Axborotni almashishni tashkil etish, mikroprotsessor tizimi shinasi va
axborotni almashish sikllari, magistral qurilmalari funksiyalari
Integral mikrosxemalar elektr asboblarning sifat darajasidagi yangi turi
bo‘lib elektron qurilmalarning asosiy negiz elementi hisoblanadilar.
Integral mikrosxema (IMS)
elektr jihatdan o‘zaro bog‘langan elektr
radiomateriallar (tranzistorlar, diodlar, rezistorlar, kondensatorlar va boshqalar)
majmui bo‘lib, yagona texnologik siklda bajariladi, ya’ni bir vatqning o‘zida
yagona konstruksiya (asos)da ma’lum axborotni qayta ishlash funksiyasini
bajaradi.
IMSlarning asosiy xossasi shundaki, u murakkab funksiyalarni bajarish
bilan birga kuchaytirgich, trigger, hisoblagich, xotira qurilmasi va boshqa
funksiyalarni ham bajaradi. Xuddi shu funksiyalarni bajarish uchun diskret
elementlarda mos keluvchi sxemani yig‘ish talab qilinardi.
IMSlar uchun ikki asosiy belgi mavjud:
konstruktiv
va
texnologik
.
Konstruktiv belgisi shundaki, IMSning barcha elementlari asosiy asos ichida yoki
sirtida joylashadi, elektr jihatdan birlashtirilgan va yagona qobiqga joylashtirilgan
bo‘lib, yagona hisoblanadi. IMS elementlarining hammasi yoki bir qismi va
elementlararo bog‘lanishlar yagona texnologik siklda bajariladi. Shu sababli
integral mirosxemalar yuqori ishonchlilikka va kichik tannarxga ega.
Hozirgi kunda yasalish turi va hosil bo‘ladigan tuzilmaga ko‘ra IMSlarning
uchta prinsipial turi mavjud:
yarim o‘tkazgichli, pardali
va
gibrid
. Har bir IMS
turi konstruksiyasi, mikrosxema tarkibiga kiradigan element va komponentlar
sonini ifodalovchi integrasiya darajasi bilan xarakterlanadi.
Element
deb biror elektroradioelement (tranzistor, diod, rezistor,
kondensator va boshqalar) funksiyasini amalga oshiruvchi IMS qismiga aytiladi va
u kristall yoki asosdan ajralmagan konstruksiyada yasaladi.
Dostları ilə paylaş: |