210
Odam salomatligini saqlashda turli ekologik omillarning roli juda katta.
Ekologik
omil deganda, kishi sog‘ligiga salbiy yoki ijobiy ta‘sir etuvchi tashqi
muhitdagi holatlarni tushunish mumkin. Ekologik omillar o‘z tabiatiga ko‘ra
fizikaviy, kimyoviy va biologik ko‘rinishlarga ajratiladi.
Fizikaviy omillarga quyidagilar kiradi:
Shovqin va infratovush;
Issiqlikdan nurlanish;
Elektromagnit nurlanish;
Radioaktiv nurlanish;
Fizik omillar kishi organizmiga kun bo‘yi tinimsiz ta‘sir
etib turishi
natijasida insonning mo‘tadil hayot tarsi buziladi, sog‘ligi yomonlashadi.
Shahardagi shovqin ijtimoiy omil bo‘lib qoldi. Bakteriolog Robert Kox bundan
taxminan yuz yil oldin ―bir kun kelib inson vabo va
xolera kasalligidan qanday
nurlangan bo‘lsa, shovqinga qarshi shunday kurashishga to‘g‘ri keladi‖, deb
aytgan edi.
Bugungi kunga kelib bu so‘zlar haqiqatga aylanganligini transport, sanoat
teznologiyasi
rivojlanishi, uydagi elektr jihozlaridan chiqadigan tovushlar,
radioqurilmalarda ko‘rish mumkin. Shovqin kunlik hayotimizni o‘rab olgan bo‘lib,
ertalabki soat tovushi (56-80 dB) dan uyg‘onamiz, radiodagi musiqa eshitirishlari
70 dB, ko‘chadagi transport shovqinlari o‘rtacha 70-80 dB,
ish joyidagi shovqin
80-90 dB ni tashkil qiladi. Shovqinni atrof-muhitga keng tarqatayotgan eng xavfli
omillardan biri avtotransport vositalari hisoblanadi. Hozirgi kunda yer yuzida 700
milliondan ortiq avtotransport mavjud.
Shularning 30% i AQSH lariga to‘g‘ri kelsa, O‘zbekistonda 1,3 million
avtomobil mavjud. Avtomobillar o‘zidan faqatgina zaharli gazlar chiqarib
qolmasdan
shovqin ham tarqatadiki, bugungi kunda bu eng muhim dolzarb
muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Quyida avtomobillardan chiqadigan
shovqinlar ularni inson sog‘ligiga ta‘siri haqida to‘xtalamiz.
Inson organizmiga
salbiy ta‘sir qiluvchi har qanday yoqimsiz ovoz shovqin deb yuritiladi. Shovqin
inson organizmiga quyidagicha ta‘sir etadi:
211
Insonning markaziy asab sistemasiga;
Bosh miya yarim sharlari taranglashib,
insonda charchoqlik kelib
chiqadi;
Odam bezovtalanadi;
Eshitish sezgisi pasayadi;
Insonning diqqat qilish qobiliyati buziladi;
Yurak va qon-tomir funksiyasi buziladi;
Uyquda cho‘chish, yaxshi dam olmaslik hollari kuzatiladi;
Shovqinnin har bir inson har xil qabul qilishi mumkin va u quyidagilarga
bog‘liq bo‘ladi:
Inson salomatligiga;
Inson kayfiyatiga;
Inson yoshiga
va hokazolar;
Yengil avtomashinalar uchun shovqinning ruxsat etilgan shovqin darajasi 84
dB, avtobuslar uchun 89 dB (avtotransport tezligi ortishi bilan bu ko‘rsatkich
ortadi).
Shovqinni kamaytirish maqsadida yo‘llarni kengaytirish, ko‘kalamzorlarni
ko‘paytirish kerak, chunki yo‘lning bir metr kengayishi shovqinni 4-6 dB
kamaytiradi, daraxtlar va boshqa o‘simliklar esa shovqinni yutadi.
Navoiy shahrida shovqinni kamaytirish maqsadida barcha yo‘llar 1-2 metrga
kengaytirildi. Yo‘l atroflari ko‘kalamzorlashtirildi. Olib borilgan tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, aholiga doimiy ta‘sir ko‘rsatadigan shovqin bu transport shovqinidir.
Avtotransportlar chiqaradigan shovqin darajasi har yili bir desibelga ortib
bormoqda. Shovqin ta‘siri alohida guruhlarga bo‘lib o‘rganiladi.
Jumladan, korxonalar shovqini, turar joylardagi shovqin, transport shovqini
va boshqalar. Shovqin va uning manbalarini quyidagi sxemada ham ko‘rsatish
mumkin:
Temir yo‘llardan
chiqadigan shovqin
Samolyotlardan
chiqadigan shovqin