Smart-shartnomalar haqida tushuncha
Moliya-kredit tizimidagi o‘zgarishlar sur’ati
smart-shartnomalar paydo
bo‘lishiga va uning tobora ko‘proq ishlatilishiga hizmat qilmoqda. Hozir
ko‘pchilik kompyuter savodxonligiga ega bo‘libgina qolmasdan, yangi
texnologiyalarning nozik jihatlarini ham o‘rganib olmoqda.
Blokcheynga
asoslangan smart-shartnomalarda tranzaksiyalarni qayd qilish masalasiga
keladigan bo‘lsak, bu yangi raqamli vosita o‘z xususiyatlari bo‘yicha qog‘oz
shaklidagi o‘tmishdoshlaridan jiddiy farq qiladi. Kriptograf
Nik Sabo
aytib
o‘tganidek, ular nafaqat kengroq doiradagi axborot (
xususan, til bilan bog‘liq
bo‘lmagan sensorik axborot
) qayd etishga qodir, balki dinamik hususiyatlarga ega
hisoblanadi ham. Smart-shartnomalar axborot uzatishi va ayrim turdagi qarorlarni
esaavtomatik tarzda qabul qilishi ham mumkin.
Sabo
ta’rif berishicha, «
raqamli
intellektual media hisob-kitoblarni amalga oshirishi, bevosita mashinalarni
boshqarishi va ayrim mulohazalarni odamlardan ham yaxshiroq bajarishi
mumkin
». Ushbu muhokamada biz
smart-shartnoma
deganda,
odamlar va
tashkilotlar o‘rtasida qayd qilingan bitimlarni kafolatlaydigan, nimalarnidir
bajarishga ruxsat etadigan va ularni ijro etadigan intellectual kompyuter
dasturlarini tushunamiz.
Shunday qilib, smart-shartnomalar ushbu bitimlrani
muhokama qilish va tavsiflashda ham ishtirok etadilar. Sabo ushbu atamani 1994
yil, birinchi web-brauzer,
Netscape
bozorga chiqqan vaqtda taklif etgan
edi.
Smart-shartnoma
–shartnoma
shartlarini
ijroga
keltiradigan
kompyuterlashtirilgan
aqlli
tranzaksiya
protokolidir.
Smart-shartnomalar
sxemasining asosiy maqsadlari–umumiy muayyan shartlarni qondirish (
masalan,
to‘lov shartlarini, garov huquqlarini, mahfiylikni, hatto sanksiyalar kabi shartlarni
ham
), ataylab qilingan va tasodifiy istisnolarni minimal holatga keltirish, ishonchli
vositachilarga ehtiyojni pasaytirishdan iborat. Bunday kontraktlar o’zaro
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
bog‘langan iqtisodiy maqsadlarni amalga oshiradi, firibgarlik tufayli yo‘qotishlarni
minimallashtiradi, arbitraj va majburiyatlarni majburiy ijro etish harajatlari va
boshqa tranzaksiya harajatlarini pasaytirishni o‘z ichiga oladi.Smart-shartnoma
g‘oyasi tajribaga asoslanmagan, sinalmagan bo‘lib ko‘ringan bir paytda hech qaysi
mavjud texnologiyalar uni Sabo tavsiflaganidek amalga oshirishga imkon
bermagan bo‘lardi. Strukturalangan axborotni sotuvchilar va xaridorlar
kompyuterlari orasida uzatish uchun standartlarni ta’minlaydigan
elektron
ma’lumot almashinish (
EDI
–
Elektronic Data Interfeys
) kabi kompyuter tizimlari
bo‘lgan, lekin hech qanday raqamli texnologiya bungacha qadar real to‘lovlar bilan
ishlash tashabbusi bilan chiqmagan va bevosita pul mablag’lari almashinishni
amalga oshira olmagan.Bitkoyn va blokcheyn tizimi bun xolatni tubdan o’zgartirib
yubordi. Endi tomonlar o’zaro bir tomonlama yoki ikki-uch tomonlama bitimlar
tuzishi va bitim shartlari bajarilgandagina bitkoinlarni
avtomatik ravishda sotishi
mumkin. Oddiy misol: agar siz akangiz billan xokkey o‘yini natijasi borasida
garov boylashgan bo‘lsangiz, u to‘lovdan qochib qola olmaydi. Murakkabroq
misol: agar siz aksiyalar xarid qiladigan bo‘lsangiz, bitim darhol tartibga solinadi
va aksiyalar shu ondayoq sizga o‘tkaziladi. Yanada murakkab bir misol: pudratchi
tadbirkorga mos keladigan daturiy kod jo‘natishi bilan u avtomtik ravishda to‘lov
oladi. Cheklangan smart-shartnomalarni amalga oshirishning texnologik vositalari
hozirda mavjud va bir qancha platformalarda ishlab ham turibdi. Demak, bunday
smart-shartnomalar –uni amalga oshirishning qonuniy yo‘li
bilan avtomatik
ravishda ta’minlanadigan, shartnoma shartlarini intellectual ravishda avtomatik
holda bajara oladigan, blokchyn tarmoqlarida mavjud bo’lgan hamda dastlabki
muhokama va sinovdan o‘tgan virtual qiymatlar almashinishiningaqlli elektron
texnologiyasidir, desak yanglishmaymiz.
2.4. Raqamli iqtisodiyotda korxonalarning biznes-modellari
Raqamli iqtisodiyotda an’anaviy markazlashtirilgan
modellarni siqib
chiqarishi yoki vayron qilishi mumkin bo’lgan va potensial ravishda boshlang‘ich
holatdagi mustaqil korxonalar sifatida rivojlanishi mumkin bo‘lgan
ochiq tarmoq
korxonalari
tashkil qilish mumkin va buning uchun hozirgi paytda ko‘plab