Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
yaratdi. Biroq, yuqorida aytib o‘tilganidek, dunyo aholisining katta qismi na
texnologiyalarga, na moliya tizimiga va na iqtisodiy imkoniyatlarga ulanish
imkoniga ega bo‘lmagan holda, avvalgidek, tizimga ulanmasdan qolib ketmoqda.
Boz ustiga, yangi kommunikatsiya vositasi hamma uchun farovonlik keltirishiga
bo’lgan umid oqlanmadi. Ha, Internet rivojlangan mamlakatlardagi
kompaniyalarga, rivojlanayotgan iqtisodiyotlarga, millionlab odamlarga ish taqdim
etishga imkon berdi. U ko‘plab tadbirkorlar uchun bozorga kirishga bo’lgan
to‘siqlarni pasaytirdi va aholining kam ta’minlangan qatlamlariga yangi
imkoniyatlar
va
bazaviy
axborotga
ulanish
imkoniyatlarini
taqdim
etdi.O‘ylaymizki, blokcheyn texnologiyasi hamhar bir kishining huquqlarini va
insoniylikni saqlashva qodir bir texnologiyadir. Moliya hizmatlari butunjahon
tarmog‘i hozirgi kunda ko’plab muammolarga to‘lib-toshib yotibdi. U ancha
eskirib qolgan, chunki yuqori dinamikali raqamli dunyodan ortda qolib ketayotibdi
va shu sababli ham sekin va ishonchsiz ishlaydigan, o‘tgan asrdan qolgan
texnologiyalarga asoslanadi. U monopol bo‘lib, milliardlab odamlarga bazaviy
moliyaviy vositalarga ulanish imkonini bermaydi. U markazlashtirilgan bo‘lib, shu
sababli axborotning sizib chiqishi va boshqa hujumlar hamda inkor qilishlarga
uchraydi. U monopollashtirilgan bo‘lib, shu sababli status-kvoni qo‘llab-
quvvatlashga intiladi vainnovatsiyalarga to‘sqinlik qiladi. Blokcheyn novatorlar va
tadbirkorlarga ushbu kuchli platformada qiymat yaratishning yangi usullarini
topgan holda shu va boshqa ko‘plab muammolarni hal qilishga imkon beradi.Jahon
moliya mutaxassislari blokcheyn bilan bog’liq bo’lgan quydagi g’oyalar haqida
puhta o‘ylab ko‘rishlari lozim:
Dostları ilə paylaş: