Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq agentlarining majburiyati va javobgarligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə282/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

386-modda. Soliq agentlarining majburiyati va javobgarligi 
(1-q.)
Soliqni toʻlov manbaida hisoblab chiqarish, ushlab qolish va budjetga oʻtkazish 
majburiyati soliq toʻlovchiga daromad toʻlaydigan va soliq agentlari deb eʼtirof etilgan quyidagi 
shaxslarning zimmasiga yuklatiladi: 
1) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga
2) yakka tartibdagi tadbirkorlarga; 
3) Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan 
Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxslarga; 
4) Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan yuridik shaxslarning vakolatxonalariga
5) ushbu Kodeks 351-moddasi ikkinchi qismining 5-bandida koʻrsatilgan mol-mulkni sotib 
olgan jismoniy shaxslarga; 
6) soliq toʻlovchining mol-mulkini ishonchli boshqarishni amalga oshiruvchi ishonchli 
boshqaruvchiga.
(2-q.)
Ushbu modda birinchi qismining 5-bandida koʻrsatilgan shaxslar mazkur Kodeksning 
356-moddasida nazarda tutilgan tartibda soliqni hisoblab chiqarish, ushlab qolish va budjetga 
oʻtkazishni amalga oshiradi.


(3-q.)
Soliq summasi ushlab qolinmagan taqdirda, soliq agenti ushlab qolinmagan summani 
va u bilan bogʻliq penyani ushbu Kodeksga muvofiq budjetga oʻtkazishi shart. 
(4-q.)
Soliq agentlari jismoniy shaxsning talabiga binoan unga daromadlarining summalari 
va turlari haqida, shuningdek jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab 
qolingan summasi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan shaklda 
maʼlumotnoma berishi shart. 
387-modda. Soliq agentlarida soliq solinadigan daromadlar 
(1-q.)
Soliq agentida soliq solinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi: 
1) ushbu Kodeksning 371-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslarning mehnatga haq toʻlash 
tarzidagi daromadlari
2) ushbu Kodeksning 376-moddasiga muvofiq moddiy naf tarzidagi daromadlar;
3) ushbu Kodeksning 375-moddasiga muvofiq mulkiy daromadlar;
4) ushbu Kodeksning 377-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar.
(2-q.)
Oʻzi bilan mehnatga oid munosabatlarda boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasining 
rezidenti boʻlgan jismoniy shaxsga moddiy naf tarzida daromad toʻlovchi soliq agenti jismoniy 
shaxsning yozma arizasi asosida soliqni ushlab qolmaslikka haqli. Bunda soliq toʻlovchi moddiy 
naf tarzidagi daromad boʻyicha ushbu Kodeksning 393-moddasiga muvofiq soliqni toʻlashi shart. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin