(5-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismi 1-bandida nazarda tutilgan bitimlar, agar bunday
bitimlarning predmeti quyidagi tovar guruhlaridan birining yoki bir nechtasining tarkibiga
kiruvchi tovarlar boʻlsa, nazorat qilinadigan bitimlar deb eʼtirof etiladi:
1) rangli metallar;
2) qimmatbaho metallar;
3) mineral oʻgʻitlar;
4) uglevodorod xom ashyosi va neft mahsulotlari;
5) paxta tolasi va kalava ip.
(6-q.)
Ushbu moddaning beshinchi qismida sanab oʻtilgan tovarlarning kodlarini Tashqi
iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona
qoʻmitasi belgilaydi.
(7-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining arizasiga koʻra sud bitimni
ushbu moddada belgilangan nazorat qilinadigan bitim belgilariga javob bermasligiga sabab
boʻladigan sharoitlar yaratish maqsadida tuzilgan bir turdagi bitimlar guruhining qismi deb taxmin
qilinishi uchun yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda ham nazorat qilinadigan bitim deb eʼtirof
etishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: