(3-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi bunday kompaniya mansub
boʻlgan davlat (hudud) qonunchiligiga muvofiq moliyaviy hisobot
tuziladigan yildan keyingi
kalendar yilda ushbu chet el kompaniyasi tomonidan toʻlangan dividendlar miqdoriga, ushbu
moliyaviy hisobot tuziladigan moliyaviy yil davomida toʻlangan oraliq dividendlar
hisobga
olingan holda kamayadi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(4-q.)
Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining
moliyaviy hisoboti u mansub
boʻlgan davlat (hudud) qonunchiligiga muvofiq tuzilmasa, ushbu band maqsadida kalendar yil
qoʻllaniladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(5-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini aniqlashda Oʻzbekiston
Respublikasining yuridik shaxslari toʻlov manbai boʻlgan dividendlar tarzidagi daromadlar, agar
ushbu nazorat qilinadigan chet el kompaniyasini nazorat qiladigan shaxs bunday daromadlarga
nisbatan haqiqatda huquqqa ega boʻlsa va bunday daromadlar hisobidan soliq toʻlashdan ozod
qilingan boʻlsa yoxud ularni ushbu Kodeksga muvofiq mustaqil ravishda toʻlagan boʻlsa, hisobga
olinmaydi.
(6-q.)
Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi yuridik shaxs tashkil etmagan chet el
tuzilmasi boʻlsa, uning foydasi ushbu chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxslari va (yoki)
uning taʼsis hujjatlariga muvofiq benefitsiarlar deb eʼtirof etilgan boshqa shunday shaxslar
foydasiga taqsimlangan foyda miqdoriga kamayadi.
(7-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining ushbu Kodeksga muvofiq aniqlanadigan
taqsimlanmagan foydasi, ushbu kompaniyani nazorat qiluvchi shaxs deb eʼtirof etiladigan soliq
toʻlovchi tomonidan olingan daromadlarga tenglashtiriladi. Bunday daromadlar nazorat qiluvchi
shaxslarda nazorat qiluvchi shaxs yuridik yoki jismoniy shaxs ekanligiga bogʻliq ravishda foyda
soligʻi yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda
inobatga olinadi.
(8-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining taqsimlanmagan foydasi nazorat qiluvchi
shaxsda soliq bazasini aniqlashda nazorat qiluvchi shaxsning ushbu kompaniyada foydani
taqsimlash haqidagi qaror qabul qilingan sanadagi holatga koʻra ishtirok etishi ulushiga muvofiq
boʻlgan ulushda hisobga olinadi.
(9-q.)
Agar foydani taqsimlash haqidagi qaror bunday kompaniya mansub boʻlgan
davlatning (hududning) qonunchiligiga muvofiq moliya yili uchun moliyaviy hisobot tuziladigan
davr oxiriga toʻgʻri keladigan yilning 31-dekabriga qadar qabul qilinmagan boʻlsa, mazkur foyda
nazorat qiluvchi shaxsning tegishli davrning oxiridagi ishtirok etishi ulushiga toʻgʻri keladigan
ulushda hisobga olinadi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(10-q.)
Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydadagi ulushini mazkur usulda
aniqlash imkoni boʻlmasa, uning foydasi nazorat qiluvchi shaxsda soliq bazasini aniqlashda
haqiqatda shunday foydaga (daromadga) doir huquqqa ega boʻlgan shaxslar oʻrtasida ushbu foyda
taqsimlangan taqdirda u huquqqa ega boʻlgan (ega boʻladigan) foyda summasidan kelib chiqqan
holda hisobga olinadi.
(11-q.)
Agar nazorat qiluvchi shaxs nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida uning nazorat
qiluvchi shaxslari boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan eʼtirof
etiladigan yuridik shaxslar
orqali bilvosita ishtirok etsa, u holda ushbu
nazorat qilinadigan chet el
kompaniyasining mazkur nazorat qiluvchi shaxsda hisobga olinadigan foydasi boshqa nazorat
qiluvchi shaxslarda hisobga olinishi lozim boʻlgan foyda summasiga kamayadi. Bunday
kamaytirish mazkur nazorat qiluvchi shaxsning bilvosita ishtiroki nazorat qilinadigan chet el
kompaniyasida qaysi yuridik shaxs orqali amalga oshirilayotgan boʻlsa, nazorat qiluvchi
shaxsning ana shu yuridik shaxsda ishtirok etish ulushiga mutanosib ulushda amalga oshiriladi.
(12-q.)
Agar bunda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsda
soliq bazasini aniqlashda hisobga olinishi lozim boʻlgan foydasining summasi nolga teng boʻlsa,
soliq toʻlovchi uni foyda soligʻi (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi) boʻyicha soliq
deklaratsiyasida aks ettirmaydi.
(13-q.)
Nazorat qiluvchi shaxs quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda soliq boʻyicha soliq
hisobotini taqdim etadi, bunda ushbu soliq boʻyicha soliq bazasini
aniqlashda mazkur shaxs
tomonidan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi hisobga olinadi:
1) nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining soliq hisoboti taqdim etilgan soliq boʻyicha
soliq bazasini aniqlashda foyda hisobga olingan davr uchun moliyaviy hisoboti yoki moliyaviy
hisobot mavjud boʻlmagan taqdirda boshqa hujjatlar;
2) agar ushbu nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi mansub boʻlgan davlatning
(hududning) qonunchiligiga yoki taʼsis (korporativ) hujjatlariga
muvofiq bu moliyaviy
hisobotning auditini majburiy ravishda oʻtkazish belgilangan boʻlsa yoki audit chet el tashkiloti
tomonidan ixtiyoriy ravishda amalga oshirilsa, ushbu qismning 1-bandida koʻrsatilgan nazorat
qilinadigan chet el kompaniyasining moliyaviy hisoboti boʻyicha auditorlik xulosasi.
(OʻzR
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
(14-q.)
Ushbu moddaning oʻn uchinchi qismida koʻrsatilgan, chet tilida tuzilgan hujjatlar
(ularning nusxalari) davlat tiliga tarjima qilingan boʻlishi kerak.
(15-q.)
Agar moliyaviy hisobot boʻyicha auditorlik xulosasini soliq hisobotini taqdim etish
bilan bir vaqtda taqdim etish mumkin boʻlmasa, moliyaviy hisobot nazorat qilinadigan chet el
kompaniyalari toʻgʻrisidagi bildirishnomada moliyaviy hisobot boʻyicha
auditorlik xulosasi
tuzilgan sana sifatida aks etgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirilmagan muddatda taqdim
etiladi.
(16-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi, agar uning ushbu Kodeksning
XI boʻlimiga muvofiq hisob-kitob qilingan miqdori uch yuz million soʻmdan ortiqni tashkil etsa,
tegishli soliq boʻyicha soliq davri uchun soliq bazasini ushbu moddaning birinchi va ikkinchi
qismlariga muvofiq aniqlashda hisobga olinadi.
(17-q.)
Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi moliya yili yakunlari boʻyicha foydani
(toʻliq yoki qisman) oʻz davlati (hududi) qonunchiligida ushbu
foydani ustav kapitalini
koʻpaytirish uchun yoʻnaltirish majburiyati belgilanganligi tufayli ishtirokchilar (paychilar,
ishonchli vakillar yoki boshqa shaxslar) oʻrtasida taqsimlay olmasa, bunday foyda nazorat qiluvchi
shaxsda soliq bazasini aniqlashda hisobga olinmaydi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni
tahriridagi qism)
Dostları ilə paylaş: