MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference
2
Shaxta maydonini qazib olishda balans zaxiraning hammasi yer yuziga chiqarib
berilmaydi, uning bir qismi yer ostida qolib ketadi. Foydali qazilma balans zaxirasining yer
ostida qolib ketadigan qismi foydali qazilmaning nobudgarchiligi deyiladi. Nobudgarchilik
miqdori foizlarda yoki yo‘qotilish koeffitsienti ko‘rinishida baholanadi.
Yo‘qotilish koeffitsienti yo‘qotilgan foydali qazilma miqdorini balans zaxiraga nisbati
orqali aniqlanadi.
Foydali qazilmalar yo‘qotilishi uch guruhga ajratiladi.
1. Muhofaza va to‘siq seliklarida qoldiriladigan umumshaxta yo‘qotilishi.
Muhofaza seliklari kon ishlarining yer yuzida joylashgan sun’iy va tabiiy obyektlarga
yoki kon ahimlariga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirlardan muhofaza qilishni ta’minlaydi. To‘siq
seliklari esa shaxta maydonidagi saqlanishi lozim bo‘lgan kon lahimlariga yer yuzidagi yoki
yer osti suvlarini, shuningdek, gaz yoki loyqalarni qazib olingan bo‘shliq va tugatilgan kon
lahimlari orqali sizib yoki yorib kirishidan saqlaydi.
2. Kondagi geologik buzilishlar va gidrogeologik sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lgan
yo‘qotilishlar.
3. Ekspluatatsion yo‘qotilishlar. Ular quyidagilardan tashkil topadi: maydon bo‘yicha
yo‘qotilish (tayyorlov lahimlari muhofaza seliklarning qazib olinmaydigan qismi, qazish
bo‘shlig‘ida va qazish uchastkalari chegaralarida yo‘qotiladigan foydali qazilma); qatlam
qalinligi bo‘yicha (qazish va tayyorlov lahimlari shifpi, asosi yoki qatlamni qavatlarga bo‘lib
qazib olishda qavatlar orasida qoldiriladigan ko‘mir); kon ishlarini noto‘g‘ri olib borish
natijasidagi yo‘qotilishlar (lahimlarning o‘pirilishi yoki suv bilan to‘lib qolishi natijasida
qoldiriladigan seliklar); shaxta maydoni alohida qismlarini bir-biridan ajratish maqsadida
qoldiriladigan yong‘inga qarshi seliklar; portlatish ishlari, tashish jarayonlari va shu kabi
ishlarda sodir bo‘ladigan nobudgarchiliklar. [3; b.21].
Taxminiy hisoblashlar uchun qatlamning qalinligiga nisbatan ajratib olish
koeffitsiyentining qiymatini quyidagi miqdorlarda qa’bul qilish tavsiya etiladi:
yupqa qatlamlar uchun – 0,92–0,90;
o‘rtacha qalinlikdagi qatlamlar uchun – 0,90–0,85;
qalin qiyaroq qatlamlar uchun – 0,85–0,82;
qalin tik qatlamlar uchun – 0,82–0,80. [3; b.23].
Kon bosimi – bu kon lahimi atrofini o‘rab turgan tog‘ jinslari massivida hosil bo‘lgan
kuchlanish.
Bu
kuchlanish
natijasida
kon
lahimi
mustahkamlagichlarining
deformatsiyalanishi yoki buzilishi, ship jinslarining cho‘kishi yoki buzilishi, lahim zaminining
qavarishi, seliklarning burdalanishi, to‘ldirilgan massivning zichlanishi kabi jarayonlar sodir
bo‘lishi shaklida namoyon bo‘ladi.
Kon bosimining namoyon bo‘lish tavsifiga turli omillar ta’sir etadi. Bu omillar ikkita –
geologik va kon-texnik – guruhlarga ajratiladi. Birinchi guruhga qatlam va tog‘ jinslarining
fizik-mexanik xususiyatlari, qatlamning og‘ish burchagi, qalinligi va joylashish chuqurligi,
konning suvdorlik darajasi, ship va zamin jinslarining tarkibi kabi omillar kiradi. Ikkinchi
guruhga esa, lahimlarning o‘lchamlari, xizmat qilish muddati, tozalash kavjoylarining siljish
tezligi, foydali qazilmani massivdan ajratib olish usuli, mustahkamlagichlar konstruksiyasi va
tavsifi, kon bosimini boshqarish usullari kiradi.
Biz shu vaqtga qadar bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlari va fan-texnikaning hozirgi
yutuqlarini tahlil qilish jarayonida quyidagilarni xulosa qildik.