32
2) Inklyuziv ta’limning barcha uchun ochiq bo’lishi tamoyili.
3) Bog’lanishning mavjud bo’lishi tamoyili.
4) Markazlashtirilmagan bo’lishi tamoyili.
5) Inklyuziv ta’limda kompleks yondashish tamoyili.
6) Inklyuziv ta’limda moslashuvchanlik tamoyili.
7) Malakaviylik tamoyili.
1)Inklyuziv ta’limning e’tirof etilishi tamoyili.
Bu tamoyilning mazmuni
shundaki, 1990yildan buyon maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim
muassasalari
tizimida o’qitish borasida bir qancha jahon miqyosida dekloratsiyalar va qarorlar
qabul qilindi. Ular jahonning ko’plab davlatlari e’tirof etdilar.
Ammo bugungi
kunga qadar ularni xayotga joriy qilish borasida ko’plab muammolar mavjud. Ba’zi
davlatlarda esa umumiy ta’lim borasida qonun yoki qarorlar qabul qilinganda
nogiron bolalarning ta’lim masalasi unga kiritilmaydi. Ammo inklyuziv ta’limni tan
olish faqatgina qonun chiqarish bilangina bog’liq bo’lmaydi. Diskriminatsiya
(odamlarni ajratish) va ijtimoiy noto’g’ri fikrlashga
qarshi kurashish eng muhim
narsadir. Ya’ni inklyuziv ta’limni e’tirof etgan holda, aholi o’rtasida targ’ibot-
tashviqot ishlarini olib boorish eng birinchi galdagi masaladir.
2)Inklyuziv ta’limning barcha uchun ochiq bo’lishi tamoyili.
O'tgan o’ttiz
bir yil davomida maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim
muassasalari tizimida
o’qitish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Ammo inklyuziv ta’limni tizimida
joriy qilish asosan shaharlar miqyosida bo’lib qishloqlardagi hududlarda hali-hamon
maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqda yoki qishloqlardagi ota-
onalar nogiron farzandini shaharlardagi maxsus
muassasalarga qatnashlarini
ta’minlash uchun qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Shuning uchun ham maxsus
ihtiyojli bolalarni inklyuziv ta’limga jalb etish barcha
hududlarda barcha maxsus
ihtiyojli bolalarni qamrab olgan bo’lisi ta’minlanishi lozim.
Dostları ilə paylaş: