O’quvchilarda aqliy tarbiyani shakllantirishning mazmuni



Yüklə 243,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix27.03.2023
ölçüsü243,35 Kb.
#90258
1   2   3
22-Article Text-519-1-10-20201018

Aqliy tarbiya jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi: 
Tarbiyalanuvchilarga ilmiy bilimlarni berish. 
1. Ularda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ongli munosabatni qaror 
toptirish. 
"Science and Education" Scientific Journal
September 2020 / Volume 1 Issue 6
www.openscience.uz
137


2. Mavjud bilimlardan amaliyotda foydalanish ko’nikma va malakalarini tarkib 
toptirish. 
3. Bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishga intilish tuyg’usini shakllantirish. 
4. Bilimlarni o’zlashtirishga yordam beradigan psixologik qobiliyatlar (nutq, 
diqqat, xotira, tafakkur, ijodiy xayol) va xususiyatlar (aniq maqsadga intilish, 
qiziquvchanlik, kuzatuvchanlik, mustaqil fikrlash, ijodiy tafakur yuritish, o’z fikrini 
asoslash, mavjud ma’lumotlarni umumlashtirish, guruhlashtirish, mantiqiy xulosalar 
chiqarish va hokazolar)ni rivojlantirish. 
Aqliy ta’lim va tarbiya birligi asosida shaxsda tafakkur (ijtimoiy voqea-
hodisalarning ongda to’laqonli aks etishi, inson aqliy faoliyatining yuksak shakli) 
rivojlanadi. Manbalarning ko’rsatishicha, aqliy tafakkurning mavjud darajasini 
belgilash bir qadar murakkab bo’lib, quyidagi belgilarga ko’ra aniqlanishi mumkin: 
1. Ilmiy bilimlar tizimining mavjudligi. 
2. Mavjud ilmiy bilimlarni o’zlashtirib olish jarayoni. 
3. Fikrlash ko’nikmasiga egalik. 
4. Bilimlarni egallashga bo’lgan qziqish hamda ehtiyojning yuzaga kelganligi. 
Aqliy tafakkur uzoq muddat hamda tinimsiz izlanish natijasida yuzaga keladi. 
Uning shakllanishida ilmiy qarash va e’tiqod o’ziga xos o’rin tutadi. 
Ilmiy qarash (yunoncha «idea»- g’oya, tasavvur, tushunchalar yig’indisi)
muayyan hodisa, jarayonning mohiyatini yorituvchi, ilmiy jihatdan asoslangan fikr
g’oya bo’lib, u shaxs tomonidan mavjud ilmiy bilimlar tizimi puxta o’zlashtirilganda, 
bilimlarni bir-biri bilan taqqoslash, solishtirish, predmet, hodisa yoki jarayon 
mohiyatini tahlil qilish natijasida yuzaga keladi. O’quvchilarni ijodiy fikrlashga 
o’rgatish, ixtirochilik ko’nikmalarini shakllantirish ular tomonidan ilmiy izlanishlarni 
olib borish va ma’lum ilmiy qarashlarni ilgari surilishiga zamin yaratadi. 
Aqliy tarbiyani samarali tashkil etish shaxsda ilmiy tafakkurning yuzaga 
kelishini ta’minlaydi. Ilmiy tafakkur – inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, 
ijtimoiy voqea-hodisalar, jarayonlarga nisbatan ilmiy yondashuvni anglatadi. 
E’tiqod dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy- falsafiy, tabiiy, iqtisodiy
huquqiy, ma’naviy-axloqiy, estetik hamda ekologik bilimlarning takomillashgan 
ko’rinishi; muayyan g’oyaga cheksiz ishonch bo’lib, uning shakllanishi bir necha 
bosqichda kechadi. Birinchi bosqichda ular beqaror va vaziyat taqozosiga ko’ra 
o’zgaruvchanlik xususiyatini kasb etadi. Ikkinchi bosqichda ma’naviy-axloqiy 
qarashlarning barqaror tamoyillariga aylanadi. Mavjud talab, jamiyat tomonidan tan 
olingan axloqiy qoidalardan chetga chiqish qiyin, ziddiyatli vaziyatlarda ongli 
harakatni tashkil etish, irodaviy sifatlarga tayangan holda ish ko’rish taqozo etiladi. 
Uchinchi bosqichda, e’tiqod barcha vaziyatlarda ham ustuvor ma’naviy-axloqiy 
tamoyil bo’lib qoladi. O’quvchi tomonidan o’zlashtirilgan ilmiy bilimlar hayotiy 
"Science and Education" Scientific Journal
September 2020 / Volume 1 Issue 6
www.openscience.uz
138


munosabatlar jarayonida keng qo’llanilganda, ularning asl mohiyati chuqur his 
qilingan va anglangandagina e’tiqodga aylanadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida yoshlarning bilimli, 
yuksak tafakkur egasi bo’lish borasidagi qarashlar muhim o’rin egallagan bo’lib, 
ularning intellektual salohiyatini jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi omil ekanligiga 
alohida urg’u beriladi. Chunonchi, «... ilmu ma’rifat insonni yuksaklikka ko’taradi. 
XXI asrda, men ishonaman, madaniyat uchun, ilmu ma’rifat uchun jonini beradigan 
va buni hayotining asosiy maqsadi qilib qo’yadigan yangi avlod paydo bo’ladi. Biz 
ana shu avlod uchun yashayapmiz. Biz ana shu olijanob maqsadlarni odamlar ongiga 
singdirish uchun harakat qilayapmiz. Biz kutayotgan avlod mana shu boylikni 
dunyodagi eng katta boylik deb bilsa, hayotini shunga baxshida etsa, bilingki, 
odamzod yorug’ kunlarga erishishi muqarrar»
1

O’quvchi dunyoqarashini shakllantirishning bir necha maqbul shakl, metod va 
vositalari bo’lib, ular sirasida ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-g’oyaviy, iqtisodiy, 
huquqiy, estetik va ekologik mavzularda tashkil etiluvchi suhbatlar, bahs-
munozaralar, ma’ruzalar, muammoli vaziyatlarni yaratish asosida o’quvchilarni 
fikrlashga undovchi amaliy treninglar, debatlar, mustaqilishlar, shuningdek
ishchanlik o’yinlari yanada samarali sanaladi. 
Mustaqil ishlarni tashkil etish, xususan, muayyan mavzu asosida o’quvchilarni 
kichik ilmiy izlanishlarni olib borishga yo’llash ularning dunyoqarashlarini yanada 
boyib borishida poydevor bo’lib xizmat qiladi. O’smir hamda o’spirinlarni ma’lum 
nazariya yoki ta’limotlarning g’oyalariga nisbatan tanqidiy munosabat bildirish, 
metodologik mohiyatini ochib berish,

Yüklə 243,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin