qilinadigan bitim va mazkur bir turdagi bitimlar boʻyicha jami foyda nazorat qilinadigan bitim
boʻyicha foydani taqsimlash tartibiga oʻxshash tartibda taqsimlanishi lozim.
(3-q.)
Agar jami foydasi ushbu moddaning qoidalarini hisobga olgan holda taqsimlanishi
lozim boʻlgan yuridik shaxslar buxgalteriya hisobiga qoʻyiladigan turli talablar asosida
buxgalteriya hisobini yuritsa, foydani taqsimlash usulini qoʻllash maqsadida bunday moliyaviy
hisobot yagona hisobga olish talablariga moslashtirilishi kerak.
(4-q.)
Foydani taqsimlash usulidan,
chunonchi, quyidagi hollarda foydalanish mumkin:
1) ushbu Kodeks 186-moddasi birinchi qismining 1-4-bandlarida nazarda tutilgan usullardan
foydalanish mumkin boʻlmaganda va nazorat qilinadigan bitimning (nazorat qilinadigan bir
turdagi bitimlar guruhining) taraflari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatning sezilarli oʻzaro
bogʻliqligi mavjud boʻlganda;
2) nazorat qilinadigan bitim taraflarining mulkida (foydalanishida) rentabellik darajasiga
sezilarli taʼsir koʻrsatuvchi nomoddiy aktivlar obyektlariga doir huquqlar mavjud boʻlganda
(nomoddiy aktivlar obyektlarining predmeti boʻlgan, mustaqil shaxslar tomonidan amalga
oshirilgan bir turdagi bitimlar mavjud boʻlmaganda).
(5-q.)
Nazorat qilinadigan bitim taraflari oʻrtasida nazorat qilinadigan bitim boʻyicha foyda
(zarar) summasini taqsimlash ushbu Kodeks 176-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlari
qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.
(6-q.)
Foydani taqsimlash prinsiplarini tanlash nazorat qilinadigan bitimning (nazorat
qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhining) holatlariga bogʻliq boʻladi va nazorat qilinadigan bitim
boʻyicha foydani taqqoslanadigan tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarda shunga oʻxshash faoliyatni
amalga oshirayotgan mustaqil shaxslar oʻrtasida foydani
taqsimlashga muvofiq tarzda
taqsimlashga olib kelishi kerak.
(7-q.)
Nazorat qilinadigan bitimning (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhining)
taraflari oʻrtasida foydani taqsimlash foydani taqsimlash usuliga muvofiq holda nazorat
qilinadigan bitim (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhi) boʻyicha olinadigan jami
foydaga nazorat qilinadigan bitim (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhi) taraflari
qoʻshgan hissani baholash asosida quyidagi mezonlarga yoki ularning aralashmalariga muvofiq
amalga oshiriladi:
1) nazorat qilinadigan bitim boʻyicha jami foydaga nazorat qilinadigan bitim taraflari
tomonidan amalga
oshiriladigan funksiyalarga, ular tomonidan foydalaniladigan aktivlarga va
qabul qilinadigan iqtisodiy (tijorat) tavakkalchiliklarni qabul qilishiga mutanosib ravishda;
2) nazorat qilinadigan bitimda foydalanilgan kiritilgan sarmoyadan olingan daromadni
nazorat qilinadigan bitim taraflari oʻrtasida mutanosib ravishda taqsimlashda;
3) taqqoslanadigan bitim taraflari oʻrtasida foydani taqsimlashga mutanosib ravishda.
(8-q.)
Nazorat qilinadigan bitim taraflari oʻrtasida foydani taqsimlash usuli qoʻllanilganida
jami foyda yoxud bunday bitim barcha taraflarining qoldiq foydasi taqsimlanadi.
(9-q.)
Ushbu moddaning maqsadida nazorat qilinadigan bitim
barcha taraflarining tahlil
qilinayotgan davr uchun operatsion foydasining summasi tahlil qilinayotgan bitim barcha
taraflarining jami foydasi deb eʼtirof etiladi.
(10-q.)
Ushbu moddaning maqsadida qoldiq foyda (zarar) quyidagi tartibda aniqlanadi:
dastlab ushbu Kodeks 186-moddasi birinchi qismining 1-4-bandlarida koʻrsatilgan usullar
asosida, nazorat qilinadigan bitimning (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhining) har bir
tarafi uchun bozor narxlari oraligʻi asosida ushbu taraf uchun hisob-kitob qilingan foyda (zarar)
aniqlanadi. Bunda bitimning har bir tarafi uchun ushbu taraf amalga oshiradigan vazifalar, u
foydalanayotgan aktivlar, qabul qilinayotgan iqtisodiy va tijorat tavakkalchiliklari inobatga
olinadi;
soʻngra nazorat qilinadigan bitim boʻyicha jami foyda (zarar)
va nazorat qilinadigan
bitimning barcha taraflari uchun sotishdan olinadigan jami hisoblangan foyda (zarar) summasi
oʻrtasidagi ijobiy farq nazorat qilinadigan bitim boʻyicha qoldiq foyda deb, salbiy farq esa ushbu
nazorat qilinadigan bitim boʻyicha qoldiq zarar deb eʼtirof etiladi.
(11-q.)
Foydani taqsimlash usuli qoʻllanilishi natijasida nazorat qilinadigan bitimning har
bir ishtirokchisi foydasining (zararining) yakuniy miqdori soliqqa tortish maqsadidagi, hisob-kitob
qilingan foydaga (zararga) va qoldiq foydaga (zararga) mos keladigan summaga teng deb qabul
qilinadi.
(12-q.)
Jami yoxud qoldiq foydani (zararni) nazorat qilinadigan bitimning taraflari oʻrtasida
taqsimlash uchun quyidagi koʻrsatkichlar hisobga olinadi:
1) nazorat qilinadigan bitim tarafi tomonidan nomoddiy aktivlarni yaratishga sarflangan
xarajatlarning miqdori;
2) nazorat qilinadigan bitim tarafda band boʻlgan xodimlarning tavsiflari,
shu jumladan
ularning soni va malakasi (xodimlar tomonidan sarflangan vaqt, mehnatga haq toʻlash
xarajatlarining miqdori);
3) nazorat qilinadigan bitim tarafining foydalanishida (tasarrufida) boʻlgan aktivlarning
bozor qiymati;
4) amalga oshirilayotgan vazifalar, foydalanilayotgan aktivlar va qabul qilinayotgan
iqtisodiy (tijorat) tavakkalchiliklari hamda nazorat qilinadigan bitim boʻyicha sotishlardan amalda
olingan foyda (zarar) miqdori oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni aks ettiruvchi boshqa koʻrsatkichlar.
(13-q.)
Ushbu moddaning oʻn ikkinchi qismida koʻrsatilgan koʻrsatkichlar,
basharti ular
nazorat qilinadigan bitim boʻyicha haqiqatda olingan foyda (zarar) miqdoriga taʼsir qilsa, eʼtiborga
olinadi va ularning taʼsir koʻrsatish darajasiga koʻra eʼtiborga olinadi.
(14-q.)
Nazorat qilinadigan bitim (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhi) taraflari
oʻrtasida foydani ushbu modda yettinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan mezon boʻyicha
taqsimlash mustaqil shaxslar oʻrtasida amalga oshirilgan taqqoslanadigan bir turdagi bitimlar
boʻyicha sotishdan olingan foyda (zarar) summasini taqsimlash haqidagi axborot mavjud
boʻlgandagina amalga oshiriladi. Nazorat qilinadigan bitim boʻyicha foydani (zararni)
taqsimlashning mazkur tartibidan foydalanishga quyidagi shartlarga bir vaqtning oʻzida rioya
qilinganda yoʻl qoʻyiladi:
1) nazorat qilinadigan bitim taraflarining buxgalteriya hisobi maʼlumotlari taqqoslanadigan
bitimlar taraflarining buxgalteriya hisobi maʼlumotlari bilan taqqoslanadigan boʻlishi yoxud zarur
tuzatishlar vositasida taqqoslanadigan turga mos keltirilgan boʻlishi kerak;
2) nazorat qilinadigan bitim taraflari aktivlarining jami rentabelligi taqqoslanadigan bitimlar
taraflarining jami rentabelligidan sezilarli tarzda farq qilmasligi yoxud zarur tuzatishlar vositasida
taqqoslanadigan turga mos keltirilishi kerak.
(15-q.)
Agar nazorat qilinadigan bitim tarafining haqiqiy foydasi foydani taqsimlash usuli
bilan hisob-kitob qilingan foydadan koʻp yoki unga teng boʻlsa yoxud agar ushbu taraf tomonidan
koʻrilgan zarar bunday usul bilan hisob-kitob qilingan zarardan kam yoki unga teng boʻlsa, ushbu
tarafda soliq solish maqsadida tegishincha haqiqatda olingan foyda yoxud haqiqatda koʻrilgan
zarar qabul qilinadi.
(16-q.)
Agar nazorat qilinadigan bitim tarafining haqiqiy foydasi foydani taqsimlash usuli
bilan hisob-kitob qilingan foydadan kam boʻlsa, soliq solish maqsadida uning uchun bunday usul
bilan hisob-kitob qilingan foyda qabul qilinadi.
(17-q.)
Agar nazorat qilinadigan bitim tarafining haqiqiy zarari foydani taqsimlash usuli
bilan ushbu taraf uchun hisob-kitob qilingan zarardan koʻp boʻlsa, soliqqa tortish maqsadida uning
uchun bunday usul bilan hisob-kitob qilingan zarar qabul qilinadi.
(18-q.)
Ushbu moddaning oʻn oltinchi va oʻn yettinchi qismlariga muvofiq soliqqa tortish
maqsadida hisobga olingan foydani (zararni) soliq toʻlovchi tomonidan haqiqatda olingan foyda
(zarar)
bilan taqqoslash asosida, foyda soligʻi soliq toʻlovchining foydasiga (zarariga) tuzatish
amalga oshiriladi.
(19-q.)
Soliqqa tortish maqsadida foydani taqsimlash usuli bilan hisob-kitob qilingan
foydani (zararni) ushbu moddaning oʻn beshinchi - oʻn sakkizinchi qismlari asosida qoʻllash, agar
bu ushbu holat budjet tizimiga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasining kamayishiga yoki soliq
toʻlovchining zarari summasi oshishiga olib kelmasa, amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: