Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Endi blokcheyn tizimida huquqlarning saqlanishi masalasiga to’xtalib
o’tamiz. Mulk huquqi shaffof hisoblanadi va u huquqiy himoya bilan ta’minlanadi.
Shaxsiy erkinliklar hamma tomonidan tan olinadi va hurmat qilinadi. Bu haqiqat
biz uchun oshkora bo‘lib ko‘rinadi: har bir shaxs tug‘ilgan paytidan boshlab
ulardan mahrum qilinishi mumkin bo‘lmagan, ularni himoya qilish mumkin
bo’lgan va lozim bo‘lgan huquqlarga ega bo‘ladi.Raqamli iqtisodiyotning birinchi
davrida bu huquqlarni samaraliroq amalga oshirish usullariniizlab topishga harakat
qilingan. Internet san’at, yangiliklar, ko‘ngilocharliklar yangi shakllari uchun,
she’r, qo‘shiq, fotosurat, audio va videoyozuvlar uchun mualliflik huquqi o‘rnatish
vositasiga aylandi. Tarmoqda moddiy makondagi bilan bir xil narsalarga erishish
uchun umumiy savdo kodini qo‘llashga to’g’ri keladi: Moddiy substantsiyaning
qiymati qanchalik past yoki baland bo‘lishidan qat’i azar, har qanday predmetni
sotib olish uchun shartnoma tuzish va uni muhokama qilish zaruratini bartaraf
qilishga erishildi. Lekin bu holatda ham tranzaksiyalarni boshqarishda
vositachilarga umid bog‘lashimizga to‘g‘ri kelardi va vositachilarpulni o‘z
hisobraqamida ushlab turib (
yo‘ldagi pul mablag‘lari
) keyinroq o‘tkazishi yoki uni
shart bilan o‘tkazishi va so‘ngra rad etishi mumkin bo‘lgan holda tranzaksiyalarni
rad qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Savdo bitimlari qatnashchilarning ma’lum bir
qismi esa firibgarlik qilishi kutiladi va har qanday bitimda ma’lum darajadagi
firibgarlik muqarrar deb qabul qiladi.
Dostları ilə paylaş: