Standartlari


-misol. Kompaniya bosh boshqarmasi binosini sotish



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

1-misol. Kompaniya bosh boshqarmasi binosini sotish 
Kompaniya bosh boshqarma binosini sotish rejasini tuzdi. 
A) Kompaniya xaridorga binoni to’la bo’shatgandan so’ng beradi. Bo’shatish 
uchun ketadigan vaqt shunday sotishlar uchun umumiy vaqt kabi qaraladi. Demak, 
aktivni tezda sotish talabi bajarilmoqda. 
V) Kompaniya bu binoni yangi bino to’la bitguncha ishlatadi. Bu kechiktirish 
kompaniya tomonidan binoni tezda sotish zarur emasligini bildiradi. Mazkur mezon 
yangi binoni to’la bitirmaguncha ko’chib o’tish mumkin emasligini ifodalaydi. 
Sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflangan uzoq muddatli aktivlarni (yoki 
hisobdan chiqarish guruhlarini) baholash 
Uzoq muddatli aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) baholash 
Tadbirkorlik sub’ekti sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflangan uzoq 
muddatli aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) uning balans qiymati bilan sotish 
xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati o’rtasidagi kamrog’ida baholashi lozim. 
Tadbirkorlik sub’ekti mulk egalariga taqsimlash uchun mo’ljallangan sifatida 
tasniflangan uzoq muddatli aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) uning balans 
qiymati bilan taqsimlash xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati o’rtasidagi 
kamrog’ida baholashi lozim. 
Agarda yangi sotib olingan aktiv (yoki hisobdan chiqarish guruhi) sotish uchun 
mo’ljallangan sifatida tasniflanish mezonlarini qanoatlantirsa, dastlabki tan olinishda 
aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) uning balans qiymati, agarda shunday 
tasniflanmagan bo’lsa (maslan, tannarxda), bilan sotish xarajatlari chegirilgandagi 
haqqoniy qiymati o’rtasidagi kamrog’ida baholanishiga olib keladi. Demak, agarda 
aktiv (yoki hisobdan chiqarish guruhi) biznes birlashuvining qismi sifatida sotib 
olinsa, u sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatda baholanishi lozim. 
Qachonki sotuv bir yildan ortiq muddatda sodir bo’lishi kutilsa, tadbirkorlik 
sub’ekti sotish xarajatlarini ularning keltirilgan qiymatida baholashi lozim. Vaqt 
o’tishidan yuzaga keladigan sotish xarajatlarining keltirilgan qiymatidagi har qanday 
ko’payish foyda yoki zararda moliyalashtirish xarajati sifatida taqdim etilishi lozim. 
Aktivning (yoki hisobdan chiqarish guruhining) sotish uchun mo’ljallangan 
sifatida dastlabki tasniflanishidan bevosita oldin, aktivning (yoki guruhdagi barcha 
aktivlar va majburiyatlarning) balans qiymatlari o’rinli MHXSlarga muvofiq 
baholanishi lozim. 
Hisobdan chiqarish guruhining keyingi qayta baholanishida, hisobdan chiqarish 
guruhining sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati qayta baholanishidan 
oldin, mazkur MHXS ning baholash talablari doirasida bo’lmagan, ammo sotish 
uchun mo’ljallangan sifatida tasniflangan hisobdan chiqarish guruhiga kiritilgan, har 
qanday aktivlarning va majburiyatlarning balans qiymatlari o’rinli MHXSlarga 


134 
muvofiq qayta baholanishi lozim. 
Tadbirkorlik sub’ekti aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) sotish 
xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatgacha har qanday dastlabki yoki keyingi 
qisman hisobdan chiqarish bo’yicha qadrsizlanish zararini tan olishi lozim. 
Tadbirkorlik sub’ekti aktivning sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy 
qiymatidagi har qanday keyingi ko’payish bo’yicha foydani tan olishi lozim, ammo 
bu mazkur MHXS ga muvofiq yoki oldin BHXS 36 “Aktivlarning qadrsizlanishi” ga 
muvofiq tan olingan yig’ilgan qadrsizlanish zararidan ortiq summada bo’lmasligi 
lozim.
Tadbirkorlik sub’ekti hisobdan chiqarish guruhining sotish xarajatlar 
chegirilgandagi haqqoniy qiymatidagi har qanday keyingi ko’payish bo’yicha foydani 
tan olishi lozim:
(a) 
buni amalga oshirish hisobdan chiqarish guruhining sotish xarajatlari 
chegirilgandagi haqqoniy qiymati qayta baholanishidan oldin, mazkur MHXS ning 
baholash talablari doirasida bo’lmagan, ammo sotish uchun mo’ljallangan sifatida 
tasniflangan hisobdan chiqarish guruhiga kiritilgan, har qanday aktivlarning va 
majburiyatlarning balans qiymatlari o’rinli MHXSlarga muvofiq
muvofiq tan olinmagan darajada bo’ladi; ammo 
(b) 
bu mazkur MHXS ga muvofiq yoki oldin MHXS 36 ga muvofiq, mazkur 
MHXS ning baholash talablari doirasida bo’lgan uzoq muddatli aktivlar bo’yicha tan 
olingan yig’ilgan qadrsizlanish zararidan ortiq summada bo’lmasligi lozim. 
Uzoq muddatli aktiv (yoki hisobdan chiqarish guruhi) sotuvining sanasi 
holatiga oldin tan olinmagan foyda yoki zarar hisobdan chiqarish sanasida tan olinishi 
lozim.
Tadbirkorlik sub’ekti uzoq muddatli aktiv bo’yicha u sotish uchun 
mo’ljallangan sifatida tasniflanganda yoki sotish uchun mo’ljallangan sifatida 
tasniflangan hisobdan chiqarish guruhining qismi bo’lganda eskirish (yoki 
amortizatsiya) hisoblamasligi lozim. Sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflangan 
hisobdan chiqarish guruhining majburiyatlariga tegishli foizli va boshqa 
xarajatlarning tan olinishi davom ettirilishi lozim.

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin