8 – laboratoriya ishi Mavzu: Marshrutizatorlarda nat/pat texnologiyasini sozlash Ishdan maqsad



Yüklə 183,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/20
tarix26.12.2023
ölçüsü183,69 Kb.
#198464
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Buffered Logging
– Qurilma buferiga, ya‘ni RAM xotirasiga loglarni 
saqlash. 
3) 
Terminal Logging
– loglarni terminalga chiqarish, ya‘ni Telnet yoki SSH 
seanslari uchun. 
4) 
Syslog сервер
– Syslog protokoli yordamida loglarni markazlashtirilgan 
yig'ish. 


93 
5) 
SNMP Traps
– SNMP protokoli orqali loglarni markazlashtirilgan 
yig'ish. 
6) 
AAA
– Accounting ni ishlatish. Qurilmaga ulanish va buyruqlarni kiritish 
bilan bog'liq yig'ish. 
Usullarning har biri o'zining afzalliklari va kamchiliklariga ega, shuning 
uchun ularni birgalikda ishlatish kerak. Quyida ushbu usullarning ayrim jihatlarini 
ko'rib chiqamiz. 
Loglash darajalari 
Biroz yuqoriroqda, biz loglar xronologik tartibdagi barcha voqealarning 
yozuvlari deb xulosa qildik. Ammo voqea deganda nimani tushinish kerak? 
Bularning barchasi loglash darajasiga bog'liq. Loglarda qanday ma'lumot 
ko'rsatilishi kerakligini aynan ushbu darajalar aniqlaydi. Jami 8 ta loglash darajasi 
mavjud: 
0 - Emergencies.
Tizimning ishlamasligi bilan bog'liq hodisalar. 
1 - Alets.
Darhol chora ko‘rish zarurligi to'g'risida xabarlar. 
2 - Critical.
Muhim voqealar. 
3 - Errors.
Xatoliklar haqida xabarlar. 
4 - Warnings.
Ogohlantirishlarni o'z ichiga olgan xabarlar. 
5 - Notifications.
Muhim bildirgilar. 
6 - Informational.
Axborot xabarlari. 
7 - Debugging.
Nosozliklarni tuzatish xabarlari. 
Ushbu darajalar irsiydir, ya'ni 7-darajani tanlab, siz barcha darajadagi 
xabarlarni qabul qilasiz (0 dan 7 gacha), va 3-darajani tanlaganingizda – faqat 0 
dan 3 gacha. Loglash darajasini ehtiyotkorlik bilan oshiring, chunki bu daraja 
qanchalik baland bo'lsa, protsessorga yuklama shuncha ortadi. Masalan, agar 
marshrutizator orqali "katta" trafik o'tayotgan bo'lsa va protsessor allaqachon katta 
yuklama ostida bo'lsa, u holda 7-darajani (Debugging) yoqsangiz siz shunchaki 
qurilma ustidan nazoratni yo'qotishingiz mumkin. 


94 
Korporativ tarmoqlarda loglashning 6-darajasi (Informational) ko'pincha 
qo'llaniladi. 
7-daraja 
(Debugging) 
odatda 
nosozliklarni 
qidirishda 
(troubleshooting) ishlatiladi, masalan, VPN tunnelini qurish bilan bog'liq 
muammolarni aniqlash uchun. 

Yüklə 183,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin