(2-q.)
Agar tegishli chet davlatning qonunchiligida Oʻzbekiston
Respublikasining
diplomatik
vakolatxonalariga
va
ularga
tenglashtirilgan
vakolatxonalarga,
ushbu
vakolatxonalarning diplomatik hamda maʼmuriy-texnik xodimlariga (shu jumladan ular bilan
birga yashaydigan oila aʼzolariga) nisbatan xuddi shunday tartib belgilangan boʻlsa yoxud bunday
norma Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa, nol darajali
stavkani qoʻllash ushbu moddaning birinchi qismi 1-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
(OʻzR
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(3-q.)
Suv taʼminoti, kanalizatsiya, sanitariya jihatdan tozalash, issiqlik taʼminoti boʻyicha
aholiga koʻrsatiladigan xizmatlarni realizatsiya
qilishga doir aylanmaga, shu jumladan bunday
xizmatlarni uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan aholi nomidan, shuningdek idoraviy uy-joy
fondi uylarida yashayotgan aholi uchun Oʻzbekiston Respublikasi
Mudofaa vazirligining va
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining boʻlinmalari tomonidan olishga,
nol darajali
stavka boʻyicha soliq solinadi.
(4-q.)
Nol darajali stavka qimmatbaho metallarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan
qimmatbaho metallarni olish boʻyicha vakolatli organga realizatsiya
qilinadigan bunday
metallarga nisbatan qoʻllaniladi.
Dostları ilə paylaş: