Termiz
davlat pedagogika instituti
«Informatika va uni o’qitish metodikasi»
kafedrasining
2023-2024
o'quv yilidagi
№ 5
sonli yig'ilishi
Bayonnomasidan ko'chirma
18.10.2023 yil Termiz shahar
Qatnashdilar:
Kafedra mudiri va professor-o'qituvchilar
Kun tartibi
1.
1-kurs Ta’limda axborot texnologiyalari magistrantlari Xazratqulova Iroda To‘ra
qizi va Yariyeva Shahnoza Baxtiyor qizining magistrlik dissertatsiyasi mavzusini
tasdiqlash.
Eshitildi:
Kafedra mudiri S.Sattorov kafedra a'zolarini 2023-2024-o'quv yilidagi
Ta’limda axborot texnologiyalari yo'nalishi magistratura yo'nalishiga qabul
qilingan Xazratqulova Iroda To‘ra qizi va Yariyeva
Shahnoza Baxtiyor qizining
tarjimai holi bilan tanishtirib o'tdi. Bunda, yuqoridan qo'yilgan talab ya'ni
sertifikati mavjud bo'lgan magistrlar qabul qilindi. Bugungi kunda 2023-2024
o'quv yilida qabul qilingan magistrlar 1-semestr mashg'ulotlarini boshlab
yuborishdilar. Bugungi kunda bu magistrlarga magistrlik dissertatsiyasi mavzusini
berish maqsadga muvofiqdir. Ana shu maqsadda birinchi kurs magistri
Xazratqulova Iroda To‘ra qizi va Yariyeva Shahnoza Baxtiyor qizi bugungi
yig'ilishda qatnashib quyidagi magistrlik dissertatsiyasi mavzusi ustida ishlashni
taklif qilib kelgan. Magistr Xazratqulova Iroda To‘ra qizining “MS excel dasturi
imkoniyatlaridan foydalanib qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini prognozlash”
hamda Yariyeva Shahnoza Baxtiyor qizining “Axborot texnologiyalari muhitida
informatika fanidan elektron axborot-ta’lim resurslarini yaratish”
mavzusidagi
magistrlik dissertatsiya ishining mavzusini tasdiqlab berish taklifi berildi.
Ushbu masala yuzasidan kafedra professor-o'qituvchilaridan To’rayev
Ro’ziboy,Amonov Saddulla,Xudoyberdiyev Norto’ra,Xolmurodov Shuhrat,
Karimova Mavzunalar ham o'zlarining fikrlarini bildirib yuqoridagi taklifni
qo'llab-quvvatladilar.
Yuqoridan kelib chiqib kafedra yig'ilishi
Q a r o r q i l a d i
1.
Kafedra mudiri S.Sattorovning 2023-2024-o'quv yilida Ta’limda
axborot
texnologiyalari yo'nalishi bo'yicha magistratura yo'nalishi magistrlari
Xazratqulova Iroda To‘ra qizi va Yariyeva Shahnoza Baxtiyor qizining tarjimai
holi, olib borayotgan dissertatsiya ishi bo'yicha axboroti ma'lumot uchun qabul
qiligsin.
2.1.
1-kurs Ta’limda axborot texnologiyalari yo'nalishi bo'yicha magistr
Xazratqulova Iroda To‘ra qizining “MS excel dasturi imkoniyatlaridan foydalanib
qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini prognozlash”
mavzusidagi dissertatsiya
ishi tasdiqlansin.(ilmiy rahbar DSc A.O.Abdug’aniyev)
2.2
1-kurs Ta’limda axborot texnologiyalari yo'nalishi bo'yicha magistr
Yariyeva Shahnoza Baxtiyor qizining “Axborot texnologiyalari muhitida
informatika fanidan elektron axborot-ta’lim resurslarini yaratish” mavzusidagi
magistrlik dissertatsiya ishi tasdiqlansin. .(ilmiy rahbar DSc A.O.Abdug’aniyev)
2.
1-kurs Ta’limda axborot texnologiyalari magistrlari Magistr Xazratqulova
Iroda
To‘ra qizining “MS excel dasturi imkoniyatlaridan foydalanib qishloq xo‘jaligi
korxonalari faoliyatini prognozlash” hamda Yariyeva Shahnoza Baxtiyor qizining
“Axborot texnologiyalari muhitida informatika fanidan elektron axborot-ta’lim
resurslarini yaratish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya
ishini tasdiqlab berish
institut Magistratura bo'limidan so'ralsin.
Yig'ilish raisi: S.Sattorov
Yig'ilish kotibi: M.Karimova