Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions Кластер педагогического образования: проблемы и решения Chirchik, Uzbekistan 1523 International Conference Pedagogik taʼlim klasteri faoliyatining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
– pedagogika sohasida samarali vorisiylikni taʼminlash va eng yaxshi
oʻquvchilarni pedagog kasbiga targʻib qilish;
– pedagoglarning kasbiy tayyorgarligini amaliyotga tayangan holda va
manfaatdor subyektlar bilan samarali aloqasini intensiv taʼminlagan holda olib
borish;
– boʻlajak taʼlim mutaxassislarini innovatsion tajribaga ega boʻlgan
amaliyotlar bazasida tayyorlash muhitini yaratish;
– yosh mutaxassislarning kasbiy koʻnikmalarni egallash davrini qisqartirish;
– talabalarni bugungi jadal rivojlanish jarayonlarida bevosita ishtirok etishini
taʼminlash;
– pedagogik taʼlimda yangi avlod oʻquv, oʻquv-metodik, ilmiy adabiyotlar,
vositalar va didaktik materiallar majmuasini yaratish;
– pedagogik taʼlim ilmiy, ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish;
– pedagogik taʼlimni rivojlantirishning dolzarb masalalari atrofida
intellektual resurslarni integratsiyalash;
– taʼlim, fan va pedagogik amaliyotning turli shakl va turlarini izlab topish
va taʼlimga tatbiq etish;
– taʼlim va tarbiya uzviyligini taʼminlovchi mexanizmlarni takomillashtirish;
– pedagog kadrlarni tayyorlashda maktabgacha, oʻrta taʼlim va OTM hamda
boshqa talabgorlar bilan oʻzaro tezkor qayta bogʻlanish imkoniyatini yaratish;
– pedagogik taʼlim boʻgʻinlari oʻrtasidagi aloqadorlik, bogʻliqlik va
hamkorlik zaruriyatini ilmiy asoslash.
Ushbu maqsadlardan kelib chiqqan holda pedagogik taʼlim innovatsion
klasteri quyidagi vazifalarni bajaradi:
– viloyatdagi taʼlim muassasalari uchun zamonaviy bilim va malakaga ega
pedagog kadrlarni tayyorlash;
– taʼlim sifatini oshirishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan
samarali foydalanish;
– pedagogika sohasida ilmiy faoliyatni izchil yoʻlga qoʻyish;
– taʼlimning asosiy (darslik) va yordamchi (lugʻatlar, qomuslar, elektron
manbalar va b.) vositalari mazmun-mohiyatining taʼlim bosqichlari kesimidagi
uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash;
– viloyatdagi taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining bilim saviyasidagi
boʻshliqlarni toʻldirish maqsadida viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi bilan
hamkorlikda muddatli oʻquv kurslari tashkil qilish;