Italiyada birinchi elektr stansiya
barpo etildi. Keyinchalik bunday elektr stansiyalar Yangi Zellandiya, Amerika
Qo‘shma Shtatlari va Yaponiyada qurilib, ishga tushirildi. Geotermal manbalar
500 dan 5000 metrgacha chuqurliklarda bo‘ladi.
Hozir dunyoda 120 dan ziyod geotermal elektr stansiyalar ishlab turibdi.
Ularning quvvati 3,6 million kilovatt soatga teng.
Yer ostidan chiqayotgan qaynoq suvlarning issiqlik energiyasidan nafaqat
elektr stansiyalarida, shuningdek shaharlarni issiq suv bilan ta‘minlashda,
issiqxonalarda arzon mevalar va sabzavotlar yetishtirishda, gullar o‘stirishda ham
foydalaniladi. Masalan, Islandiyaning poytaxti-Reykyavik dunyodagi eng toza
shahar sanaladi. Uning kommunal xo‘jaligi kop‘mir, neft, gaz va o‘tinsiz ishlaydi.
Shahar yer ostidan chiqayotgan issiq suv bilan isitiladi va ta‘minlanadi. Issiq
xonalarda yil davomida gullar o‘stirladi va sabzavotlar yetishtirladi.
Amalda
geotermal
suvlarning
ishlatilishi
Tibbiyotda
Elektr energiya
olishda va h.k.
Yod va brom
olishda
Isitish vositasi
sifatida
55
Geotermal suvlar ko‘pincha minerallangan, ya‘ni unda ko‘p miqdorda tuzlar
erigan bo‘ladi. Shuning uchun ularning bevosita issiq suv ta‘minotida foydalanish
va issiqligidan foydalanib ishlaydigan elektr stansiyalar qurish imkoniyati
cheklangan.
Dunyo dengizlari
– biosferani me‘yorlashtiruvchi eng muhim manbalaridan
biri. Shuningdek, ularda juda katta biologik va mineral boyliklar zahiralari
mavjuddir Dengiz va daryolardagi suvning umumiy hajmi 1362200 ming km
3
.
Dengizning atmosfera bilan o‘zaro ta‘siri Yerdagi ob-havo sharoiti va iqlimning
shakllanishiga katta ta‘sir ko‘rsatadi.
Dengiz suvi turli mineral moddalarga boy chuchuk suv olish manbai sifatida
xizmat qiladi. Dunyo dengizi – juda katta miqdordagi osh tuzi zahirasiga ega
bo‘lib, unda 180 mingga yaqin organizm turlari – kichik bakteriyadan tortib, yirik
kitlargacha
panoh
topgan.
Dengizda
yashovchilarning
biomassasi
tadqiqotchilarning ma‘lumotiga ko‘ra 60 milliard tonna (quruqlikda
yashovchilarning umumiy biomassasi taxminan 10 milliard tonna). Bugungi kunda
inson oziq-ovqatidagi oqsillarning 10% iga yaqini dengizlardan olinadi. Ko‘pgina
mamlakat aholisi uchun dengiz mahsulotlari asosiy taom hisoblanadi.
Insoniyatning bu ―go‘sha‖si ―jahon‖ ―axlatxona‖siga aylanib bormoqda.
Chunki
ummonga
inson
faoliyati oqibatida to‘planadigan chiqindilar
tashlanmoqda. Kimyoviy sintez sanoati paydo bo‘lgunga qadar bu ―tabiiy
axlatxona‖ga nima tashlansa, ularning barchasi biologik siklga qo‘shilib, tarqab
ketardi. Biroq insonning turli sun‘iy moddalar ishlatishi tufayli, dengiz tabiiy
muhitining buzilishi jarayoni, ifloslanishi va zaharlanishi toboro ortib bormoqda.
Dunyodagi
dengizlarning
ifloslanishi
ko‘plab
mamlakatlar
neft
mahsulotlarini dengiz orqali tashishni keng yo‘lga qo‘yishi bilan ham bog‘liqdir.
Suvning neft va uning mahsulotlari bilan ifloslanishi hayvonot va o‘simlik dunyosi
uchun juda xatarlidir. Neft, mazut bilan qoplangan Atlantika okeani, O‘rta Yer
dengizi, Fors ko‘rfazi va boshqa dengizlarda o‘n va hatto yuz minglab qushlar
halok bo‘ladi. To‘g‘ri, odamlar ularga yordam berishib, yuzlab qushlarni
qutqarishga muvofiq bo‘lishadi, ammo minglab jonzotlar qirilib ketadi.
56
Ilgarigi vaqtlarda iflos suvlar dengizga quyilsa, u dengiz muhitida erib
tozalanadi, degan tushuncha mavjud edi. Haqiqatan, dengiz iflos suvlarni tozalash
qobiliyatiga ega. Bu jarayonda dengiz organizmlari, masalan, mallyuskalarning har
xil turlari katta rol o‘ynaydi. Ammo dengizning o‘z-o‘zini tozalash qobiliyati ham
cheksiz emas.
Dengizni ifloslantirayotgan asosiy manba nimalardan iborat? Birinchidan,
dengizga daryo suvlari orqali sanoat va qishloq xo‘jaligi chiqindilari tashlanadi va
shahar oqava suvlari quyiladi. Bu taxminan ifloslantiruvchilarning 40% ini tashkil
etadi. 30% ifloslantiruvchilar dengiz transport vositalari ulushiga to‘g‘ri keladi.
Bunda dizel yonilg‘isi chiqindilari, kemalarni yuvish, tozalash, ballistik
quyilmalarni to‘kish va boshqalarni eslab o‘tish kifoyadir. Ayniqsa, neft va neft
mahsultolari yuklangan tankerlarning halokati, dengiz tubiga o‘rnatilgan neft
quvurlari, suv osti atom kemasining ishdan chiqishi, dengizdan neft qazib olish
katta zarar keltiradi.
Hozirgi vaqtda Orol, Boltiq, Qora, Yapon, Oq va boshqa dengizlarda juda
murakkab ekologik holat yuzaga kelgan. Bugungi kunda dengizlardagi ekologik
holatlarni yaxshilashning bir necha yo‘llari ma‘lum: dengiz qirg‘oqlarida
chiqindisiz ishlab chiqarishni tashkil etish, zaruriy miqdorda tozalash inshootlarini
qurish, antropogen ta‘sirlarni kamaytirish va boshqalar.
Dunyo dengizlarining qirg‘oqlariga yaqin joylashgan sanoat ishlab chiqarish
chiqindilari va unga quyiladigan daryolar suvi bilan ifloslanishi ahvolni yanada
qiyinlashtiradi. Ba‘zi taraqqiy etgan mamlakatlar dunyo dengizlarining tubiga atom
ishlab chiqarishidan hosil bo‘lgan faolligi yuqori chiqindilarni ko‘madilar (AQSH,
Angliya, Germaniya). Holbuki, dengiz tubidagi chuqurliklar ham seysmik jihatdan
ishonchli emas, u joylarda konteynerlarning chirish-buzilishi ham ehtimoldan holi
emas.
Nitsedagi Biologik markaz ma‘lumotlariga ko‘ra, Atlantika okeanidan
tutilgan baliqlardagiga qaraganda, O‘rta Yer dengizi baliqlarida simob miqdori uch
marta ko‘p ekan. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma‘lumoti bo‘yicha O‘rta Yer
dengiziga har yili 12 million tonna organik chiqindilar tashlanadi, u oqar suvlari
57
orqali har yili 1 million tonna rux, 2,5 ming tonna turli radioaktiv moddalar bilan
ifloslanadi. Shuning uchun bu dengizning qator qirg‘oqlarida cho‘milish man
etilgan va u yerdagi hududlardan tutilgan baliqlar iste‘mol uchun yaroqsizdir.
Tokio, Jakarta ko‘rfazlari, Yavan dengizlarining taqdirlari ham achinarli
holatdadir. U yerlarda o‘simlik va hayvonot olamidan asar ham qolmagan. Dunyo
miqyosida daryo, ko‘llar va suv havzalarining ifloslanishiga ko‘plab misollar
keltirish mumkin.
Dunyo okeani deb, Yer kurrasidagi materik va orollarni o‘rab turgan
poyonsiz suv qobig‘iga aytiladi. Sayyoramizning 361 mln. kv. km. maydonini yoki
71% qismini okean suvi egallab olgan.
Dunyo okeani o‘zining bir qator xususiyatlari bilan materiklardan ajralib
turadi. Dunyo okeanining asosiy xususyiatlaridan biri uning to‘x‘tovsiz harkatda
bo‘lishidir. Ehtimol, okean so‘zining kelib chiqishi ham shu harkatga bog‘liqdir.
Qadimgi yunonlar Yer yuzidagi bunday bepoyon suv havzasini bekorga okean deb
atashmagan bo‘lsa kerak. Bu fikrning isboti shundai okean so‘zi yunoncha
―okeanos‖ bo‘lib uning ma‘nosi Yerni aylanib oqadigan azim daryo demakdir.
Dunyo okeani suvlari o‘zaro tutashgan bo‘lib ularni materiklar to‘rtta yirik
qismlarga ajratb turadi. Ularning har biri alohida okean botig‘iga, tabiiy
chegarasiga, gidrologik rejimiga ega bo‘lgan mustaqil okeanni tashkil etadi. Bular
Tinch okeani (180 mln. km
2
), Atlantika okeani (93 mln. km
2
), Hind okeani (75
mln. km
2
) va Shimoliy Muz okeani (13 mln. kv. km.) dir.
Dunyo okeani suvlari Yer yuzida notekis taqsimlangan. Uning katta qismi
ekvatordan janubga, kamroq qismi esa shimolda joylashgan. Dunyo okeani
shimoliy yarimsharning 61% maydonini va janubiy yarimsharning 81% maydonini
egallab olgan. Shuning uchun suv va quruqlik maydonining ko‘pligiga qarab Yer
yuzasi Okean yarimshari va Materik yarimsharlariga bo‘linadi.
Dunyo okeani tagi relefi materiklar relefiga o‘xshash juda murakkab
tuzilgan. Okean tagining yirik relef shakllari materik sayozligi yoki shelfdan,
materik yonbag‘ridan, materik etagidan, okean tagi botiqlaridan, o‘rtalik okean
tizmlaridan va eng chuqur cho‘kmalrdan iborat.
58
Okean tagi relefining o‘ziga xos xususiyati o‘rtalik okean tog‘ tizmlarining
yagona tizmining mavjudligidir. Bu tog‘ tizimining umumiy uzunligi 60 ming km.
dan ortiq bo‘lib, u barcha okeanlarni kesib o‘tgan va bir qancha tarmoqlarga
bo‘lingan. O‘rtalik Hind okean tog‘ tizmalari, Sharqiy Tinch okean ko‘tarilmalari,
o‘rta Atlantika tog‘ tizimlari va Lomonosov suv osti tog‘ tizmlari global
masshatbdagi o‘rtalik okean tog‘ tizimining tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Okeanlar tagining materik etaklari bilan o‘rtalik okean tog‘ tizimlari orasida
yirik yassi tekis relefli botiqlar joylashgan. Bunga tinch okeanidagi Shimoli-
Sharqiy, Shimoli-G‘arbiy va Filippin botiqlari, Atlantika okeanidagi Shimoliy
Amerika, Braziliya, Argentina, Angola botiqlari, Shimoliy Muz okeanidagi
Amundsen, Nansen, Kanada botiqlari misol bo‘la oladi.
Okeanning chekka zonalarida, materik Yer po‘sti bilan okean Yer po‘sti
to‘qnashgan joylarda uzun cho‘zilgan chuqur suv osti cho‘kmalari vujudga kelgan.
Bular Markaziy Amerika, Peru, Chili, Aleut, Kurill- Kamchatka, Yapon, Mariana,
Filippin, Tongo, Kermadek cho‘kmalaridir. Bu cho‘kmalar Dunyo okeanining eng
chuqur joylari hisoblanadi.
Dunyo okeani suvlarining eng xarakterli xususiyatlari ularning katta
darajadagi sho‘rligidir. Okean suvining tarkibida deyarli barcha kimyoviy
elementlar borligi aniqlangan. Unda tuzlar, gazlar, organik moddalar va hatto
metallar erigan holatda bo‘ladi,
Dostları ilə paylaş: |