248
Bosh kompaniya va uning filiallari uchun yagona hisob siyosatini qo’llash zarur
hisoblanadi.
Ayni vaqtda ushbu talabni amalga oshirishning ikkita varianti mavjud.
Birinchisi
– guruh uchun yagona hisob siyosati
ishlab chiqilayotganda, guruxning
barcha korxonalari bir xil talablar bo’yicha individual hisobotni
tuzadilar va hisobni
yuritadilar.
Ikkinchisi
– bunda individual hisobot ma’lumotlari mustaqil hisob siyosati
bo’yicha
shakllantiriladi, konsolidatsiya maksadlari uchun esa yagona hisob
siyosatining talablariga muvofiq ma’lumotlarni kiritish bo’yicha qo’shimcha
tuzatishlar amalga oshiriladi.
Quyidagilarni aniqlab olish zarur:
MHXSga muvofiq tuziladigan birinchi hisobot qaysi davr uchun tuzilishini;
MHXSga o’tish muddatini qiyosiy ma’lumotlar taqdim etiladigan davrlar soni
Kompaniyaning funktsional valyutasini (baholash valyutasini)
va hisobot
valyutasini;
hisobotni taqdim etish tilini;
Auditorlik tekshiruviga bo’lgan zaruriyat, baholovchilarning jalb qilinishi
Transformatsiyani amalga oshirish usulini;
Ishning umumiy qiymatini
Tashkilot MHXS bo’yicha hisobot transformatsiyasi xizmatini ko’rsatishga oid
konsultatsiya shartnomasini tuzish haqidagi masalani ko’rib chiqadi (tashqaridan
mutaxassislarning jalb qilinishi).
Shartnomani tuzishda nimalarga e’tibor qaratish kerak?
Transformatsiya natijalari bo’yicha beriladigan ma’lumotlarning hajmi:
Agarda buyurtmachi hisobot transformatsiyasining natijalari bo’yicha MHXSga
muvofiq hisobotni faqatgina bir butun holda, hisobot elementlari bo’yicha
analitik
ma’lumotlar va transformatsion o’tkazmalarning tavsifisiz olsa,
ayniqsa muhim
ahamiyatga ega.
Keyingi parallel hisobning yuritilishi va navbatdagi hisobot transformatsiyasi ijrochi –
kompaniyaga murojaatsiz deyarli mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: