solish maqsadida nazorat qilinadigan bitimda tovar sotib olingan narx bozor narxlariga muvofiq
deb eʼtirof etiladi.
(6-q.)
Agar qayta sotishni amalga oshirayotgan shaxsda yalpi rentabellik ushbu Kodeksning
187-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan rentabellik oraligʻining eng kam miqdoridan
kam boʻlsa yoki uning eng yuqori miqdoridan koʻp boʻlsa, soliq
solish maqsadida nazorat
qilinadigan bitim narxi tovarni keyingi realizatsiya qilishning amaldagi narxidan va rentabellik
oraligʻining oʻrtacha qiymatiga muvofiq keladigan yalpi rentabellikdan
kelib chiqqan holda
aniqlanadi.
(7-q.)
Keyingi realizatsiya qilish narxi usuli qoʻllanilganida axborot-narx agentliklarining
aynan oʻxshash (bir turdagi) tovarlarning (xizmatlarning) narxlari (narxlar oraligʻi) toʻgʻrisidagi
maʼlumotlaridan va bunday tovarlarga (xizmatlarga) bozor narxlari oraligʻi
narxlaridan ushbu
Kodeks 188-moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan tartibda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
(8-q.)
Soliq solish maqsadida rentabellik oraligʻining oʻrtacha qiymatini ushbu moddaning
yettinchi qismiga muvofiq qoʻllash, basharti bu budjet tizimiga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq
summasini kamaytirmasa yoki soliq toʻlovchining zarari summasi oshishiga olib kelmasa, amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: