Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 5,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/66
tarix26.12.2023
ölçüsü5,57 Kb.
#197928
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   66
terminologiya majmua

bayroqdor, nishondor
; 2) mavjudlik, egalik 
sifatlarini yasashda qatnashadi:
zarbdor; mahsuldor, chiqimdor 
(Usmonov 
O.1975; 51-56)
, hissador, aybdor, qarzdor, mansabdor, puldor, mulkdor va 
h.k.
-dosh 
affiksli so‘z yasovchi model 
Mazkur qolip terminlar hosil qilishda mahsuldor bo‘lib: 
ijtimoiy sharoit, umumiy turmush, hamkorlik, hamdo‘stlik ma’noli 
shaxslar nomini ifodalovchi ot-terminlar yasaydi:
yurtdosh, maslakdosh, 
quroldosh, kursdosh, polkdosh, frontdosh, sinfdosh 
va h.k.;
 
boshlang‘ich, dastlabki asosdan kelib chiqqan sifat, xususiyatni 
anglatuvchi terminlarni shakllantiradi:
jinsdosh, ohangdosh, yo‘ldosh ( tib. 
platsenta) va h.k.; 
ba’zi bir tilshunoslik terminlarini voqelantiradi: sifatdosh, ravishdosh, 
undosh, shakldosh, o‘zakdosh, uyadosh, ma’nodosh, turdosh
va h.k.
 
Mazkur model o‘zbek tili texnika terminlarini yasashda qatnashmaydi. 
Ammo botanika terminlari tizimida o‘ta sermahsulligi bilan ajralib turadi:
 
chinniguldosh, 
ayiqtovondoshlar, 
boshoqdosh, 
chuchmomadoshlar, 
ziradosh, ra’nodosh, tokdosh, gulnavshodadosh
va h.k.

-do‘z 
affiksli so‘z yasovchi model 
Forscha-tojikcha –do‘z suffiksli mazkur kammahsul model biror- 
bir narsa, buyumni tikuvchi shaxs nomini bildirad
i: mo‘ynado‘z, etikdo‘z, 
kavushdo‘z, yelkando‘z
va h.k.

-kar, -kor //-gar/ -gor 
affiksli so‘z yasovchi model 

Fors-tojik tilidan kirib kelgan ushbu suffiksli model yordamida 
muayyan kasb-hunar egalarini anglatuvchi terminlar yasaladi:
chilangar, 


63
zargar, da’vogar, sholikor, javobgar, tadbirkor, tajovuzkor (
Usmonov 1975; 
51-56),
 bastakor, qasoskor, hamkor 
va h.k.
 
-kash 
affiksli so‘z yasovchi model
 
Kelib chiqishi forscha-tojikcha hisoblanuvchi –kash affiksi 
ishtirokida yasalgan terminlar ma’lum kasb-hunar bilan mashg‘ul shaxsni 
ifodalaydi:
chizmakash, arrakash, ko‘chirmakash, tarafkash 
va h.k. O‘zbek 
tili texnika terminlarini hosil qilishda o‘ta kammahsuldir. 
– noma 
affiksli so‘z yasovchi model
 

Forscha-tojikcha so‘z-affiksli ushbu model asosan hujjat, yozuv, 
xat, hujjat nomi namunasi ma’nosini anglatadigan terminlarni yasaydi(URSl 
1988;723):
bayonnoma, vasiyatnoma, guvohnoma, ahdnoma, shartnoma, 
ma’lumotnoma, axborotnoma, shahodatnoma, sulhnoma, pandnoma, 
aybnoma, dalolatnoma 
va h.k.
 
-parast 
affiksli so‘z yasovchi model
 

Fors-tojik tiliga tegishli suffiks yordamida voqelangan ushbu model 
shaxsni nomlovchi terminlarni hosil qiladi:
amalparast, butparast, 
insonparast, shaxsiyatparast, xudoparast, aqidaparast, shahvatparast, 
qonunparast, hokimiyatparast
va h.k.
 
-parvar affiksli so‘z yasovchi model 

Fors-tojik tilidan o‘zlashgan –parvar suffiksi ishtirokida 
reallashgan bu kammahsul model shaxs otini anglatuvchi oz sonli 
terminlarni yasaydi:
yetimparvar, vatanparvar, insonparvar, xalqparvar
sulhparvar, yurtparvar 
va h.k.
 
-soz
 affiksli so‘z yasovchi model 

Forscha-tojikcha –soz suffiksli mazkur so‘z yasovchi model shaxs 
nomini ifodalovchi ot-terminlar yasashda nisbatan faolligi bilan ajralib 
turadi. –soz suffiksi qatnashuvi bilan hosil qilingan qator derivatlarning 
o‘zbek tili texnikaviy terminologiyasi tizimida nisbatan faol qo‘llanishi 
kuzatiladi::

Yüklə 5,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin