Innovatsiyalar va integatsiyaviy yondashuv


Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix14.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#176725
1   2   3   4   5   6   7
uzluksiz-ta-lim-tizimini-rivojlantirishda-pedagogik-innovatsiyalar-va-integatsiyaviy-yondashuv

Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar 
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions 
Кластер педагогического образования: проблемы и решения 
 
Chirchik, Uzbekistan 1521 International Conference 
Prezidentimiz ―Maktab o‗quv dasturlarini ilg‗or xorijiy tajriba asosida 
takomillashtirish, o‗quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‗rib chiqish, ularni 
xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish 
zarurligi‖ 
hamda 
―Oliy 
ta‘lim 
standartlari 
xorijiy 
tajriba 
asosida 
takomillashtirilishi, ta‘lim yo‗nalishlari va o‗qitiladigan fanlar qayta ko‗rib 
chiqilishi zururligi hamda mutaxassislikka aloqasi bo‗lmagan fanlar sonini 2 
barobarga qisqartirish‖ to‗g‗risida aniq vazifalarni belgilab bergan edi. Ushbu 
topshiriqlar asosida Prezident Administratsiyasi tomonidan har bir ta‘lim tizimi 
oldida turgan dolzarb vazifalardan kelib chiqqan holda 2020-yilda ta‘lim sohasida 
islohotlarni jadallashtirish bo‗yicha kompleks ―Yo‗l xaritasi‖ ishlab chiqilgan. 
Mazkur ―Yo‗l xaritasi‖ning 3-bandida ―Fan dasturlarining mazmun-mohiyati, 
mavzularning mantiqiy ketma-ketligi va uzviyligini ta‘minlash hamda o‗quvchi va 
talabalarda shakllanishi zarur bo‗ladigan bilim va ko‗nikmalar darajasini aniq 
belgilash‖ vazifasi belgilanib, ma‘sul ijrochilar sifatida Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi ta‘lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha ta‘lim, 
Xalq ta‘limi, Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirliklari belgilangan. Idoralararo 
ushbu masala bo‗yicha yig‗ilish va seminarlar tashkil etilib, ishchi guruhlar 
shakllantirildi. O‗rganishlar natijasida uzluksiz ta‘lim tizimida uzviylikni 
ta‘minlash borasida quyidagi muammolar borligi aniqlandi: 
•mavzular takrorlanishi — uzluksiz ta‘lim turlariaro bosqichlarida 
mavzularning aynan yoki mazmunan takrorlanishining mavjudligi; 
• ayrim mavzularga soat hajmining ko‗pligi — ta‘lim bosqichlarida ayrim 
mavzularga ortiqcha vaqt ajratilganligi. Ayniqsa, nazariy mashg‗ulotlarga ko‗p 
vaqt ajratilgan; 
• vaqtning besamar sarflanishi — takrorlanish va ortiqcha vaqt evaziga 
o‗qituvchi va o‗quvchining vaqti besamar sarflanishi; 
• uzviylikning yo‗qligi — uzluksiz ta‘lim turlariaro fan xususiyatidan kelib 
chiqqan holda obyekt va subyekt tanlovi va mazmunida nomutanosibliklar mavjud 
va h.k. 
Pedagogik innovatsiya taʼlimning jamiyat barqaror rivojlanishidagi yuqori 
ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqqan holda zamonaviy talablar, tizimdagi 
muammolar va ularni hal qilishda fan va taʼlim boʻgʻinlari oʻrtasidagi 
aloqadorlikni taʼminlash uzluksiz pedagogik taʼlimni klaster rivojlanish tizimiga 
oʻtkazish zaruratini taqozo etmoqda. 
Pedagogik taʼlim innovatsion klasteri uzluksiz taʼlim tizimidagi barcha 
taʼlim turlari, ilmiy tadqiqot institutlari va markazlari, amaliyot bazalari, ilmiy 
va ilmiy-metodik tuzilmalarning bir butunligi boʻlib, ularning birgalikdagi 



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin