O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   102
ATRTJ
verbal va 
XOENT – 
noverbal 
ko‘nikmalarini qo‘llash, sodda tilda gapirishdir. 
SAMARALI MULOQOTGA XALAL BERUVCHI OMILLAR 
 
Tibbiy - ijtimoiy xodimning asosiy vazifalaridan biri ijtimoiy 
himoyaga muhtoj aholi va ularing yaqinlariga boshqa yordamlar 
bilan birga ruhiy ko‘mak berishdir. Bu borada unga mijozning 
oilasi, do‘stlari, tanishlari birgalikda yordam berishlari mumkin. 
Eshitish bilan bog‘liq muammolar
.
Agar bemor kar yoki 
eshitish qobiliyati past bo‘lib tug‘ilgan bo‘lsa, og‘zaki muloqotga 
faqat mutaxassis bilan shug‘ullangandan so‘ng kirishishi mum-
kin. Chunki u boshqa odamni so‘zlashganini eshitmagan yoki 
juda yomon eshitgan. Bu muammo eshitish darajasi pasaygan 
bemorlarga ham tegishli. 
Ba’zi kasalliklarda inson birdan eshitmay qolishi mumkin. 
Sokinlik dunyosiga g‘arq bo‘lgan odam o‘zini yakka deb 
hisoblab, ezilishi tabiiy. Bunday holatlarda insonlarda boshqa 
sezgi a’zolari faol ishlay boshlaydi. Eshitish qobiliyatlari pasay-
gan odamlar ko‘pincha boshqa odamlar orasida o‘zlarini yolg‘iz 
sezadilar. Bunday odamlar ko‘p hollarda atrofdagilar unga 
«
G‘alati qaragani
»

«
Ortiqcha bir nimalar deganlari
»
kabi shub-
halarga borib, jizzaki bo‘lib qoladilar. Eng yomoni eshitish 
pasayganda quloqlarda shovqin muloqotga yanada xalaqit 
beradi. Quloqlarda bir xildagi shovqin va har xil tovushlar 
bemorlarda uyqusizlik va depressiyaga sabab bo‘lib, uning hayot 
tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 


65 
Ko‘rish bilan bog‘liq muammolar
.
Ko‘rlik tug‘ma yoki ort-
tirilgan bo‘lishi mumkin. Tibbiy - ijtimoiy xodim ko‘rish inson 
hayotida o‘z mustaqilligini anglashida muhim ahamiyat kasb 
etishini doim hisobga olishi kerak. Ko‘rish qobiliyatini yoqotish 
odamlarda juda katta qiyinchiliklarga sabab bo‘lishi hech kimga 
sir emas. To‘satdan ko‘r bo‘lib qolgan odamlar juda ko‘p 
muammolar bilan birga muloqot kirishishda qiyinchiliklarga 
duchor bo‘ladilar. Ular o‘z atrofdagilarni, suhbatdoshlarini ko‘-
ra olmaydilar. Birdan ko‘rishni yo‘qotganlar yo‘qotishning 
hamma bosqichlarini boshdan kechiradilar. Ko‘zida murakkab 
jarrohlik operatsiyasini o‘tkazib, bir necha kun bog‘lab qo‘yil-
gani sababli vaqtincha ko‘ra olmaydiganlar qo‘rquv va bezov-
talikni his qiladilar. Uzoq vaqt davomida ko‘rishdan mahrum 
bo‘lganlar yaxshilanishdan umid uzib, kundalik hayotga mos-
lashishga harakat qiladilar. Bunday odamlar o‘zlarini yaqinlari 
uchun ortiqcha yuk hisoblab, ko‘p tashvishlanishlarini tibbiy - 
ijtimoiy xodim doimo esda tutishi kerak. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin