Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

Kunlar 
Sotib olish 
Sotish 
5 kun 
160 dona 
14 kun 
380 dona 15.1 sh.b.dan 
18 kun 
50 dona 
22 kun 
270 dona 15.3 sh.b. dan 
27 kun 
560 dona 
FIFO usuli: 
Sotilgan = 200x15+380x15,1+190x15,3 = 11645 sh.b. 
Qoldiq = 200x15+380x15,1+270x15,3 - 11645 sh.b.= 1224 sh.b. 
O’rtacha tortilgan usul: 


74 
O’rtacha qiymat birlik = (200x15+380x15,1+270x15,3) / (200+380+270) = 
15.14 sh.b. 
Sotilgan = (160+50+560) x 15.14 = 11657.80 sh.b. 
Qoldiq =200x15+380x15,1+270x15,3 – 11657.8 sh.b.= 1211.20 sh.b. 
Odatda bir-birini o’rnini bosmaydigan (bir-birini almashtira olmaydigan) 
TMZlar moddalarining hamda maxsus loyihalar uchun ishlab chiqarilgan va 
ajratilgan tovarlar va xizmatlarning tannarxi ularga tegishli alohida xarajatlarning 
maxsus aniqlanishi yo’li bilan baholanadi. 
Tannarxni maxsus aniqlanishi deganda alohida xarajatlarning tovar-moddiy 
zaxiralarning alohida aniqlangan moddalariga olib borilishi tushuniladi. Bu maxsus 
loyiha uchun ajratilgan TMZlarni hisobga olishda, ular sotib olingan yoki ishlab 
chiqarilgan bo’lishidan qat’iy nazar, to’g’ri yondashuv hisoblanadi. Ammo, ko’p 
miqdordagi, odatda bir-birini o’rnini bosadigan TMZlar moddalari mavjud 
bo’lganida, xarajatlarning maxsus aniqlanishi noo’rin hisoblanadi. Bunday hollarda, 
foyda yoki zarar shakllanishida oldindan belgilangan natijalarga erishish maqsadida 
tovar-moddiy zaxiralarda qoladigan moddalarni tanlash usulini qo’llash mumkin. 
Tovar-moddiy zaxiralar tannarxi birinchi-kirim, birinchi-chiqim (FIFO) usuli 
yoki o’rtacha tortilgan qiymat formulasi orqali aniqlanishi lozim. Xo’jalik sub’ekti, 
uning uchun bir xil xususiyatga ega bo’lgan va bir xil tarzda foydalaniladigan barcha 
tovar-moddiy zaxiralar bo’yicha bir xil tannarxni aniqlash formulasidan foydalanishi 
shart. Har xil xususiyatga ega bo’lgan va har xil yo’nalishda ishlatiladigan tovar-
moddiy zaxiralar uchun har xil tannarxni aniqlash formulalaridan foydalanish 
mumkin.
Masalan, tovar-moddiy zaxiralardan bitta operatsion segmentida foydalanish 
tarzi xo’jalik sub’ektining boshqa operatsion segmentida shu turdagi tovar-moddiy 
zaxiralardan foydalanish tarzidan farqlanishi mumkin. Ammo, tovar-moddiy 
zaxiralarning geografik joylashuvidagi (yoki soliq qoidalariga nisbatan) farq o’z-
o’zidan har xil tannarx formulalaridan foydalanishga asos bo’la olmaydi. 
Tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi agar ushbu zaxiralar shikastlangan, yohud 
butunlay yoki qisman eskirgan, yoki ularning sotish narxlari kamaygan bo’lsa, 
qoplanmasligi mumkin. Tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi, shuningdek, ishlab 
chiqarishni oxiriga yetkazish bo’yicha baholangan xarajatlar yoki sotuvni amalga 
oshirish bo’yicha baholangan xarajatlar oshgan taqdirda ham koplanmasligi mumkin. 
Tovar-moddiy zaxiralar qiymatini tannarxdan past bo’lgan sof sotish qiymatigacha 
kamaytirish amaliyoti shunday nuqtai nazar bilan to’g’ri keladiki, bunda aktivlar 
ularning sotilishi yoki foydalanishidan olinishi kutilayotgan summadan oshmagan 
qiymatda hisobga olinishi zarur. 
Odatda tovar-moddiy zaxiralar moddama-modda sof sotish qiymatigacha 
kamaytiriladi. Ammo ayrim hollarda, bir xil yoki o’zaro bog’liq moddalarni 
guruhlashtirish o’rinli bo’lishi mumkin. Bu tovar-moddiy zaxiralarning bir xil 
maqsadda yoki bir xil yakuniy iste’molchilar uchun ishlab chiqariladigan, bir xil 
geografik hududda ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot turi bilan bog’liq 
bo’lgan, hamda ushbu mahsulot turiga kiradigan boshqa moddalardan amalda alohida 


75 
baholana olmaydigan moddalariga tegishli bo’lishi mumkin. Tovar-moddiy 
zaxiralarning tannarxini, ularning tasniflanishi, masalan, tayyor mahsulotlar yoki 
ma’lum bir operativ segmentdagi barcha tovar-moddiy zaxiralar, asosida kamaytirish 
noto’g’ridir. Xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar odatda alohida sotish nahi 
belgilanadigan har bir xizmat bo’yicha xarajatlarni to’playdilar. Shu tufayli, har bir 
bunday xizmatga alohida modda sifatida qaraladi. 
Sof sotish qiymatining baholanishi sotilishi kutilayotgan tovar-moddiy 
zaxiralarning summasi baholangan paytida mavjud bo’lgan eng ishonchli dalillarga 
asoslanadi. Bunday baholashda, davr tugashidan keyin ro’y beradigan hodisalar bilan 
bevosita bog’liq bo’lgan narxning yoki tannarxning o’zgarishlari hisobga olinadi, 
agar bunday hodisalar davr oxiriga mavjud bo’lgan shart-sharoitlarni tasdiqlasa.
Tovar-moddiy zaxiralar sotilganida, ushbu zaxiralarning balans qiymati xarajat 
sifatida, ular bilan bog’liq bo’lgan daromad tan olinadigan davrda, tan olinishi lozim. 
Har qanday tovar-moddiy zaxirani sof sotish qiymatigacha kamaytirish summasi va 
zaxiralar bo’yicha yo’qotishlar ushbu kamaytirish yoki yo’qotish ro’y bergan davrda 
xarajat sifatida tan olinishi lozim. Sof sotish qiymatining oshishi natijasida kelib 
chiqadigan tovar-moddiy zaxiralarini kamaytirishning har qanday qayta tiklash 
summasi, xarajat bo’lib tan olingan TMZlar summasining kamayishi sifatida bunday 
qayta tiklash ro’y bergan davrda tan olinishi lozim. 
Ba’zi tovar-moddiy zaxiralarning qiymati boshqa aktivlar schyotlariga olib 
borilishi mumkin, masalan, o’z kuchi bilan qurilgan asosiy vositaning tarkibiy qismi 
sifatida. Bunday usul bilan boshqa aktivlarga kiritilgan tovar-moddiy zaxiraning 
qiymati, ushbu aktivdan foydalanish muddati davomida xarajat sifatida tan olinadi. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin