view-key (
ko’rish uchun kalit ) ga ega bo’lgan oluvchigagina tegishli
bo’ladi.
Monero da shifrlanmagan operatsiyalar ma’n etiladi, shaffof emaslik
to’liq ta’minlanadi va amallarni kuzatuv imkoniyati yo’q. Loyihaning eng oxirgi
yangilanishiga esa trazaktsiyaning summasini ham yashirishga chora topishdi.
Monero ga o’xshash valyuta tizimlari dunyo bo’ylab tarqalib ketsa nima bo’ladi?
Hozirda uning kapitalizatsiyasi 150 million dollardan oshib ketdi, Microsoft
kompaniyasi esa uni
Baas (
Blokcheyn-as-a-service ) tizimiga qo’shib qo’ydi. Lekin
bitkoinga o’xshab,
Monero foydalanuvchiga to’liq anonimlilikni u tizim ichida
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva qolgandagina ta’minlaydi.
Monero ni boshqa shaffof to’lov tizimlari bilan
ma’lumotlar almashinish uchun ishlatilganida uning konfidentsialligi ushbu to’lov
tizimi konfidentsialligi darajasiga qaytadi. Demak, agarda siz to’liq anonimlilikni
ta’minlamoqchi bo’lsangiz,
Monero dan chiqmaganingiz ma’qul. Yuqorida
keltirilgan ma’lumotlardan tushunish mumkinki, qandaydir diler noqonuniy
topilgan pullarni biror bir kriptovalyuta tizimiga joylashtirishdan avval yaxshilab
o’ylab olishi lozim. Pullarni kriptovalyuta tizimiga joylashtirgandan so’ng, u
bemalol uhlay olmaydi, chunki agar u tizimdan ozgina mablag’ni ham bankka
chiqarsa, o’sha zahoti yer sharining qandaydir qismida joylashgan serverda buning
izi qoladi uning siri oshkor bo’lib qolish ehtimoli ancha ortadi.
Mashstablashuvchanlik tizimning o’lchamlar o’zgarishiga moslashuvchanlik
qobiliyatidir. Masalan, tizim katta talab bo’lgan hollarda o’z funktsiyalarini va ish
qobiliyatini ushbu sharoitlarga moslashtira olishi kerak. Ba’zi bir blokcheynlar
uchun konkret masalalarni hal qilish uchun kerakli bo’lgan texnik, iqtisodiy va
energetik resurslarning eksponentsiyal ko’payishi muammo bo’lib qoladi. Masalan,
beAchain blokcheyni uning consensus/tekshiruv ga asoslangan spetsifik protokoli
tufayli 100% masshtablashtiriladigan hisoblanadi. Bitkoin blokcheyni haqida
gapirganda esa uning rad etishlarga juda ham chidamliligini, ishonchliligini hamda
jahonda keng miqyosda tarqalganini hisobga olishimiz kerak. Agarda bitkoin
blokcheyning imkoniyatlarini oshirmoqchi bo’lsak, u xolda buning uchun quyidagi
yechimlarni taklif qilish mumkin:
Al’tkoinlar (
al’ternativ kriptovalyutalar - http://altcoins.com )ga
o’tish
Tranzaktsiyalarning bloklari o’lchamini kattalashtirish
Kollateral yoki “
yonlama zanjirlar ”ni ishlatish
Lightning Network tizimidan foydalanish
Blokcheyn ma’lumotlar bazasi yoki “
mijozlar ma’lumot bazalari ” ni
tashkil qilish.
Hozirgi davrda jahonda mingdan ortiq turli xil kriptovalyutalar (
yoki virtual valyutalar ) mavjud bo’lib, ularning har biri o’z blokcheyniga tayanadi va
qandaydir funktsiyani bajaradi yoki xizmatlar ko’rsatadi. Quyida bir necha
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva kriptovalyutalarning holati tavsif etilgan (
CoinMarketCap ):