Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 
 
Xo’jalik sub’ekti investitsion va moliyaviy faoliyatlardan kelib chiqadigan 
yalpi pul tushumlari va yalpi pul to’lovlarining asosiy toifalarini hisobotda alohida 
ko’rsatishi kerak. 
Quyidagi operatsion, investitsion yoki moliyaviy faoliyatlar bo’yicha kelib 
chiqadigan pul oqimlari hisobotda sof asosda ko’rsatilishi mumkin:
(a) 
mijozlar nomidan olingan pul tushumlari va amalga oshirilgan to’lovlar, 
agar pul oqimlari xo’jalik sub’ektning emas, balki mijozning faoliyatini aks ettirsa; 
va 
(b) 
tez aylanadigan, katta miqdorlardagi va so’ndirish muddati qisqa bo’lgan 
moddalar bo’yicha pul tushumlari va to’lovlari. 
Moliyaviy institutning quyidagi faoliyatlaridan kelib chiqadigan pul oqimlari 
hisobotda sof asosda ko’rsatilishi mumkin: 
(a) 
so’ndirish sanasi qat’iy belgilangan omonatlarni qabul qilish va qaytarib 
berish bo’yicha pul tushumlari va to’lovlari; 
(b) 
boshqa moliyaviy institutlarda omonatlarni joylashtirish va qaytarib 
olish; va 
(v) 
mijozlarga ajratilgan bo’naqlar va kreditlar hamda bo’naklar va 
kreditlarning qaytarilishi. 
Chet el valyutasidagi operatsiyalar natijasida kelib chiqadigan pul oqimlari
ushbu pul oqimi sanasidagi xo’jalik sub’ektining funktsional valyutasi bilan chet el 
valyutasi orasidagi ayirboshlash kursini chet el valyutasi summasiga ko’paytirgan 
holda xo’jalik sub’ektining funktsional valyutasida aks ettirilishi lozim. 
Xorijiy sho’’ba xo’jalik sub’ektining pul oqimlari, ushbu pul oqimlari 
sanasidagi funktsional valyuta bilan chet el valyutasi orasidagi ayirboshlash kursi 
bo’yicha funktsional valyutasiga o’tkazilishi (qayta hisoblanishi) lozim. 
Chet el valyutasida aks ettirilgan pul oqimlari BHXS 21 “Valyutani 
ayirboshlash kurslaridagi o’zgarishlarning ta’siri”ga muvofiq tarzda taqdim qilinadi. 
Bunda haqiqatdagi kursga taxminan teng bo’lgan ayirboshlash kursini qo’llashga 
ruxsat etiladi. Masalan, chet el valyutasidagi operatsiyalarni aks ettirish yoki chet el 
shu’ba xo’jalik sub’ektining pul oqimlarini bir valyutadan boshqa valyutaga o’tkazish 
uchun ma’lum davr uchun o’rtacha tortilgan ayirboshlash kursi qo’llanilishi mumkin. 
Biroq, BHXS 21-ga muvofiq chet el sho’’ba xo’jalik sub’ektining pul oqimlarini 
funktsional valyutaga o’tkazishda hisobot davrining ohiridagi ayirboshlash kursini 
qo’llashga ruhsat etilmaydi. 
Olingan va to’langan foizlar va dividendlar ko’rinishidagi pul oqimlarining har 
biri alohida aks ettirilishi lozim. Ularning har biri davrdan davrga izchil ravishda 
operatsion, investitsion yoki moliyaviy faoliyatga tegishli pul oqimi sifatida 


43 
tasniflanishi lozim. 
Daromad soliqlari natijasida kelib chiqadigan pul oqimlari alohida ko’rsatilishi 
va operatsion faoliyat natijasidagi pul oqimlari sifatida tasniflanishi lozim, agar ular 
moliyaviy va investitsion faoliyatlariga mahsus bog’liq bo’lmasa. 
Qaram xo’jalik jamiyati, qo’shma korxonasi yoki shu’balarga qilingan 
investitsiyalar hisobi ulush bo’yicha hisobga olish usuli yoki tannarx bo’yicha 
hisobga olish usulini qo’llagan holda olib borilsa, investor pul oqimlari to’g’risidagi 
hisobotda faqat uning o’zi va investitsiya ob’ekti o’rtasidagi pul oqimlarini, masalan 
dividendlar va bo’naklarni, ko’rsatishi bilan chegaralanadi. 
Xo’jalik sub’ekti, hisobot davri davomida, umumiy summada, shu’ba xo’jalik 
sub’ektlari yoki boshqa korxonalarda nazoratni qo’lga kiritish hamda yo’qotish 
bo’yicha quyidagilarning har birini oshkor etishi lozim:
(a) 
investitsiya uchun umumiy to’langan yoki olingan tovon; 
(b) 
ushbu tovonning pul mablag’lari va pul ekvivalentlaridan tashkil topgan 
qismi; 
(v) 
nazorati qo’lga kiritilgan yoki yo’qotilgan shu’ba xo’jalik sub’ektlari 
yoki boshqa korxonalaridagi pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari summasi; va 
(g) 
nazorati qo’lga kiritilgan yoki yo’qotilgan shu’ba xo’jalik sub’ektlari 
yoki boshqa korxonalaridagi pul mablag’lari va ularning ekvivalentlaridan tashqari 
aktivlar va majburitlar summasi, asosiy toifalari bo’yicha jamlangan holda. 
Pul mablag’lari yoki ularning ekvivalentlaridan foydalanishni taqozo 
etmaydigan investitsion va moliyaviy operatsiyalar pul oqimlari to’g’risidagi 
hisobotda aks ettirilmaydi. Bunday operatsiyalar moliyaviy hisobotlarning boshqa 
joyida ushbu investitsion va moliyaviy faoliyatlar to’g’risida barcha tegishli 
ma’lumotlarni aks ettiradigan tarzda oshkor etilishi lozim. 
Xo’jalik sub’ekti pul va pul ekvivalentlarining tarkibiy qismlarini oshkor etishi 
va pul oqimlari to’g’risidagi hisobotidagi summalarning moliyaviy holat to’g’risidagi 
hisobotda aks ettirilgan ekvivalent moddalari bilan solishtirmasini taqdim etishi 
lozim. 
Xo’jalik sub’ekti rahbariyat izohlari bilan birgalikda, xo’jalik sub’ektida 
mavjud bo’lgan, ammo guruh tomonidan foydalanish imkoni bo’lmagan katta 
miqdordagi pul mablag’lari va pul ekvivalentlari summasini oshkor etishi lozim. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin