O’quvchilarda aqliy tarbiyani shakllantirishning mazmuni



Yüklə 243,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix27.03.2023
ölçüsü243,35 Kb.
#90258
  1   2   3
22-Article Text-519-1-10-20201018



O’QUVCHILARDA AQLIY TARBIYANI SHAKLLANTIRISHNING 
MAZMUNI 
Raxmonova Shahodat Rahimovna
Andijon shahar, 36-maktabi
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktab o’quvchilarida aqliy tarbiyani 
shakllantirishning mazmuni, shaxsda dunyoqarash izchil, tizimli, uzluksiz hamda 
maqsadga muvofiq tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaning yo’lga qo’yilishi, uning turli 
yo’nalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi, 
shuningdek, o’z-o’zini tarbiyalab borishi haqoda so’z boradi. 
Kalit so’zlar: ijtimoiy-g’oyaviy, ma’naviy-axloqiy, dunyoqarash, ijtimoiy 
munosabatlar. 
CONTENT OF FORMATION OF MENTAL EDUCATION IN STUDENTS 
Rakhmonova Shahodat Rakhimovna 
Andijan city, School №36 
Abstract: In this article, the content of the formation of mental education in 
schoolchildren, the establishment of a consistent, systematic, continuous and 
purposeful education in the individual worldview, its active participation in the 
process of social relations in different directions and content , as well as self-
education. 
Keywords: Socio-ideological, spiritual-moral, worldview, social relations. 
Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati 
mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar 
tizimidir. Mazkur tizim doirasida ijtimoiy-g’oyaviy, falsafiy, iqtisodiy, tabiiy-ilmiy, 
ma’naviy-axloqiy, estetik, huquqiy va ekologik bilimlar negizida shakllangan 
e’tiqodlar asosiy tarkibiy unsurlar sifatida namoyon bo’ladi. 
Muayyan dunyoqarashga ega bo’lish shaxsda atrof-muhit, ijtimoiy 
munosabatlar, mehnat faoliyati va ishlab chiqarish jarayoni, sub’ektlarga nisbatan 
ma’lum munosabatning qaror topishi, shuningdek, shaxs tomonidan zimmasidagi 
ijtimoiy burchlarini to’laqonli anglash va ularni bajarishga nisbatan mas’uliyat 
tuyg’usiga ega bo’lishi uchun zamin yaratadi. 
Shaxsda dunyoqarash izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil 
etilayotgan ta’lim-tarbiyaning yo’lga qo’yilishi, uning turli yo’nalish va mazmundagi 
ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi, shuningdek, o’z-o’zini 
"Science and Education" Scientific Journal
September 2020 / Volume 1 Issue 6
www.openscience.uz
136


tarbiyalab borishi natijasida shakllanadi. Yosh avlod dunyoqarashining shakllanishida 
ta’lim muassasalarida o’qitilishi yo’lga qo’yilgan tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar 
asoslarining ular tomonidan puxta o’zlashtirilishi muhim o’rin tutadi. 
Shaxsning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, hayotiy yondoshuvlari, uning uchun 
ustuvor ahamiyatga ega bo’lgan qadriyatlar hamda axloqiy tamoyillar mohiyati u ega 
bo’lgan dunyoqarash mazmunini ifodalaydi. O’z navbatida dunyoqarashning boyib 
borishi shaxsning shaxsiy sifat va fazilatlarining tobora barqarorlashuvini 
ta’minlaydi. O’z mazmunida ezgu g’oyalarni ifoda etgan dunyoqarash shaxs 
qiyofasida namoyon bo’layotgan ijobiy fazilatlarning boyib borishiga yordam beradi. 
Dunyoqarash o’z mohiyatiga ko’ra, ilmiy (muayyan falsafiy tizimga ega) va 
oddiy (muayyan falsafiy tizimga ega bo’lmagan) dunyoqarash tarzida farqlanadi. 
Ilmiy dunyoqarash asosida uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta 
o’zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida 
barqarorlik kasb etgan g’oyalar yotadi. 
Shaxs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik xususiyatga ega 
murakkab jarayon sanaladi. 
Aqliy tarbiya va ilmiy dunyoqarashning asosiy belgilari va mohiyati. Shaxs 
dunyoqarashining shakllanishida aqliy tarbiya muhim o’rin tutadi. Aqliy tarbiya 
shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi bilimlarni berish, uning aqliy 
(bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat 
bo’lib, uni samarali yo’lga qo’yish asosida dunyoqarash shakllanadi. 
Bugungi kunda, O’zbekiston Respublikasida yoshlarga aqliy tarbiyani berishga 
alohida e’tibor qaratilmolqda. 1997 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
IX sessiyasida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi 
Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mazmunida ham yuksak ma’naviy va 
axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash davlat 
siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri ekanligiga urg’u beriladi. Yuksak ma’naviy 
va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadr bo’lib yetishish mavjud 
ilmiy, shuningdek, kasbiy bilimlarni puxta egallash demakdir. Binobarin, chuqur 
bilimlarga ega bo’lish tabiiy hamda ijtimoiy jarayonlarning mohiyatini anglash
ularning ijobiy va salbiy jihatlarini ko’ra va baholay olishga imkon beradi. 
Aqliy tarbiya o’quvchilarni ilm-fan, texnika, texnologiya hamda ishlab chiqarish 
sohalarida qo’lga kiritilayotgan yutuqlar bilan tanishtirish, ularda ijodiy, erkin, 
mustaqil fikrlash ko’nikmalarini hosil qilishga zamin yaratadi. 

Yüklə 243,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin