodim bemor 
roziligisiz birovga aytishi mumkin emas. Shuningdek, jismoniy 
nuqsonlar, zararli odatlar va mol - mulkka daxldorlik ham sir 
saqlanishi lozim. Asosan, shifokorlik sirini tibbiyot xodimlari 
ehtiyotsizlik yoki mas’uliyatsizlik sababli oshkor qilishlari 
mumkin. Bu ma’lumotlarni tibbiy xodim faqat bemor roziligi 
bilan uchinchi shaxslarga ma’lum qilishi mumkindir. Shifokorlik 
sirini oshkor qilgan tibbiy xodimlar shaxsiy axloqiy, ba’zan 
jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Lekin shunday holatlar bo‘la-
diki, shifokorlik sirini fuqaro va uning qonuniy vakilining 
roziligisiz oshkor qilish mumkin (tibbiy ijtimoiy xodim o‘z 
mijozlarini himoya qilish maqsadida ularni bilishi zarurdir!) 
• yuqumli kasalliklar, zaharlanishlar va shikastlanishlarning 
keng aholi orasiga tarqalish xavfi bo‘lganda; 
• o‘zidagi kasallik holati tufayli shaxsiyatini himoya qila 
olmaydigan bemorlarni tekshirish va davolash maqsadida; 
• tergov yoki surishtiruv ishlarini olib borish jarayonida 
tergov, prokuratura va sud xodimlarining talabiga ko‘ra; 
• voyaga yetmaganlarga yordam ko‘rsatish va ularning ota - 
onalari yoki vasiylariga ma’lumot berish maqsadida; 
• bemor salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi degan fikr 
bo‘lganda. 
Tibbiy deontologiyaning zamonaviy bosqichida shifokorlik 
siridan ko‘ra tibbiyot xodim va bemor o‘rtasida konfidensiallik 
(ishonch) ko‘proq qabul qilingan. Chunki bemor o‘ziga tegishli 
barcha ma’lumotni bilishi shartdir. Tibbiy xodim va bemor 


23 
o‘rtasidagi munosibat andozasi quyidagicha bo‘lgani ma’quldir: 
bemor barcha ma’lumotni bilishga haqli, tibbiy yordam 
ko‘rinishini tanlashi va uni nazorat qilishi lozimdir. Shifokor 
bunda mas’ul ekspert rolida faoliyat ko‘rsatadi. 
Fan va texnikaning jadal rivojlanishi tibbiyotning ancha 
oldinlab ketishiga sabab bo‘ldi. Natijada, yangi dori moddalari, 
yangi diagnostik davolash asbob - uskunalari paydo bo‘ldi. 
Organ va to‘qimalarni ko‘chirib o‘tkazish, bepushtlikdan aziyat 
chekayotgan ayollarni sun’iy urug‘lantirish, genetik kasalliklarni 
davolash, insonni jonlantirish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Bu 
tibbiy etika qarashlarini qayta ko‘rib chiqishga sabab bo‘ldi. 
Natijada, etikaning yangi yo‘nalishi bioetika (tiriklar etikasi) 
rivojlana boshladi. Bioetika bu tirik qolish va yashash uchun 
sharoitlarni yaxshilash haqidagi fandir. Bioetika – davolash 
usullarini tanlash va ilmiy imkoniyatlarni amaliyotda qo‘llash 
javobgarligini oshirishdir. 
1991-yilda tashkil etilgan Bioetiklar Xalqaro uyushmasi 
quyidagi ta’rifni bergan: 
«
Bioetika – yangi biotibbiy texnolo-
giyalarni qo‘llaganda kelib chiqadigan ijtimoiy, huquqiy va etnik 
oqibatlarni o‘rganuvchi fandir
»
. Bioetika umuminsoniy qadri-
yatlarni va axloqiy normalarni inkor etmaydi, balki ular asosida 
inson huquqi, har qanday tuzalmas kasallikka chalingan bemor-
larga lozim davolanish huquqi masalalarini ko‘tarib kelmoqda. 
U yangi texnologiyalarni qo‘llash natijasida bemorlarga yetka-
zilishi mumkin bo‘lgan zarardan himoya qiladi. 
«
Zarar 
yetkazma
»
qonuni adolat va haqiqat tamoyillariga rioya qilishni 
talab qiladi. Shu bilan birga, bioetika inson salomatligini tashqi 
dunyo bilan bevosita bog‘liqligini ta’kidlab, shifokorni, tibbiyot 
hamshirasini, tibbiy - ijtimoiy xodimni dunyo bilan hamohang 
yashashni o‘rgatishi va kelajak avlodga uni avaylab saqlangan 
holda qoldirilishini o‘rgatishi kerak. Yangidan yangi tibbiyot 
texnologiyalar zamonida bioetika yangi texnologiyalarni 
insoniyatga xizmat qilishini ta’minlab, uni insoniyatga, uning 
nasliga, tashqi atrof - muhitga salbiy ta’sirini oldini olishi 
lozimdir.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin