Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions
Кластер педагогического образования: проблемы и решения
Chirchik, Uzbekistan 1519 International Conference
UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK
INNOVATSIYALAR VA INTEGATSIYAVIY YONDASHUV
Bahodir Sobirov
Navoiy davlat pedagogika instituti rektori
O‗zbekiston Respublikasida uzluksiz ta‗lim kadrlar tayyorlash tizimining
asosi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta‗minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning,
ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bo‘lib, ijodkor,
ijtimoiy faol, ma‗naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali
raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni
yaratadi.
Darhaqiqat, uzluksiz ta‗lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi
uchun eng qulay davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-
hunar ma`lumotlarini o‗zlashtiradi, yuksak ma‗naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs
va malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash
shakllanadi.
Ma‘lumki, ta`lim – tarbiya insonga borliqni anglash sir asrorlarini tushunish,
tinimsiz rivojlanayotgan dunyoga moslashish, dunyoqarashini shakllantirish,
nihoyat, jamiyatni insonparvarlantirishga hissa qo`shish imkonini yaratadi.Har
qanday davlatning qudrati va rivojlanish darajasini aynan ta`lim tizimi aniqlab
beradi.Davlatning ushbu tizimga munosabati, uning kelajagini belgilaydi.
Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasida uzluksiz ta‗lim quyidagi ta‗lim
turlarini o‗z ichiga oladi:
-maktabgacha ta‗lim;
-umumiy o‗rta, o‗rta maxsus ta‗limi;
-professional ta`lim
-oliy ta‗lim;
-oliy o‗quv yurtidan keyingi ta‗lim;
-kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
-maktabdan tashqari ta‗lim.
O`zbekiston Respublikasida ta`lim tizimining bunday turlarining har bir
bosqichida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday ishlarni tarixan qisqa davr
uchun misli ko`rilmagan rivojlanish sifatida baholash mumkin.
Bunday shiddatli rivojlanish bugungi kun uchun yetarlidek ko`rinadi. Lekin,
har qanday yangilik boshqa yangilikning kirib kelishiga turtki bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |