(3-q.)
Agar soliq toʻlovchi ushbu Kodeksning 23-bobida nazarda tutilgan usullardan
foydalangan boʻlsa, hujjatlarga foydalanilgan usullar haqidagi quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
1) foydalanilayotgan usulni tanlash va qoʻllash
usuli sabablarining asosi;
2) foydalanilayotgan axborot manbalariga havola;
3) taqqoslanadigan bitimlarni tanlash uchun foydalanilgan yondashuvni tavsiflagan holda,
nazorat qilinayotgan bitim boʻyicha bozor narxlari oraligʻining (rentabellik oraligʻining) hisob-
kitobi;
4) nazorat qilinadigan bitim amalga oshirilishi natijasida olingan daromadlarning
(foydaning) summasi va (yoki) amalga oshirilgan xarajatlarning (koʻrilgan zararlarning) summasi,
olingan rentabellik;
5) nazorat qilinadigan bitimdan uni amalga oshirgan shaxs tomonidan axborotni, intellektual
faoliyat natijalarini, korxonani, uning mahsulotini va xizmatlarini individuallashtirish belgilariga
(firma nomi, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilariga) boʻlgan huquqlarni va boshqa mutlaq
huquqlarni (tegishli holatlar mavjud boʻlganda) qabul qilish natijasida
olinadigan iqtisodiy naf
haqidagi maʼlumotlar;
6) nazorat qilinadigan bitimning narxiga (rentabelligiga) taʼsir koʻrsatgan boshqa omillar
toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan nazorat qilinadigan bitimni tuzgan shaxsning bozor
strategiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar ushbu bozor strategiyasi nazorat qilinadigan bitim
narxiga (rentabelligiga) taʼsir koʻrsatgan boʻlsa;
7) soliq toʻlovchi tomonidan soliq bazasiga va soliq summasiga ushbu Kodeks 177-
moddasining birinchi qismiga muvofiq kiritilgan tuzatishlar.
(4-q.)
Soliq toʻlovchi nazorat qilinadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlari
mustaqil shaxslarning taqqoslanadigan bitimlari shartlariga mos kelishini tasdiqlovchi boshqa
axborotni mazkur shartlarni taqqoslashni taʼminlash uchun kiritilgan tuzatishlarni hisobga olgan
holda taqdim etishga haqli.
(5-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar soliq toʻlovchidan nazorat
qilinadigan bitimlar tuzilgan kalendar yildan keyingi yilning 1-iyunidan keyin Oʻzbekiston
Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan talab qilinishi mumkin.
(6-q.)
Ushbu modda birinchi - toʻrtinchi qismlarining
qoidalari quyidagi hollarda
qoʻllanilmaydi:
1) agar bitimlarning narxlari yuzasidan ushbu Kodeks 178-moddasi birinchi qismining 3-
bandiga muvofiq monopoliyaga qarshi organlar tomonidan koʻrsatma belgilangan yoki narx
tartibga solinadigan boʻlsa va ushbu Kodeks 179-moddasining uchinchi qismiga muvofiq
qoʻllanilsa;
2) agar bitim nazorat qilinmaydigan boʻlsa;
3) qimmatli qogʻozlarga doir va qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada
boʻlgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir
bitimlar tuzilsa;
4) ushbu Kodeksning 25-bobiga muvofiq soliq solish maqsadida narxni belgilash
toʻgʻrisidagi kelishuv tuzilgan bitimlar amalga oshirilsa.
(7-q.)
Soliq toʻlovchi ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan bitimlar boʻyicha
mazkur hujjatlarni ixtiyoriy ravishda taqdim etishga haqli.
(8-q.)
Soliq organlariga taqdim etiladigan hujjatlarning batafsilligi va asoslanganligi
bitimning murakkabligiga hamda uning narxi shakllanishiga (bitimlar taraflarining rentabelligiga)
mutanosib boʻlishi kerak.