Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-BOB. BITIMLARNING TAQQOSLANADIGAN SHARTLARI



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

22-BOB. BITIMLARNING TAQQOSLANADIGAN SHARTLARI 
183-modda. Bitimlarning tijorat va moliyaviy shartlarini taqqoslash 
184-modda. Bitimlarning shartlarini taqqoslash tahlili 
185-modda. Bitimlarning shartlarini taqqoslash tahlilida 
foydalaniladigan axborot 
183-modda. Bitimlarning tijorat va moliyaviy 
shartlarini taqqoslash 
(1-q.)
Ushbu Kodeks maqsadida taqqoslanadigan bitimlar, agar ular tahlil etiladigan bitimlar 
bilan bir xil tijoratga oid va (yoki) moliyaviy shartlarda tuziladigan boʻlsa, tahlil etiladigan bitim 
bilan taqqoslanadigan bitim deb eʼtirof etiladi. 
(2-q.)
Agar taqqoslanadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlari tahlil 
etiladigan bitimning shartlaridan farq qilsa, bunday bitimlar, agar tahlil etiladigan va 


taqqoslanadigan bitimlarning mazkur shartlari oʻrtasidagi farqlar ularning natijalariga jiddiy taʼsir 
koʻrsatmasa, tahlil etiladigan bitim bilan taqqoslanadigan bitimlar deb eʼtirof etilishi mumkin. 
Agar ushbu bitimlarning shartlaridagi farqlarning bu bitimlar shartlariga va (yoki) natijalariga doir 
tegishli tuzatishlarni soliq solish maqsadida qoʻllash yordamida hisobga olinishi mumkin boʻlsa, 
bunday bitimlar ham tahlil etiladigan bitim bilan taqqoslanadigan bitimlar deb eʼtirof etilishi 
mumkin. 
(3-q.)
Bitimlarning taqqoslanishini aniqlashda, shuningdek bitimlarning tijoratga oid va 
(yoki) moliyaviy shartlarini tuzatishlarni amalga oshirish uchun tahlil etiladigan hamda 
taqqoslanadigan bitimlarning mustaqil shaxslar oʻrtasidagi bitimlarning tijoratga oid va (yoki) 
moliyaviy shartlariga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan asosiy tavsiflarining tahlili 
oʻtkaziladi. Bunday tahlil ushbu Kodeksning 184-moddasiga muvofiq oʻtkaziladi. 
184-modda. Bitimlarning shartlarini taqqoslash tahlili 
(1-q.)
Bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarini taqqoslashni tahlil qilishda bu 
shartlarning ushbu bitimlarning tijoratga oid va (yoki) moliyaviy shartlariga yoxud ularning 
moliyaviy natijalariga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan asosiy tavsiflari hisobga olinadi. 
Bunda quyidagilar hisobga olinadi: 
1) tovarlarning soni, koʻrsatiladigan xizmatlarning hajmi; 
2) bitim boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddatlari
3) tegishli bitimlarda qoʻllaniladigan toʻlovlarning shartlari; 
4) bitimda qoʻllanilgan chet el valyutasining soʻmga yoki boshqa valyutaga nisbatan kursi 
va uning oʻzgarishi; 
5) bitim taraflari oʻrtasidagi huquqlar va majburiyatlarni taqsimlashning boshqa shartlari. 
(2-q.)
Bitimlarning asosiy tavsiflari jumlasiga quyidagilar ham kiradi: 
1) bitim predmeti boʻlgan tovarlarning (xizmatlarning) tavsiflari; 
2) ishbilarmonlik muomalasi anʼanalariga muvofiq bitim taraflari tomonidan bajariladigan 
vazifalarning tavsiflari, shu jumladan bitim taraflari foydalanadigan aktivlarning, oʻz zimmasiga 
oladigan tavakkalchiliklarning tavsiflari, shuningdek bitimlar taraflari oʻrtasidagi javobgarlikning 
taqsimlanishi va boshqa shartlar (bundan buyon ushbu boʻlimda funksional tahlil deb yuritiladi); 
3) tovarlar (xizmatlar) narxlariga taʼsir koʻrsatadigan bitim taraflari oʻrtasida tuzilgan 
shartnomalarning (kontraktlarning) shartlari; 
4) bitim taraflari faoliyatining iqtisodiy shartlari tavsiflari; 
5) tovarlar (xizmatlar) narxlariga taʼsir koʻrsatadigan bitim taraflarining bozor (tijoratga oid) 
strategiyalari tavsiflari. 
(3-q.)
Bitimlarning shartlarini taqqoslashni tahlil qilish chogʻida taqqoslanadigan va tahlil 
etiladigan bitimlar tuziladigan bozorlarning tavsiflari hisobga olinishi kerak. Bunda quyidagi 
omillar eʼtiborga olinadi: 
1) bozorlarning geografik joylashgan yeri va ularning oʻlchami; 
2) bozorlarda raqobatning mavjudligi hamda bozordagi sotuvchilar va xaridorlarning nisbiy 
raqobatbardoshliligi; 
3) bozorda bir turdagi tovarlarning (xizmatlarning) mavjudligi; 
4) bozordagi taklif va talab, isteʼmolchilarning xarid qobiliyati
5) ishlab chiqarish va transport infratuzilmasining rivojlanish darajasi; 
6) bozorning bitim narxiga taʼsir etuvchi boshqa tavsiflari. 
(4-q.)
Bitimlarning taraflari tomonidan bajariladigan vazifalarni tahlil qilishda ularning 
tasarrufidagi moddiy va nomoddiy aktivlar hisobga olinadi. 


(5-q.)
Bitimlar shartlarining taqqoslanishini tahlil qilishda hisobga olinadigan bitim 
taraflarining asosiy vazifalari jumlasiga quyidagilar kiradi, xususan: 
1) tovarlarning dizaynini amalga oshirish va ularni texnologik jihatdan ishlab chiqish; 
2) tovarlarni ishlab chiqarish; 
3) tovarlarni yoki ularning tarkibiy qismlarini yigʻish; 
4) uskunani montaj qilish va (yoki) oʻrnatish; 
5) ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish
6) tovar-moddiy qimmatliklarni sotib olish; 
7) tovarlarning ulgurji yoki chakana savdosini amalga oshirish; 
8) taʼmirlash, kafolatli xizmat koʻrsatish boʻyicha vazifalar; 
9) yangi bozorlarda tovarlarni (xizmatlarni) oʻtkazish, marketing, reklama; 
10) tovarlarni saqlash va tashish; 
11) sugʻurta qilish; 
12) moliyalashtirish, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish; 
13) sifatni nazorat qilish; 
14) tezkor va strategik boshqaruv, shu jumladan tovarlarning (xizmatlarning) narx siyosatini, 
ularni ishlab chiqarish strategiyasini, realizatsiya qilish hajmini va assortimentini, ularning 
isteʼmol xususiyatlarini aniqlash. 
(6-q.)
Bitimlarning shartlarini taqqoslashni tahlil qilishda bitim taraflaridan har biri 
tomonidan oʻz faoliyatini amalga oshirishda zimmasiga olinadigan va bitimning shartlariga taʼsir 
koʻrsatadigan tavakkalchiliklari hisobga olinishi mumkin. Taraflarning tijorat strategiyalari, shu 
jumladan chiqariladigan mahsulotni yangilashga va takomillashtirishga, mahsulot sotiladigan 
yangi bozorlarga chiqishga qaratilgan strategiyalari ham hisobga olinishi mumkin. 
(7-q.)
Agar bitimlarning shartlarini taqqoslash tahlil qilinayotganda kreditlar yoki zayomlar 
shartlarini taqqoslash talab etiladigan boʻlsa, bitimlar taraflarining kredit tarixi va toʻlov qobiliyati, 
bunday kreditlar yoki zayomlar berilayotgan muddatlar, ularning valyutasi hamda foiz stavkasi 
oʻlchamiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa shartlar hisobga olinadi. 
(8-q.)
Ushbu moddada koʻrsatilgan omillar va tavsiflar, ushbu moddada nazarda tutilgan 
funksional tahlil uchun qaysi hollarda va qaysi darajada zarur boʻlsa, oʻsha hollarda va darajada 
hisobga olinadi. 
(9-q.)
Ushbu moddaning birinchi - sakkizinchi qismlariga muvofiq taqqoslanadigan bitimlar 
shartlarini tahlil qilish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi taqqoslanadigan 
bitimlarning shartlari tahlil etiladigan bitim shartlari bilan taqqoslashning zarur darajasini 
taʼminlash uchun tuzatishlar kiritishni amalga oshirishga haqli. Bunday tuzatishlar quyidagi 
prinsiplar asosida amalga oshiriladi: 
1) mustaqil shaxslarning nazorat qilinmaydigan bitimlardagi daromadlari ular tomonidan 
foydalaniladigan aktivlarni va tovarlar (xizmatlar) bozorida yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlarda 
oʻz zimmasiga olinadigan iqtisodiy (tijoratga oid) tavakkalchiliklarni hisobga olgan holda 
shakllantiriladi hamda shartnoma shartlariga va ishbilarmonlik muomalasi anʼanalariga muvofiq 
bitimning har bir tarafi tomonidan bajariladigan vazifalarni aks ettiradi; 
2) boshqa teng sharoitlarda bozor (tijorat) strategiyasiga muvofiq bitim taraflari tomonidan 
qoʻshimcha vazifalarni amalga oshirish, daromadlar miqdoriga jiddiy taʼsir koʻrsatuvchi 
aktivlardan foydalanish, qoʻshimcha tijorat (iqtisodiy) tavakkalchiliklarini oʻz zimmasiga olish 
bunday bitim boʻyicha kutiladigan daromadlarning oshishi bilan birga kechadi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin