Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Chet el kompaniyalarida ishtirok etish



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

209-modda. Chet el kompaniyalarida ishtirok etish 
toʻgʻrisidagi va nazorat qilinadigan chet el 
kompaniyalari haqidagi xabarnomalar 
(1-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidentlari boʻlgan soliq toʻlovchilar ushbu Kodeksda 
nazarda tutilgan hollarda va tartibda soliq organini quyidagilar toʻgʻrisida xabardor qiladi: 
chet el yuridik shaxsi faoliyatida oʻzining ishtirok etishi toʻgʻrisida (yuridik shaxs tashkil 
etmagan holda chet el tuzilmalarini taʼsis etish haqida); 


chet el kompaniyalarining nazorat qiluvchi shaxslari hisoblangan nazorat qilinadigan chet el 
kompaniyalar haqida. 
(2-q.)
Chet el yuridik shaxslari faoliyatida ishtirok etish toʻgʻrisidagi xabarnoma shunday 
chet el yuridik shaxsida bunday xabarnomani taqdim etish uchun asos boʻlgan ishtirok etish 
yuzaga kelgan (ulush oʻzgargan) sanadan eʼtiboran bir oydan kechiktirilmagan muddatda taqdim 
etiladi. 
(3-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari toʻgʻrisidagi xabarnoma nazorat qilinadigan 
chet el kompaniyasi foydasining ulushi ushbu Kodeksning 208-moddasiga muvofiq nazorat 
qiluvchi shaxsda hisobga olinishi kerak boʻlgan soliq davridan keyingi yilning 20-martidan 
kechiktirilmagan muddatda taqdim etiladi. 
(4-q.)
Agar chet el tashkilotlari faoliyatida ishtirok etish toʻgʻrisidagi xabarnoma taqdim 
etilganidan keyin bunday xabarnomani taqdim etish uchun asoslar oʻzgarmagan boʻlsa, takroriy 
xabarnomalar taqdim etilmaydi. 
(5-q.)
Chet el tashkilotlari faoliyatida ishtirok etish tugatilgan taqdirda, soliq toʻlovchi 
ishtirok etish tugatilgan sanadan eʼtiboran bir oydan kechiktirilmagan muddatda soliq organini bu 
haqda xabardor qiladi. 
(6-q.)
Soliq toʻlovchilar chet el yuridik shaxslari faoliyatida ishtirok etish toʻgʻrisidagi 
xabarnomalarni va nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomalarni oʻzi 
hisobga olingan joydagi soliq organiga taqdim etadi. 
(7-q.)
Chet el yuridik shaxslarida ishtirok etish toʻgʻrisidagi xabarnomalar va nazorat 
qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomalar soliq organiga elektron shaklda taqdim 
etiladi. Jismoniy shaxs boʻlgan soliq toʻlovchilar mazkur xabarnomalarni qogʻozda taqdim etishga 
haqlidir. 
(8-q.)
Chet el yuridik shaxslarida ishtirok etish toʻgʻrisidagi xabarnomaning va nazorat 
qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomaning shakli, shuningdek ularni toʻldirish 
hamda taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(9-q.)
Chet el yuridik shaxslarida ishtirok etish toʻgʻrisidagi xabarnoma quyidagi axborotni 
oʻz ichiga olishi kerak: 
1) xabarnomani taqdim etish uchun asoslar yuzaga kelgan sana; 
2) soliq toʻlovchi undagi ishtiroki haqida (uning taʼsis etilganligi haqida) xabarnoma taqdim 
etgan chet el yuridik shaxsining (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasining) 
nomi; 
3) roʻyxatdan oʻtkazilgan (inkorporatsiya qilingan) davlatda (hududda) chet el yuridik 
shaxsiga berilgan roʻyxatdan oʻtkazilganlik raqami, ushbu chet el yuridik shaxsining roʻyxatdan 
oʻtkazilgan (inkorporatsiya qilingan) davlatda (hududda) soliq toʻlovchi sifatidagi kodi - ular 
mavjud boʻlgan taqdirda; 
4) soliq toʻlovchining chet el yuridik shaxsida ishtirok etish ulushi, basharti bilvosita ishtirok 
etish mavjud boʻlsa, soliq toʻlovchining chet el yuridik shaxsida ishtirok etish tartibini quyidagi 
axborotni koʻrsatgan holda ochib berish: 
a) chet el yuridik shaxsi faoliyatida bilvosita ishtirok etish amalga oshirilayotgan har bir 
keyingi yuridik shaxsga nisbatan - ushbu qismning 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan axborot; 
b) chet el yuridik shaxsi faoliyatida bilvosita ishtirok etish amalga oshirilayotgan har bir 
keyingi yuridik shaxs faoliyatida ishtirok etish ulushi; 


5) chet el yuridik shaxsida (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasida) 
ishtirok etishning yakunlanish sanasi. 
(10-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari toʻgʻrisidagi xabarnoma quyidagi 
axborotni oʻz ichiga olishi kerak: 
1) xabarnoma taqdim etilayotgan davr; 
2) chet el yuridik shaxsining (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasining) 
nomi; 
3) roʻyxatdan oʻtkazilgan (inkorporatsiya qilingan) davlatda (hududda) chet el yuridik 
shaxsiga berilgan roʻyxatdan oʻtkazilganlik raqami, roʻyxatdan oʻtkazilgan (inkorporatsiya 
qilingan) davlatda (hududda) ushbu chet el yuridik shaxsining soliq toʻlovchi sifatidagi kodi 
(kodlari) - ular mavjud boʻlgan taqdirda; 
4) chet el yuridik shaxsining (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasining) u 
joylashgan davlatning (hududning) qonunchiligiga muvofiq moliya yili uchun moliyaviy hisoboti 
tuziladigan davrning oxirgi kuni boʻlgan sana; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni 
tahriridagi band) 
5) chet el yuridik shaxsi mansub boʻlgan davlatning (hududning) qonunchiligiga muvofiq 
moliya yili uchun moliyaviy hisobot tuzilgan sana, shuningdek u mansub boʻlgan davlatning 
(hududning) qonunchiligiga muvofiq foydadan (daromaddan) olinadigan soliq boʻyicha soliq 
davrining tugallanish sanasi; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
6) chet el yuridik shaxsining moliya yili uchun moliyaviy hisoboti boʻyicha auditorlik 
xulosasi tuzilgan sana (ushbu yuridik shaxs mansub boʻlgan davlatning (hududning) 
qonunchiligiga muvofiq audit majburiy ravishda oʻtkazilgan taqdirda); 
(OʻzR 21.04.2021-y. 
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
7) chet el yuridik shaxsida soliq toʻlovchining ishtirok etishi ulushi, bilvosita ishtirok etish 
mavjud boʻlganda chet el yuridik shaxsida soliq toʻlovchining ishtirok etish tartibini quyidagi 
axborotni koʻrsatgan holda ochib berish: 
a) bilvosita ishtirok etish oʻzi orqali amalga oshirilayotgan har bir keyingi yuridik shaxsga 
nisbatan - ushbu qismning 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan axborot; 
b) bilvosita ishtirok etish amalga oshirilayotgan har bir keyingi yuridik shaxs faoliyatida 
ishtirok etish ulushi; 
8) soliq toʻlovchini nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb 
eʼtirof etish uchun asoslarning tavsifi; 
9) nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini ushbu Kodeksga muvofiq soliq 
solishdan ozod qilish uchun asoslarning tavsifi. 
(11-q.)
Chet el yuridik shaxslarida ishtirok etish toʻgʻrisida taqdim etilgan xabarnomadagi 
yoki nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomadagi maʼlumotlarning toʻliq 
emasligi, ularni toʻldirishda yoʻl qoʻyilgan noaniqliklar yoxud xatolar aniqlanganda soliq toʻlovchi 
aniqlashtirilgan xabarnomani taqdim etishga haqli. 
(12-q.)
Soliq organida soliq toʻlovchi chet el kompaniyasining (yuridik shaxs tashkil 
etmagan holdagi chet el tuzilmasining) nazorat qiluvchi shaxsi ekanligi, lekin soliq organiga ushbu 
moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xabarnomani yubormaganligi haqida axborot mavjud 
boʻlganda, soliq organi zarur tushuntirishlarni taqdim etish yoki ushbu moddaning birinchi 
qismida nazarda tutilgan xabarnomani topshirish haqidagi talabnomani ushbu soliq toʻlovchiga 
yuboradi. 
(13-q.) 
Talabnoma soliq toʻlovchiga, xususan, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro 
shartnomalariga muvofiq soliq maqsadida axborot almashish doirasida chet davlatlarning vakolatli 
organlaridan axborot olishda, shu jumladan ushbu Kodeksning 40-moddasi birinchi qismida 


koʻrsatilmagan hollarda yuboriladi. Mazkur talabnoma olingan sanadan eʼtiboran yigirma 
kalendar kun ichida soliq toʻlovchi tomonidan bajarilishi lozim. 
(14-q.) 
Soliq organining talabnomasi quyidagi axborotni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak: 
1) xabar yuborilayotgan soliq toʻlovchining nomi; 
2) soliq organida soliq toʻlovchi qaysi chet el yuridik shaxslarini nazorat qiluvchi shaxs 
ekanligi toʻgʻrisida dalolat beruvchi axborot mavjud boʻlsa, oʻsha chet el yuridik shaxslarining 
(yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalarining) nomi; 
3) roʻyxatdan oʻtkazilgan (inkorporatsiya qilingan) davlatda (hududda) chet el yuridik 
shaxsiga berilgan roʻyxatdan oʻtkazilganlik raqami, ushbu chet el yuridik shaxsining roʻyxatdan 
oʻtkazilgan (inkorporatsiya qilingan) davlatdagi (hududdagi) soliq toʻlovchi sifatidagi kodi 
(kodlari) - ular mavjud boʻlgan taqdirda; 
4) soliq toʻlovchini chet el yuridik shaxsning (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el 
tuzilmasining) nazorat qiluvchi shaxsi deb eʼtirof etish uchun soliq organida mavjud asoslarning 
tavsifi. 
(15-q.)
Soliq toʻlovchi soliq organiga yuborilgan talabnomada bayon etilgan faktlarga 
taalluqli tushuntirishlarni taqdim etib, tushuntirishlar bilan bir vaqtda uni chet el yuridik shaxsini 
nazorat qiluvchi shaxs deb eʼtirof etish uchun asoslar mavjud emasligi haqida dalolat beruvchi 
hujjatlarni qoʻshimcha ravishda taqdim etishga haqli. 
(16-q.)
Soliq organi soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan tushuntirishlarni va hujjatlarni 
koʻrib chiqishi shart. 
(17-q.)
Agar taqdim etilgan tushuntirishlar va hujjatlar koʻrib chiqilganidan keyin yoxud ular 
mavjud boʻlmagan taqdirda soliq organi soliq toʻlovchini chet el yuridik shaxsini (yuridik shaxs 
tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasini) nazorat qiluvchi shaxs deb eʼtirof etish uchun asoslarni 
aniqlasa, soliq organining mansabdor shaxsi ushbu soliq toʻlovchiga bunday shaxsni nazorat 
qiluvchi shaxs deb eʼtirof etish uchun shunday shaxs tomonidan nazorat qilinadigan chet el 
kompaniyalari haqidagi xabarnomani yuboradi. Mazkur xabarnoma ushbu modda oʻninchi 
qismining 8-bandida nazarda tutilgan axborotni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak. 
(18-q.)
Oʻziga xabarnoma yuborilgan shaxs mazkur xabarnoma yuzasidan u olingan sanadan 
eʼtiboran uch oy ichida sudga shikoyat qilishga haqli. Bunda mazkur shaxs tegishli ariza sudga 
berilgan paytdan eʼtiboran uch kun ichida ushbu fakt haqida soliq organini xabardor qiladi. 
(19-q.)
Oʻziga xabarnoma yuborilgan shaxs xabarnoma yuzasidan nizolashish haqidagi 
arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga 
qadar ushbu Kodeksning maqsadida chet el yuridik shaxsini (yuridik shaxs tashkil etmagan 
holdagi chet el tuzilmasini) nazorat qiluvchi shaxs deb eʼtirof etilishi mumkin emas. 
(20-q.)
Agar shaxs oʻzi nazorat qiladigan chet el kompaniyalari toʻgʻrisida oʻz manziliga 
yuborilgan xabarnoma ustidan shikoyat bermagan boʻlsa, mazkur xabarnoma olingan sanadan 
eʼtiboran uch oy oʻtgach ushbu shaxs oʻzini chet el kompaniyasini nazorat qiluvchi shaxs deb 
eʼtirof etgan hisoblanadi. Bunda mazkur shaxs uchun ushbu Kodeksning nazorat qilinadigan 
shaxslarga nisbatan qoʻllaniladigan qoidalari tatbiq etiladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin